Tibbiy kosmetologiya Tibbiy kosmetologiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- tashxisli kosmetologiya;
- dermatokosmetologiya;
- dermatojarrohlik;
- plastik jarrohlik;
- teri butunligini buzib ishlatiladigan murakkab asbobli texnologiyalar.
Kosmetsevtika - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‘zlardan hosila bo‘lgan so‘z. Turli kasalliklarni oldini olish maqsadida kosmetik vositalarga sekin-asta davolovchi-profilaktika hossalari berila boshlandi va XX asr ohirida "Kosmetsevtika" yo‘nalishi paydo bo‘ldi
Tashxisli kosmetologiya profilaktikali va tibbiy kosmetologiyani oralig‘ida turadi. Uning maqsadi - tanadagi sezilarli salbiy o‘zgarishni ilg‘ab olish va boshlanayotgan kasallikni o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Dermatokosmetologiya teri kasalliklarini va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni tibbiy darajada davolaydi. Bundan tashqari sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan yangi kosmetik vositalarni bezararligini tekshiradi;
Dermatojarroxlik - teridagi tug‘ma yoki boshqa kamchiliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda. Hozirgi vaktga kelib quyidagi muolajalardan foydalanib davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan:
- lazer usulida terini silliqlash;
- jarrohlik dermotologiyasi;
- fenol, uchxlorsirka kislota va glikol kislotalar yordamida chuqur piling o‘tkazish;
- teridagi o‘smalarni olib tashlash;
- yuzada joylashgan kengaygan tomirlarni elimlash usuli bilan toraytirish;
- yuzni bejirimlash;
- terini oltin to‘r yordamida armirlash;
- tabiiy va sun’iy sochlarni ko‘chirib o‘tkazish.
Plastik jarrohlik yuz va badanni yoshartiruvchi jarrohlik o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Terining tuzilishi va funksiyalari.Teri [cutis] - insonning yashash muhitida uning gomeostazini saqlab turuvchi eng muhim organ hisoblanadi. Sensor va himoya mexanizmlari orqali teri insonning tashqi dunyo bilan muloqatini amalga oshiradi, shuningdek ichki a’zolari, endokrin va asab tizimlari faoliyatining sifatini aks ettiradi. YUz terisi teri qoplamlarining eng harakatlanuvchi qismi hisoblanib, odamning individualligini (o‘ziga xosligini), uning hissiy (emotsional) faolligini, ongi va boshqa shaxsiy xususiyatlarini aks ettiradi. Teri massasi tana massasining taxminan 17% ini tashkil etadi va bu odam tanasining eng yirik a’zosi ekanligini ko‘rsatadi. Odam tanasi a’zolarida hech biri fiziologik va patologik jarayonlar kengligi bo‘yicha teridan ustun kelolmaydi.
Teri uchta asosiy qismlardan tashkil topgan: epidermis (sirtki qatlam), derma (asosiy o‘rta qatlam) va gipoderma (teriosti yog‘ qatlami) (3-rasm). Teri yuzasi 7–10 mkm qalinlikdagi teri ajratmalari mahsulotlaridan tashkil topgan emulsion parda bilan qoplangan.
3-rasm. Terining umumiy tuzilishi: 1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma.