Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari.
Insoniyatning yashash uchun
kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan
harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan.
Ibtidoiv iamoa tuzum ida odamlarning guruh-guruh boMib hayot
kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o ‘tkazish yo‘lidagi faoliyat
(o ‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish
borasidagi tajribalarni o ‘rgatish guruh a ’zolari tomonidan birdek amalga
oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o ‘yin jarayonlarida
o ‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega
b o ‘lganligi bois o ‘g ‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o ‘ziga xos jihatlar
k o ‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo ‘lishi ijtimoiy tarbiya
mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo
b o ‘lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning
ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo ‘yila boshladi. Erkin
fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari
borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida
muhim o ‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar
mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki
jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon
etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun
boshlang‘ich asoslar q o ‘yildi.
Ouldorlik tu zu m ida erkin b o ‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-
huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning
farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzum i o ‘rnida shakllangan feodal tuzum da pedagogik
g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik
jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar yetakchi o ‘rin egallashi bilan
tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar ( G ‘arbda cherkov,
S h arqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o ‘qitish va
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy
g ‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning
din peshvolari to m o n id a n qo ralan ish i kabi h o latla r ham k o ‘zga
tashlangan b o ‘lsa-da, a m m o savdo-iqtisodiy aloqalar k o ‘lamining
kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy
bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat
tarixidan mustahkam o ‘rin olgan Sharq Uyg‘onishi deb nom olgan
tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o ‘rta asrlar davrida s o d ir b o ‘ldi.
Sharqda buyuk allom alar— M uham m ad Muso al-Xorazmiy, Abu N asr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy,
G 'a r b d a esa T .M o r, T .K a m p a n e lla , E .R o tte rd a m s k iy , F .R a b le ,
M .M o n te n va boshqalar tom onidan har to m o n lam a rivojlangan, ruhiy
va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik dunyo va buijuaziya davri yutuqlari
asosida ilmiy bilimlarni o ‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi
ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, h u n a rm a n d ch ilik va m a n u f a k tu r a negizida rivojlanib
borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish y o‘lidagi amaliy
harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat m urakkab texnikani boshqara
oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. M azkur
davrda ilg'or, progressiv pedagogik g ‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat
g ‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni q aror
toptirish borasidagi qarash o ‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi
va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o ‘rinda pedagogika fani rivojiga o ‘zining
munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G ‘arbda — Ya.A.Komenskiy,
D .D i d r o , J.J.R u sso , F .G e r b a r t , V .V .D isterveg , K .D .U s h in s k iy ,
A .S .M a k a re n k o , V .A .Suxom linskiy, S h a rq d a I.Ibrat, S.Siddiqiy,
A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H .Niyoziy, M.Abdura-
shidov, M.Behbudiylar shaxsga ta ’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi
qarashlarni yanada boyitdilar ham da t a ’lim tizimiga ilm-fan, texnika
yangiliklarini tatbiq etish, o ‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz,
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g ‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sh o‘ro davrida pedagogika fani m az m u n an ilm-fan, texnika
va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, t a ’lim muassasalari tizimi
shakllantirildi, shuningdek, har to m o n lam a (gormonik) rivojlangan
shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya
g ‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi
yaratilmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni q o ‘lga kiritgach, rivojlanish
va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo
etishdan iboratligi e ’tirof etilib, «Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
uni o ‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan t o ‘la xalos
etish»1 davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi.
Asosiy e ’tibor yuksak m a’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi,
yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada t a ’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy m azm un ha m d a yo'nalishlari 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim t o ‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
kabi m e’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan.
Dem ak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va
malakali mutaxassisni tayyorlashga yo ‘naltirilgan ijtimoiy harakat
istiqbollari, bu boradagi m uam m olar va ularni hal etish yoMlarini
o ‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: |