Yusupova nargiza amanbaevna


Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining mohiyati



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/13
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#110119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Yusupova Nargiza

1.2.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining mohiyati.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarimizni xalqimizning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ya’ni millatimiz kelajagi bо‘lgan yoshlarimizda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, о‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, о‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash har doimgidan ham dolzarb masala hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ijtimoiy-tarbiyaviy tashkilotlaridir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan va о‘tkazilayotgan topishmoqli-adabiy soatlar, ertak va dostonxonlik, she’rxonlik va kitobxonlik oqimlari jajji farzandlarimiz uchun kelajagi buyuk davlat О‘zbekistonning barkamol insonlari bо‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Insonning shaxs sifatida xar tomonlama garmonik rivojlanishi ma’naviy ildizining qanchalik chuqur, ayni choqda keng va mustaxkamligiga bog‘liq. Kitob, kitobxonlik an’anasi qadimiydir, unda vorisiylik, merosiylik va davomiyik о‘z aksini topgan.
О‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish imkoniyatlaridan tо‘laroq foydalanishga ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talabiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi rо‘lini oshirishga yо‘naltirilgan tadqiqodlar olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida bola shaxsiyatini, uning boshqalar bilan о‘zaro ijobiy munosabatini shakllantirish, axloqiy tasavvurlarni rivojlantirish, vatanparvarlik xissiyotlarini uyg‘otishga alohida e’tibor beriladi.
Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalari, ahamiyati, mazmuni, jarayonga samarali tomonlarini qayta kо‘rib chiqish; bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usullarini aniqlash; sо‘nggi о‘n yillikning nazariy izlanishlari (V.V. Abramenkova, N.E. Veraksa, M. B. Zatsepina, S. A. Kozlova, M.V.Komarova ) boshqalarning ilmiy izlanishlarida aks etgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq faolligining psixofiziologik asoslarini, maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan badiiy matnni idrok etishning о‘ziga xos xususiyatlarini, ularning о‘qish doirasini о‘rgangan D.B.Elkonin, D.D.Sharipova, R.M.Qodirova,F.R.Qodirova,D.R.Babayeva va boshqalar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: bolalar adabiy asarini о‘qish va tinglash jarayoni, bola va kitob о‘rtasidagi aloqa jarayoni, maktabgacha yoshdagi yoshga oid adabiy bilimlarni egallash jarayonlari jihatlari bо‘lgan jarayonlarni о‘rganish uchun haqiqiy ehtiyoj mavjud.
Shunday qilib, mavjud qarama-qarshiliklar yangilanishi kerak.
- ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan muammolarni hal qilishda о‘qishning asosiy ta’lim qobiliyati, inson madaniyatini о‘zlashtirish usuli va maktabgacha ta’lim fenomenini kam baholaydigan uslub sifatida muhimligini belgilaydigan ijtimoiy buyurtma о‘rtasida;
- tо‘plangan boy materiallar va ushbu yondoshuvlarni ajratish, adabiy ta’limning barcha bosqichlarida muhim bо‘lgan bilim sifatida yetarli darajada umumlashtirish.
Ushbu umumiy qarama-qarshiliklar quyidagi darajalarda mavjud bо‘lgan pedagogik nazariya va amaliyotning nomuvofiqligi bilan belgilanadi.
- ijtimoiy-pedagogik: ilmiy va pedagogik: ijtimoiy buyurtmaning bajarilishini ta’minlaydigan maktabgacha ta’lim sohasidagi ilmiy va nazariy ishlanmalarning dolzarbligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning о‘qish madaniyatini rivojlantirishning kontseptual asoslari о‘rtasidagi;
- ilmiy va uslubiy: maktabgacha yoshdagi bolalarga yо‘naltirilgan axborot-media texnologiyalarining jadal rivojlanishi va maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jarayonining rivojlanmagan uslubiy asoslari о‘rtasida.
Shunday qilib, tadqiqot muammosi maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyati va uning rivojlanishining konseptual asoslarini uzluksiz adabiy ta’limi sharoitida rivojlantirishni har tomonlama о‘rganish zarurati.
Mutolaa madaniyati juda keng ma’nodagi tushuncha bо‘lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishib, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bо‘lish, shuningdek kitobdan tо‘la ravishda foydala bilishda yordam beruvchi kо‘nikmalardan iborat.
Kitobxonlik madaniyati kitobxonga о‘qiyotgan asarini tо‘laqonli tushunish, undan badiiy-estetik zavq olish, yozuvchi fikri, asar g‘oyasini anglash va baholay olish, bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, ma’lumotnoma bibliografik apparatidan о‘zini qiziqtirgan yoki zarur masalalarga doir kitoblarni topib olish va undan foydalanish yо‘llarini о‘rgatadi. Kitob tanlash, uni tez о‘qish, о‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya etish, avaylab saqlash ham kitobxonlik madaniyatining tarkibiy qismlariga kiradi.
Kitobxonlik madaniyati tushunchasi juda keng ma’noda qо‘llaniladi. Xususan, bu hodisa asarni anglash va uni tushunish uchun kitobxondan ma’lum tayyorgarlik va saviyani talab qiladi. Bu hodisaning mohiyati kitobni shunchaki varaqlash va undan umumiy foydalana bilishdan to ijodiy о‘qish, kitob muallifiga oshno bо‘lib, uning asarini chuqur tahlil qilib mutolaa qilishgacha boradi. bilim beruvchi vosita sifatida kishilarning iymonli bо‘lishi uchun xizmat qilib, yashash tarzining hayot kechirish qoidalarining qomusiga aylangan.
Kitob har bir insonning ayniqsa, bolalarning bilimga bо‘lgan qiziqishini oshiradi. Zero, qadriyatlar orasida о‘qish, mutolaa va bilim olish alohida о‘rin tutadi.
Bugungi kunda butun dunyo axborot a’sirida yashamoqda. Chunki jahonda har kuni juda kо‘p miqdorda kitob bosilib chiqadi. Buning ustiga benihoya kо‘p jurnallar, tо‘plamlar, gazetalar. Kino, teatr, radio, televizor va boshqa xilma-xil vositalar istasang-istamasang axborot berib turadi. Chor-atrofni о‘rab turgan muhit ham katta axborot vositasiga ega. Mana, shularning orasidan inson о‘ziga keraklisini ajratib olmog‘i lozim, bu esa mutolaa о‘qish madaniyati qanday va qay darajada tarbiyalanganiga bog‘liq.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mutolaa madaniyati juda keng tushuncha va bag‘oyat murakkab muammo bо‘lib, taxminan quyidagi holatlarni о‘z ichiga oladi:

  1. Kitob tanlay olish;

  2. Kitobni qanday о‘qishni bilish;

  3. Kitob о‘qiganda nimalarga e’tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish;

4. Kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qanday, qaysi vositalardan foydalanib topish;

  1. Olingan bilimni ѐki xabarni qanday yetkazib berish;

  2. Qayta о‘qish kitobxonlik kо‘nikmasini odatlantirish;

  3. Kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilish;

  4. Kitobni tez va sekin о‘qishni farqlay olish;

9. Kitobni о‘qib, uning fusunkor olamiga kira bilish;
10. Kitobni mustaqil о‘qiy bilish.
Kitob mutolaasi madaniyatiga kitob xarid qilish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e’tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, о‘qish jarayoni, о‘qiganni о‘ziga va hayotga tatbiq eta bilish kabilar ham kiradi.
О‘qishlar har xil bо‘ladi, — deb yozadi taniqli adib Asqar Muxtor, — birov ermak uchun о‘qiydi, birov hordiq chiqarish uchun; birov о‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, ya’ni ―burch yuzasidan. Birov bо‘lak mashg‘ulot bо‘lmaganidan, vaqt о‘tkazish uchun, birov nimanidir bilib olish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonlarning taqdiriga qiziqib о‘qiydi. Shuning uchun, atrofimizga qarasangiz, har xil kitobxonni kо‘rasiz: kimdir metroda, tiqilinchda kitobga tikilgan, kimdir navbatda turganda, birov xiyobonda, qosh qorayib qolgan bо‘lsa ham kitob varag‘idan kо‘z uzolmaydi. Kimdir divanda chalqancha yotib, kimdir ish stolida jiddiy о‘tirib, qо‘liga qalam olib о‘qimoqda... Kitobxonlar ham, о‘qishlar ham har xil. Har kimning о‘z о‘qishi bor... О‘qish mehnat. Lekin mehnat degan bilan zavqsiz, hayajonsiz о‘qish emas, albatta. Hassos kitobxon... kitobdagi ruhiy olamda yashaydi... Men tanlab о‘qish yо‘lini afzal kо‘raman...
Ha, qayta о‘qish -kitobxonlikda alohida bir soha. Bu о‘qish degan zavqli mehnatning katta bir ma’noli qismi.
Darhaqiqat, kitob о‘qishning о‘zi bir san’at, san’at bо‘lganda ham nihoyatda murakkab, serqirra, ayni chog‘da maroqli va lazzatli san’at. Shu boisdan ham, hamma kitobxonda о‘qish madaniyati shakllangan va rivoj topgan, deb bо‘lmaydi. Ba’zi masalalar bо‘yicha maslahat, yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatish mumkin, ammo baribir, Gyote aytganidek, о‘qishni bir umr о‘rganiladi... Chunki, har kimning о‘z о‘qishi bor.
Ammo bir umr kitob bilan bо‘lgan, kо‘p kitob о‘qib, bilim mag‘zini chaqqan donolarning hayotiy tajribasidan, mutaxassislar va kitobxonlar bilan bо‘lgan muloqotlarda uqib olingan fikrlar, nihoyat, tibbiyot olami vakillarining bergan maslahatlaridan kelib chiqib ayrim mulohazalarni aytish mumkin. Dastavval shuni alohida ta’kidlash kerakki, kitobni tartib bilan, rejali о‘qish kerak. Qо‘lga tushgan kitobni shunchaki о‘qish ekan-da, deb о‘qiyverishdan foyda yо‘q. Kitobni tanlab, aniq maqsadni о‘ylagan holda о‘qish zarur. О‘z bilimingizni oshirish, biror muammoni о‘rganib chiqish, ma’naviy dunyoingizni boyitish uchun kitob о‘qishni о‘z oldingizga maqsad qilib qо‘ygan ekansiz, mutolaa dasturini aniq tuzib olish, unga qat’iy amal qilish kerak. Bu qoidalarni о‘zlashtirib olgan va unga amal qilgan kishinigina о‘qish madaniyatiga erishgan, deya olish mumkin.
Kitoblar olamida kerakli adabiyotni topish uchun bibliografik tavsiyanomalardan iborat qо‘llanmalar va boshqalar (adabiyotlar kо‘rsatkichi, kerakli asarlar rо‘yxati, kitob haqidagi suhbatlar, bilimdon kitobxonlar tavsiyalari, kitobxonlar klubi tashkil etish.Kitob paydo bо‘lgan paytdan boshlab hayot darsligi va tadbirlar va boshqalar) kо‘mak bera oladi. Kitobni qanday о‘qishga kelganda, quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: kо‘chada ketaturib, о‘rinda yotgan holda, mashinada mutlaqo mutolaa qilish mumkin emas. Ovqatlanayotgan paytda mutolaa qilish qanchalik odobsizlik hisoblansa, kitobni qunt va diqqat bilan, о‘qiganini uqmasdan о‘qish ham shuncha befoyda. Shu boisdan ham kitob о‘qish san’atini chuqur bilib olish, unga amal qilish har bir kitobxonning burchidir.
Mutolaa madaniyati tarbiyasini dastavval oiladan boshlash kerak. Bolaga kitob bilan muomala qilish, kutubxonadan foydalanish, о‘qish san’ati, kitobxonlik va kitobsevarlik kо‘nikmasini, kitob ustida ishlashni о‘rgatish uchun ota-onalarning о‘zi о‘qish madaniyatidan ozmi-kо‘pmi xabardor bо‘lmog‘i lozim. Agar xonadonda zarur adabiyotlardan iborat kattami-kichik kutubxona bо‘lsa, ota-ona kitob bilan ishlashdan, bag‘oyat olijanob soha kutubxonachilik qonun-qoidalaridan ozmi-kо‘pmi xabardor bо‘lsa, bunday oilada bola yoshlikdanoq kitob о‘qish madaniyatini egallab boradi.
Bolalarda kitob о‘qish madaniyatini shakllantira borishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham faol ish olib borib, ota-onalarga yaqindan yordam bersa, ayni muddao bо‘ladi. Chunki kichkintoylarda kitobga mehr uyg‘otishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli juda kattadir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari о‘quv dasturiga kitob о‘qish madaniyati mashg‘ulotlarini kiritish zaruriyatga aylanmoqda. Bunday mashg‘ulotlarda kitob chop etish bо‘yicha mutaxassislar, yirik olimlar, kitobsevarlar, shuningdek, yozuvchi va shoirlarning kitob о‘qish madaniyati haqidagi qiziqarli va mazmunli fikrlari bayon etilsa, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati yо‘lga qо‘yilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi
Xalqimiz tilida ham kitob о‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar о‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda kо‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql — qanotsiz qush”, “Baxt belgisi — bilim”, “Bilim — aql chirog‘i”, “Gо‘zallik — ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar — oqar buloq, ilm — yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yо‘lchi yulduzdek tо‘g‘ri yо‘lni kо‘rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bо‘lishining muhim omili — bu kitobga dо‘st bо‘lish, hamisha kitob о‘qish va kitob mutolaasini umr bо‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, bolalarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida о‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Bu haqda sо‘z borganda, Istiqlol bizga ‘‘kitobxon xalq’’ degan azaliy yuksak mavqeimizni nafaqat qaytarib bergani, ayni chog‘da, bu borada intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili ham bо‘lganini ta’kidlash lozim. Binobarin, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.Internet va boshqa vositalar jadal rivojlanayotganiga qaramay, insonning ong va tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ‘ib etishda bosma kitobning о‘rni bundan keyin ham saqlanib qolaveradi. Binobarin, kitob asrlar davomida axborot saqlovchi eng samarali vosita vazifasini bajargan. Qolaversa, ming yil oldin Samarqand qog‘ozida bitilgan qо‘lyozmalar hozir ham insoniyatga ma’rifat nurini sochmoqda. Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bо‘lmaydigan о‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mо‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan kо‘ngil cheksiz zavqqa tо‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman о‘zgachadir.
Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorliq yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Shu ma’noda, shaklidan qat’i nazar, barcha kitoblar milliy о‘zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.19
Barchamiz yoshligimizdan turli ertaklarni eshitib va о‘qib katta bо‘lganmiz. Bolaga yaxshi xislatlarni sо‘z bilan singdirish juda yaxshi samara beradi. Shuning uchun farzand tug‘ilishi bilanoq unga alla aytiladi. Bolaga kechki uyqudan oldin turli ertaklar aytib, kitoblar о‘qib berish asnosida uning mutolaaga bо‘lgan qiziqishi oshadi. Bola kitobni sevishi uchun ota-onasining mutolaaga mehri baland bо‘lishi lozim. Buning uchun uyda kitob kо‘p bо‘lsa, ayni muddao. Agar uyga kitob olib kelib, oilada о‘qilsa, farzandlar, albatta, bu an’anani davom etiradi. Kishi bolalikdan kitob о‘qishni odat qilmas ekan, keyinchalik ham kitobga qiziqishi qiyin. Shuning uchun, bizning vazifamiz bolalar qalbida unga mehr uyg‘otishdir.
Kitobxonlikni oilamizdan boshlashimiz kerak. О‘sib kelayotgan bolaning sog‘lom voyaga yetishi va ma’naviy yetuk bо‘lishida oilaviy muhit muhim о‘rin tutadi. Darhaqiqat, har bir ota-ona farzandi sog‘lom bо‘lib voyaga yetishi, о‘qishi, hunar о‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, ilm olishi uchun doimiy harakatda bо‘lmog‘i lozim. Komil farzandni tarbiyalash uchun hech qanday jihatni nazardan chetda qoldirmaslik zarur. Unutmaylik sog‘lom bola ona Vatanning ishongan tayanchidir. Xonadonlarimizda farzandlarimiz zо‘r qiziqish bilan о‘qiydigan “О‘zbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Gо‘rо‘g‘li” dostonlari, “Odam va olam ensiklopediyasi”, “Bolalar ensiklopediyasi” va jahonga mashhur kitoblar о‘rin olsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Bolaning aqliy rivojlanishi haqida qayg‘uradigan ota-ona unga albatta kitob о‘qib berishi kerak ekan. Bolaga har kuni yotishdan oldin baland ovozda kitob о‘qib berilsa, uning aqliy rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir etilar ekan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin