rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksiong‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.
Ilmiy bilishda taraqqiyparvarlik va reaksion g‘oyalar o‘rtasida doimo
kurash ketadi. Ilmiy bilishda bir qancha g‘oyalar birikib,
biror
ilmiy m uam m oni paydo qilishi mumkin.
Muammo — ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilin-
magan, lekin bilinishi va hal qilinishi lozim bo ig a n bilim shaklidir.
M uamm o, odatda,tadqiqotchining
biror bilish obyektiga oid
yangi dalillarni to ‘plagan, lekin bu dalillarni mavjud bilimlari bilan
izohlashi m umkin boim aganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga
sig‘may, o ‘zlarining yangicha bayonini
talab qila boshlaganda
tugiladi. Muammoning tugilishi va qo‘yilishi ilmiy bilish jarayoni-
ning eng m uhim m om entlaridan biridir. M uam m oni aniqlash —
ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda m uam m oni, ko'pincha,
savol yoki biror
masala bilan aralashtirib qoilashadi. Ilmiy bilishning shakli sifatida,
muammo savol va masaladan farq qiladi. Xususan, savolga javob
berish yoki masalani yechish doim o oldingi bilim
asosida amalga
oshadi. M uam m oni esa oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida
turib hal qilib boim aydi.
Buning uchun yangi dalillar, m aium otlar
to ‘plash,
ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud b o ig an
eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
M uam m olar ham g‘oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolg‘on)
m uam m olardan iborat b o iad i. Haqiqiy m uam m olar ilmiy dalil va
fanlarning
qonunlaridan kelib chiqsa, soxta m uam m olar ilmiy
dalillar va fan qonunlariga zid keladi.
Dostları ilə paylaş: