M ustaqil d a vla t о ‘z taraqqiyoti yo ‘lini belgilashi — uch muhim om ilni hisobga olish bilan b o g ‘liqdir. Bular quyidagilar: 1. Mamlakatning mustaqil taraqqiyotiga asos bo ‘ladigan, unga
sharoit yaratib beradigan siyosiy, iqtisodiy imkoniyatlar, tabiiy
boyliklarning mavjudligi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi.
2. Xalqning milliy ongi, birdamligi, hamjihatligi, m illiyg‘ururi,
vatanparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo ‘lishi, o ‘z tarixi, a n ’analari,
qadriyatlarini chuqur bilishi, davlatning, mamlakatdagi ijtimoiy,
siyosiy kuchlarning asoslangan, uzoqqa m o'ljallangan, mustaqil
taraqqiyot manfaatlari bilan belgilangan rejalarining b o ‘lishi.
3. Xalqaro vaziyat m o ’tadilligi, q o ‘shni davlatlar, ulardagi
ijtimoiy, siyosiy kuchlarning mustaqil taraqqiyot yo‘liga o ‘tayotgan
davlatga nisbatan bo‘lgan adolatli munosabati.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lining bu omillari bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir. M ustaqillikka erishgan davlatning yetarli ijtimoiy,
m a’naviy, iqtisodiy im koniyatlari b o im a sa , uning rivojlanish
zaminlari ham m ustahkam va barqaror b o ‘lmaydi. Xalq ommasi,
mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar mustaqillika erishgan davlat
oldida turgan vazifalami to ‘g‘ri, to ‘la tushunmasalar, ulam i amalga
oshirishga ongli ravishda intilmasalar mustaqillikni mustahkamlash
qiyin kechadi. Ijtimoiy-siyosiy faolligi yetarli bo ‘lmagan, milliy
ongi o‘smagan, milliy g‘ururi past bo ‘lgan xalqni mustaqillik yo‘liga
qo‘lidan yetaklab, zo‘rlik bilan olib kirib b o ‘lmaydi. H ar qanday
katta iqtisodiy, siyosiy islohotlar keng tarbiyaviy, m a’rifiy-mafku-
raviy ishlar bilan bog‘lab olib borilgan taqdirdagina samara beradi.
Milliy mustaqillik insoniyat tarixining ham m a davrlarida ham
jamiyat taraqqiyotini tezlatishning m uhim omillaridan biri bo'lib
kelgan.
Milliy m ustaqillik progressiv tarixiy jarayonining zaruriy
tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli ham muhim ilmiy, nazariy, amaliy
m uam m o sifatida turli fanlar tom onidan o ‘rganiladi.
Lekin, alohida fanlar mustaqillik muam m osini yaxlit jarayon
sifatida o ‘rganish, uning tarixiy tajribasini um um lashtirish va
nazariyasini yaratish imkoniga ega emas. M ustaqil taraqqiyot
y o iid a n muvaffaqiyatli borish uchun bu jarayonlarning um umiy
qonuniyatlarini ochish, istiqlol uchun kurash yo'lida qo ‘llanma
b o ‘la oladigan nazariy xulosalar chiqarish ham nihoyatda katta
ahamiyatga egadir. Bu vazifani inson tafakkurining um um lash-
tiruvchi xususiyatini o ‘zida kengroq va to ‘laroq ifoda etuvchi falsafa
fanigina bajara olishi mumkin.
277