Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ko’pburchakning yuzasi tushunchasini va uni hisoblash usullarini o’rgatish metodlar. Mundarija: Kirish……………………………………………………………………….2 I-BОB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ko’pburchakning yuzasi va uni hisoblash usullarini o’rgatish metotlar. 1.1- „Ko‘pburchakyuzi“bo‘liminio‘rganishmetodikasi……………….3 1.2- Ko‘pburchakichki va tashqi burchaklarining xossalari………..5 1.3-Ko'pburchaklar haqida bir oz nazariya…………………………8 II.BOB Ko’pburchakning yuzasi va uni hisoblash usullari 2.1- Ko'pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblash………….12 2.2- Boshlang‘ich sinflarda geometrik materiallarni oʻrgatish metodikasi...............................................................................................18 Xulosa............................................................................................................29 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................................31
Kirish O’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to’rt amalning bajarilishini o’rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o’lchamini o’rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang ’ich sinf o’qituvchisining roli nihoyatda kattadir. Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo`lgan. Geometriya yunoncha so’z bo’lib “yerni o’lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer , “metrio” –o’lchayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa Yunoniston olimlari katta hissa qo’shdilar. Yer maydonlari sathini o’lchash, ariqlar o’tkazish, turli ko’rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig’ishini bilish zaruriyati geometriyaga oid dastlabki ma’lumotlarni paydo bo’lishiga olib keldi. Nuqta, kesma, siniq chiziq, to’g’ri chiziq , ko’pburchak, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, aylana, doira, shar, kub bularning hammasi geometrik shakldir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar to`plamidan iborat. Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo’llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Matematika bo’yicha standart ko’rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to’g’risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo ’llay olishda o’rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lish hamda og’zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi.