‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I



Yüklə 11,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/243
tarix19.10.2023
ölçüsü11,97 Mb.
#157327
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   243
Toxtaxodjayeva M.X. va bosh. Pedagogika

Tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
Tarbiya maqsadi va mazmuni 
metodlarni t o ‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga 
erishish metodlari unga muvofiq b o ‘lishi zarur.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga q o ‘yiluvchi ijtimoiy 
talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa 
turli xil fikrlar bilan t o ‘ldirilgan bo'lishi m umkin. Shuning uchun 
metodlarni um uman m azm un bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash 
g ‘oyat muhimdir.
T arbiyalanuvchilarning vosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga 
muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo ‘lgan 
a n a to m ik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, 
m as’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich t a ’lim, o ‘rta t a ’lim va o ‘rta maxsus, 
k asb -h u n a r ta ’limi muassasalarida ta ’lim olayotgan o ‘quvchilarda ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


sh a k lla n tirish m um kin. Biroq h a r bir b o sq ic h d a m a z k u r sifatni 
shakllantirish borasida turli m etodlar qoMlaniladi.
Xalq pedagogikasida tarbiva m etodlari. Xalq pedagogikasi o ‘zbekona 
axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o ‘zida mujassamlashtirgan. 
Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari ham da vositalaridan 
foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang b o ‘lib, 
k o ‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, 
ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o ‘z t a ’sirini 
o ‘tk a z g a n . Xalq p e d a g o g ik a s id a q o ‘lla n ilg a n x ilm a - x il t a r b i y a
metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (hikoya qilish, o ‘rgatish).
2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
3. Nam una (maslahat berish, u z rs o ‘rash, yaxshiliklarhaqida so‘rash, 
o ‘rnak b o ‘lish).
4. Nasihat qilish, o ‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, 
tilak-istak bildirish, m a ’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq y o ‘l tilash 
va hokazolar).
5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, t a ’na, gina, tanbeh berish, m ajbur 
qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, q o ‘rqitish, nafratlanish, o n t-q a s a m
ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
Agar e ’tibor berilsa, yuqoridagi beshta m etod um um iy yaxlitlikni 
ifodalaydi. Oldin bolaga um umiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. 
Bolalar narsa, hodisa va jarayonlarning mohiyatiga tushunm aganlarida 
tarbiyachi namuna vositasidan foydalanadi, ya’ni, yoshlarning mustaqil 
kuzatuvchanligiga e ’tibor beriladi. Bu holatda ham tu sh u n m a g a n la r 
kattalarning nasihati, o ‘g‘iti asosida narsa, hodisa yoki jarayonlarnin g 
mohiyatini anglaydilar. Bordiyu, bu holatda ham kutilgan natijaga 
erishilm asa yoki bolalar e ’tib o r q ara tilg a n h o la tn in g m o h iy a tin i 
tushunishni istamasalar, eng so‘nggi chora sifatida qoralash va jaz o
m etodidan foydalanishga t o ‘g ‘ri keladi. Biroq, bu eng so‘nggi chora. 
Zamonaviy pedagogika g‘oyalariga k o ‘ra qoralash va jazo m etodlarini 
so‘nggi, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligi isbotlangan.
Xalq pedagogikasi n am u n alari, tarbiya m etodlari va tarbiyaviy 
t a ’sirlar muayyan vositalar yordam ida q o ‘llanilgan. M e h m o n kutish, 
m ehm onga borish, turli m ehnat jarayonlari, hasharlar, turli g urunglar 
(choyxona, t o ‘y marosimlari), sayillar, oilaviy a n ’analar (tug‘ilgan kun, 
fuqarolik pasporti, umumiy o ‘rta, o ‘rta maxsus ham d a oliy m a ’lumotga 
egalik t o ‘g‘risidagi attestat va diplom , shuningdek, davlat m ukofotlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi


olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o ‘ziga xos tarbiya 
vositasi sanaladi.
j ^ litimoiv ongni shakllantiruvchi metodlar o ‘quvchilarda m a ’naviy- 
axloqiy sifatlar, e ’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida 
ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta ’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o ‘quvchilar 
ongiga jamiyatda ustuvor o ‘rin tutuvchi ijtimoiy g'oya va maqsadlar 
singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot 
m azm unini tushunib olishlariga ko ‘maklashish uchun ijtimoiy ongni 
shakllantiruvchi usullar q o ‘llaniladi.
0
‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning 
ichki va x alq aro siyosati m a z m u n in i tu s h u n is h va idrok qilish 
k o 'n i k m a l a r i n i ta r b iy a la sh lozim . T u s h u n t ir is h ijtim oiy o n g n i 
shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi 
o ‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g ‘urur tuyg'usiga ega b o ‘lib 
voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
T ushu n tirishda o'quvchilarga m am lakat fuqarosining davlatga 
nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida 
m a ’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi ham da 
Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. 
Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining 
mohiyati tushuntiriladi.
Suhbat. 0 ‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va m a ’naviy-axloqiy jihatdan 
s h a k ll a n ti r i s h d a o ‘q itu v c h in in g jo n li s o ‘zi eng t a ’s irc h a n usul 
h isoblanadi. Suhb at u ch u n mavzu ta n la s h d a uning m az k u r sin f 
o ‘quvchilari uchun dolzarbligi, 
0
‘quvchilarda m a’naviy-axloqiy ishonch 
uyg‘otishning suhbat mazmuniga boMgan munosabatlari va suhbatdan 
kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda 
uyushtirilishi mumkin:
a) etik mavzular (ijtimoiy m a ’naviy-axloqiy m e’yorlar, jam iyatda 
ustuvor o ‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jam oa orasida o ‘zini tutish 
qoidalari va boshqalar);
b) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, 
inson go'zalligi);
d) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo 
voqealari, xalqaro m unosabatlar va boshqalar);
e) t a ’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o ‘simliklar 
dunyosi, elektronika va boshqalar).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali m ehnatni tashkil etish, 
huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda ham tashkil etilishi 
o'zinin g ijobiy natijalarini beradi.
Suhbat davomida o ‘quvchilarga ularning o ‘z fikrlarini erkin ifoda 
etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga im kon beruvchi savollar bilan 
m urojaat qilish ju d a m uhim dir. Bu b o rad a b a hs-m u no z ara la rn ing 
ahamiyati katta.
Hikova. 
0
‘quvchilar o d a td a hayot va turli adabiyotlardan olingan 
aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. 
Ularga axloq m e’yorlari, xalq o ‘tmishi, tabiiy boyliklar, q a h ra m o n la r 
hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va s a n ’at haqida hikoya 
qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy 
axborot vositalari — radio, televideniye, gazeta va ju rnallar sahifalarida 
e ’ion qilingan m a ’lumotlar h am o ‘quvchilar u ch u n qim m atli material 
b o ‘ladi. Suhbat ham , hik o y a ham o ‘q u v c h ila rn in g yoshiga m o s 
mavzularda ulartushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o ‘tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o ‘qu vchilar 
tom onidan belgilanishi, ularning samarali kechishini t a ’minlaydi, buning 
natijasida o ‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaram aydilar.
N am u na. 0 ‘quvchilar o ‘z atrofidagi kishilarda ham m a yaxshi axloqiy 
sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
0
‘qituvchining shaxsan o ‘zi n a m u n a bo'lishi, ayniqsa, yoshlarga 
katta t a ’sir ko‘rsatadi. Ular o ‘qituvchining darsda va h a y o td a o ‘zini 
qand ay tutishini, atrofdagi kishilar bilan qan day m u o m a la qilishini, 
o ‘z vazifalarini qanday bajarishini ku/'atib yuradilar.
0
‘quvchilaro‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, 
Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yom on sifatlaming 
ham tarkib topishiga t a ’sir k o ‘rsatadi. Shuning uch u n o ‘q itu v c h i va 
o ta-o n a la r har qanday h olatda ham o ‘zlarini tuta bilishlari k erak. Ular 
qayerda bo'lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. 
Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va x a tti-h a ra k a tla rid a tafovut 
b o ‘lmasligi kerak.
Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan m a ’lum otlar, adabiy 
asar, kinofilm va spektakllar qahram onlarining xatti-harakatidagi yaxshi 
n a m u n a lar bolalarning ongiga kuchli t a ’sir qiladi.
Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o ‘tkaziladi. 
0
‘quvchilar o ‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi m uvaffaqiyatlari 
bilan faxrlanadilar, ularga taq lid qilishga intiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Namunada xalq pedagogikasi g ‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota- 
o n a la r o ‘z f a r z a n d la r i n i h a m is h a k a tta h a y o tiy tajrib a g a ega, 
dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga d a ’vat 
qilib kelganlar. Masalan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Juda oddiy 
xulosa. Shu oddiy xulosa ostida q an ch a fikrlar jamlanib yotganligini 
hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq «uyingda tartibli 
b o ‘l, aks holda bo lan g k o ‘chada tartibsiz b o ‘ladi», «bola oldida 
birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g ‘iybatchi b o ‘ladi», demoqchi.
$ _ 0 ‘z - o ‘zini t a r b i y a l a s h m e t o d l a r i . 0 ‘q u v c h id a o ‘z - o ‘zini 
tarbiyalashga, ya’ni, o ‘z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo 
b o ‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. 
Tarbiya jarayonida o ‘z - o ‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish 
samarali hisoblanadi. Q ‘z - o ‘zini tarbiyalash metodlari o ‘quvchilarning 
o ‘zini o ‘zi idora qilishlari, turli o ‘quvchilar organlari faoliyatida faol 
ishtirok etishlarini t a ’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish 
m aqsadida q o ‘llaniluvchi usullardir.
0
‘z - o ‘zini tarbiyalash o ‘quvchilarning o ‘zini o ‘zi idora qilish va 
o ‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta ’minlash, 
u l a r n i n g ijtim o iy m av q e in i o s h ir is h n in g t a ’s irc h a n vositasidir. 
0
‘quvchilar o ‘qish, tarbiya va d a m olishda o ‘z - o ‘zini tarbiyalash 
usullaridan foydalanadilar, bu usu llaro ‘quvchilarni o ‘z -o ‘zini tarbiyalash 
tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
0
‘z - o ‘zini tahlil (nazorat) qilish o ‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti- 
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy 
o d a tla rn i bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
0
‘z - o ‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o ‘quvchi o ‘zining yurish- 
turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy 
od atlarinin g kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga 
yozib boradi.
0
‘z - o ‘zini baholash maviud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini 
tahlil qilish asosida o ‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
0
‘q u v c h in in g qobiliyatini o ‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga 
yordam lashish zarur. 
0
‘z - o ‘zini baholash qiyin, lekin o ‘quvchini bunga 
y e ta rli tayyorlash mumkin. Shu bois o ‘quvchi irodali b o ‘lishi, o ‘z 
b u r c h i n i tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos b o ‘lishi, 
y a ’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o ‘zini o ‘rtoqlari, atrofdagilaming ko‘zi 
b ila n ko'rish va o ‘z - o ‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0
‘z - o ‘zini baholash o ‘quvchi uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob- 
kitob qilish, o'ziga chetdan turib xolisona baho berish, o ‘zidan qoniqish 
hosil qilishda yordam beradi.
Izohlash — tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki t a ’sir etish usuli. 
Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan m u h im belgisi 
m uayyan guruh yoki alohida shaxsga y o ‘naltirilganligidir. U shbu 
m etodni q o ‘llash sinf o ‘quvchilarining um um iy yoki jam oa a ’zolarining 
shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari 
bilan ish olib borishda izohlashning e le m en ta l- usul va vositalari 
qoMlaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «H am m a shunday qiladi». 
0
‘smirlar bilan ishlaganda m a’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy 
aham iyati va m a ’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni 
yuzaga keltirish uchun qoMlaniladi:
1) yangi m a ’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq koMiikmalarini tarkib 
toptirish va mustahkamlash;
2
) tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (m asalan, 
sinf o ‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga t o ‘g ‘ri, ongli 
m unosabatni hosil qilish.
M aktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish 
vositasida o ‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta ’sir etiladi. BoshlangMch 
s in f o ‘quvchilari hamda o ‘smirlar ishonuvchan boMishadi. Pedagog 
ishontirishdan tarbiyalanuvchi m a ’lum k o ‘rsatmani qabul qilishi zaru r 
boM gan v a z iy a tl a r d a f o y d a la n a d i. M a z k u r m e t o d d a n b o s h q a
m etodlarning t a ’sirini kuchaytirish u c h u n ham foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta ’sir ko‘rsatish asosida 
ularda m a ’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs- 
m un oza ra usuli boMib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huq uq iy 
m a v z u la r (« D id haqida bahs», « M a s h h u r boMish yoMlari», «Biz 
madaniyatli kishilarmizmi?» va h okazolar)da o ‘tkaziladi. M u n o z a ra
turli nuqtayi nazarlar t o ‘qnashgan vaziyatda o ‘quvchilarda m a ’lum 
hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.
M unozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi 
u c h u n puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. M u no zara u c h u n
m u sta q il m u lo h a z a va qarashni yu zag a keltiruvchi 5—6 ta savol 
tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan m u n o z a ra ishtirokchilari o ld in d a n
tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi m u n o z a r a ishtirokchilarini o ‘zi 
tayinlashi ham mumkin. Chiqishlar jo n li, erkin va qisqa boMishi zarur. 
M a tn n i yozish kerak emas, agar sh u n d a y holat yuz bersa m u n o z a ra
www.ziyouz.com kutubxonasi


zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, 
asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
^ Mashq va o ‘rgatish (faolivatda mashqlantirish) metodlari muayyan 
m ashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har 
to m o nlam a puxta tashkil qilish, ularni axloq m e ’yorlari va xulq-atvor 
qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi 
va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
0
‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib 
borayotganligini kuzatib borishlari kerak. 
0
‘quvchilar odatlarni o ‘z 
yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol 
muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga 
q o ‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o ‘z 
ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o'quvchi uchun ongli, ijobiy 
jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil 
qilinadi, o ‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, m a ’naviy-axloqiy 
sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
Q ‘rgatish tarb iyalanuvchilar ijtimoiy x u lq -a tv o r ko ‘nikm alari, 
odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan 
turli harakatlar, amaliy ishlardir.
0
‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. 
0
‘qituvchi bu 
harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:
1
) faoliyat da mashq qilish;
2
) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy h a m d a jam oa faoliyatini 
t a s h k i l etish va o ‘z a ro m u n o s a b a tn i y o ‘lga q o ‘yish o d a tl a r i n i
tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun 
tartibiga amal qilish, shu bilan bog‘liq istak va harakatlarni boshqarish, 
ish va b o ‘sh vaqtdan t o ‘g ‘ri foydalanish odatiga o'rgatadi. Maxsus 
m a s h q l a r m a d a n iy xulq k o ‘n ikm a va m ala k ala rin i hosil qila di, 
mustahkamlaydi.
Topshiriq o ‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba 
k o ‘n i k m a l a r i n i s h a k ll a n ti r i s h m a q s a d id a q o ‘lla n ila d ig a n usul. 
0
‘quvchilarning topshiriqlarni jam oa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy 
xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. 
0
‘quvchilar 
o ‘z kuchlarini um u m ishiga sarflashga, jam o a uchun mas’uliyatni his
www.ziyouz.com kutubxonasi


etishga o ‘rganadilar, M ehnat qilish o ‘quvchilarning h a ra k a tla rin i 
shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish ha m d a faoliyatda 
ishtirok etish jarayonida o ‘quvchi tom onidan amal qilinishi zarur b o ‘lgan 
ijtimoiy xulq-atvor m e ’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng m u h im
u s u ll a r i d a n
b irid ir. 
P e d a g o g ik t a l a b
m a ’lu m
h a r a k a t l a r n i
r a g ‘b a tla n tiru v c h i yoki t o ‘x ta tu v c h i h a m d a o ‘q u v c h in i o q i l o n a
harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega boMishi m um kin.
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga 
ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini k o ‘tarish 
va uni qoMlab-quvvatlash usulidir. 0 ‘qituvchi har bir o ‘quvchi shaxsida 
ro ‘y berayotgan ijobiy o ‘zgarishlarni anglay olishi zarur. S h u n d a g in a
o ‘quvchi o ‘zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o ‘z kuchiga 
nisbatan ishonch paydo boMadi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, 
uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u ja m o a d a
o ‘z o ‘rniga ega. O'qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchu n 
rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanadi. 
0
‘quvchining y a n a d a ijobiy 
sifatlarga ega boMishga intilishiga y ordam beradi. M aktablar tajribasida 
rag‘batlantirishning quyidagi turlari qoMlaniladi:

Yüklə 11,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin