Yuzi“ bo‘limini



Yüklə 364,32 Kb.
səhifə3/8
tarix12.06.2023
ölçüsü364,32 Kb.
#128775
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu ko\'pburchak

1.2- Ko‘pburchak ichki va tashqi burchaklarining xossalari

  1. Ko‘pburchaklar. A1A2, A2A3, ..., An 1An, AnA1 kesmalardan tuzilgan shaklni ko‘rib chiqamiz. Kesmalar shunday joylashganki, hech qaysi ikki qo‘shni kesma (ular umumiy uchga ega) bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi, qo‘shni bo‘lmagan kesmalar esa umumiy nuqtaga ega emas (1- rasm). Bunday shakl ko‘pburchak deyiladi. A1, A2, ..., An nuqtalar (uchlar) ko‘pburchakning uchlari, A1A2, A2A3, ..., An 1An, AnA1 kesmalar esa ko‘pbur- chakning tomonlari deb ataladi.

Ko‘pburchak tomonlari soni uning uchlari soniga, ya’ni burchaklari soniga teng. Ko‘pburchaklar uchlari (to- monlari) soniga ko‘ra uchburchaklar, to‘rtburchaklar, beshburchaklar va hokazolarga bo‘linadi Agar yopiq siniq chiziq o‘z-o‘zi bilan kesishmasa, bunday siniq chiziq sodda yopiq siniq chiziq deyiladi. U tekislikning shu siniq chiziqqa tegishli bo‘lmagan nuqtalarini ikki sohaga ichki va tashqi sohaga ajratadi hamda umumiy chegara vazifasini bajaradi. 1- rasmda ichki soha bo‘yab ko‘rsatilgan



1- ta’rif. Agar ko‘pburchak uning ixtiyoriy tomonini o‘z ichiga olgan to‘g‘ri chiziq bilan bitta yarim tekislikda yotsa, u qavariq ko‘pburchak deyiladi. Bunda to‘g‘ri chiziqning o‘zi ham shu yarim tekislikka tegishli hi- soblanadi.

2- a va 3- rasmda qavariq ko‘pburchak, 2- b rasmda esa noqavariq ko‘pburchak tasvirlangan. Ixtiyoriy uchburchak – qavariq ko‘pburchakdir (3- rasm)



Yüklə 364,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin