Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Oddiy atir sovunning taxminiy tarkibi



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə55/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Oddiy atir sovunning taxminiy tarkibi:
- YOg‘ kislotalarning natriyli tuzlari –78-80%
- glitserin -0-1%
-natriy xlorid -0,2-0,5%
-erkin ishqorlar -0,3-0,5%
-smolalar -0-2%
-yog‘lantiruvchi moddalar -0-6%
-antioksidant, bo‘yovchi (pigmentlar) moddalar, yumshatuvchilar 0-1%
- hushbo‘y moddalar -0,5-3%
-suv -100%gacha
Kosmetik vositalarni saqlash sharoiti. Kosmetik vositalarni 0 - 25°S haroratda, jihozlangan holda, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.
Parfyumeriya vositalarni 5 yil saqlash mumkin. Parfyumer vositaning yog‘li iz qoldirishi eskirganligini bildiradi.
Bolalar parfyumeriyasi tarkibida spirt oz miqdorda yoki umuman bo‘lmaydi, shuning uchun ularni saqlash muddati 3 yil. Parfyumer vositada cho‘kma hosil bo‘lsa eskirgan deb hisoblash mumkin.
Krem 2-3 yil davomida saqlanadi. Krem eskirganda qatlamga ajralishi, yoqimsiz hid paydo bo‘lishi kuzatiladi. Eskirgan kremni ishlatish mumkin emas, aks holda allergik dermatit paydo bo‘lishi mumkin.
Spirtli loson. Saqlash muddati 2-3 yil. Eskirgan losonlarda cho‘kma hosil bo‘ladi va rN ko‘rsatkichi o‘zgaradi.
Shampunlar va yuvuvchi vositalarni saqlash muddati 3-5 yil. Mahsulotning rangini o‘zgarishi, yoqimsiz hid paydo bo‘lishi va shampun qadoqlangan idish shishib qoladi. 8
Tenlar 3-5 yil saqlanishi mumkin, mahsulot idishi ochilganidan keyin 12-18 oy saqlanishi mumkin. Eskirgan tenlar yomon surtiladi, bir tomonda to‘planib qolib, bir hil surtilmaydi
Ko‘z, lab va qoshlar uchun kosmetik qalamlar 3 yil saqlanishi mumkin, ishlatilgan qalamlar 12-18 oy saqlanishi mumkin. Qalamni tez sinishi, yomon surtilishi eskirganligini bildiradi.
Kipriklar uchun tush 3-4 yil saqlanadi, ishlatilgan tush 3-6 oy saqlanishi mumkin. Tush kipriklarni yopishtirib qo‘yishi, yomon surtilishi va surtilganidan keyin to‘kilishi eskirganligini bildiradi. Mikroorganizmlar ko‘zlarni yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin