Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə54/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Tabiiy sovun (naturalistik). Bunday sovunlarga turli qo‘shimchalar kiritilgan bo‘ladi. Masalan, o‘simlik xom ashyoning maydalangan to‘qimalari, efir moylari va sh.o‘. Bu turdagi sovunlar nafaqat tozalash, balki terini tetiklashtirish yoki bo‘shashtirish, hamda aromaterapevtik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Parfyumer sovun. Bu turdagi sovunlarning tarkibiga turli xushbo‘y moddalar (aromatik moddalar) –1,5-2% qo‘shiladi. Ayrim holatlarda bunday sovunlarga yumshatuvchi moddalar ham kiritilish mumkin. Parfyumer sovunlarni vazifasiga, tanani tozalashdan tashqari uni xushbo‘ylantirish xam kiradi.
Bolalar sovuni. Bu sovunlarni retsepturasini tanlashda bolalar terisini nozikli hisobga olinadi. Ayrim xolatlarda bunday sovunlar, turli o‘simlik ekstraktlar kiritilganligi uchun (moychechak, tirnoqgul, mavrak, emon pustlog‘i ekstraktlari), engil antiseptik xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bunday sovunlarni tozalovchi xususiyatlari, ko‘pincha, oddiy sovunlarga nisbatan pastrok.
Antibakterial sovun. Bu sovunlar o‘z tarkibida turli antibakterial qo‘shimchalarni saqlaydi. Masalan, mikoseptik sovun oyokdagi zamburug‘larga qarshi qo‘shimchalarni saqlaydi.
Teri epidermisini shiluvchi (skrab) sovun. O‘z tarkibida bunday sovun maydalangan abraziv qo‘shimchalar saqlaydi: maydalangan olcha danakchalari, yong‘oq po‘stlog‘i va sh.o‘. Ular terini yuza epidermisini shilib tushirish xossaga ega.
Suyuq sovun. Tozalovchi va yuvish xususiyati bo‘yicha oddiy sovundan farqlanmaydi, lekin uning konsistensiyasi suyuq va ko‘p holatlarda bunday sovunlarni ishlatish qulay, chunki ular dozatorlar bilan jihozlangan idishlarda chiqariladi.
Sovunning yuvish xossalarini oshirish maqsadida turli SFM ko‘shiladi. Suyuq sovunlarni tayyorlashda kokosning, zaytun, kanakunjutning yog‘ kislotalarini kaliy ishqori yordamida sovunlash yo‘li bilan olinadi. Lekin hozirgi vaqtda bu turdagi sovunlarning ishlatilishi kamayib bormoqda, sababi kuchli ishqori ta’sirida terining yallig‘lanishi kuzatilishi mumkin. SHu kamchilikni bartaraf etish sovunlarda SFM ni qo‘llash mumkin.
Suyuq sovunlarni afzallik tomonlaridan biri bu SFM tabiatiga qarab sovunning rN ni ham me’yorlashtirish (mo‘‘tadillashtirish) imkoniyati tug‘iladi. Bu esa teriga sovunning ta’sirini yumshatadi. SFM saqlovchi suyuq sovunlarni tarkibiy qismlariga qo‘yidagilar kiradi:
- asosan anionoaktiv SFM (15-30%) ;
- yumshatuvchi vositalar: yog‘ kislotalarning murakkab efirlari, lanolin va uning hosilalari;
- terini silliqlashtiruvchi moddalar: glitserin, glikol, sorbit sharbati;
- sebotrop moddalar: asosan antiseptiklar: geksaflorofen, dixlorofen yoki kationaktiv SFM lar. Bu moddalar terining yuqori qavati va undagi mikroflorisiga faol biologik ta’sir ko‘rsatadi.
- quyuqlashtiruvchilar;
- hushbo‘y qo‘shimchalar va bo‘yovchilar;
- konservantlar va h.k.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin