‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295
Falsafa (1)

astrologiya,
deb atalib, boshqa yerlarda b o ‘lgani kabi, 
0 ‘rta Osiyo xalqlari o'rtasida ham keng tarqalgan edi.
Astrologlar nuqtayi nazaricha, jam iyatda kelgusida bo‘ladigan 
voqea va hodisalarni. kishilaming taqdirini yulduzlar va sayyora- 
larning holatiga, harakatiga qarab oldindan aytib berish mumkin.
Lekin, shuni aytish lozimki,astrologiyaning ilmiy ekanligi 
shu kungacha asoslanm agan, astrologlarning bashoratlari esa, 
ko'pincha ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan. Ammo, ayrim astrolog­
larning bashoratlari sodir bo ‘lgan voqea va hodisalarga tasodifiy 
mos kelishi tufayli, ularga ishonish kishilar o ‘rtasida shu paytgacha 
davom etib kelmoqda. Ilmiy bashoratlam ing astrologik bashorat- 
lardan tub farqi shundaki, ularning haqiqatligi doim o ilm-fan 
yutuqlari bilan, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlari bilan 
ilmiy asoslangan b o iad i.
Fanlar taraqqiyoti, kishilaming jamiyatdagi faoliyatlari uchun 
tabiat va jamiyat hodisalarining ro‘y berishini ilmiy oldindan ko‘rish 
juda muhim ahamiyatga ega.
Tabiat va jam iyat hodisalarini ilmiy bashorat qilish bizning 
mustaqil 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan hozirgi 
sharoitda davlat va xalqning kelgusida m amlakat hayotida sodir 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va voqealarga har tomonlama tayyor 
bo ‘lishi, bu hodisalarning ijobiy oqibatlarini kuchaytirish, salbiy 
oqibatlaming esa oldini olish, muhim ahamiyatga ega. Lekin, shuni 
aytish kerakki, millionlab kishilar faoliyati bilan bog'liq holda 
sodir bo‘ladigan ijtimoiy hodisalarni ilmiy bashorat qilish ancha 
murakkab jarayondir. Shunga qaramay, biz mustaqil 0 ‘zbekiston
18 Falsafa
273


— kelajagi buyuk davlat deganda, bu xulosaga ilmiy asoslangan 
holda, har tom onlam a o ‘ylab, barcha imkoniyat va ehtiyojlarimizni 
to ‘liq hisobga olib, ijtimoiy jarayonlarning tarixiy rivojlanish 
qonuniyatlariga tayangan holda ilmiy oldindan aytilganligining 
guvohi bo‘lmoqdamiz.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin