h) Formallashtirish va modellashtirish metodlari. Keyingi vaqtda E H M lar va kom pyuterlarning yaratilishi,
ularning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning
konkret fanlar sohalarida samarali qo'llanishi, modellashtirish va
formallashtirish kabi yangi usullarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Formallashtirish — tekshirilayotgan predmet yoki hodisalar ning m a’lum konkret tom onlari, x o ssa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki chizmalar bilan ifodalashdir. Bu m etod yordam ida tadqiq
etilay o tg an obyektlarning o ‘rtasidagi a lo q ad o rlik , u larn in g
munosabatlari m a’lum ifodalarda belgilanadi. Masalan,algebradagi
m a te m atik ifodalar: a + b , ab, a 2—a b + b 2 k a b ila r m iq d o riy
m unosabatning formallashtirilgan ko ‘rinishidir.
Formallashtirish usuli m atem atika, fizika, ximiya, m atem atik
m antiq, m uhandislik va texnika sohalarida olib boriladigan
tad q iq o tlard a k o ‘p q o ‘llaniladi. F o rm allash tirish usuli, o ‘z
navbatida, modellashtirish usuli bilan cham barchas bog‘liq.
M odellashtirish usuli — o ‘rganilayotgan obyektga tuzilishi yoki funksiyasiga k o‘ra o ‘xshash sun’iy nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiy obyektning tegishli xossa va xususiyatlarini o ‘rganishdir. Ilmiy bilishda bu usulning vazifasi, odatda, tekshi
rilay o tg an p re d m e t yoki h o d isan i b ev o sita o ‘rg an ish iloji
bo'lm agan paytda uning asliga o ‘xshash, unga mos m oddiy yoki
fikriy nusxasini, y a ’ni m o d elin i yasab, shu m odel asosida
originalni o'rganishdan iboratdir. M odellashtirish usuli o ‘rgani-
layotgan obyektda yuz beradigan jarayonlarni, uning nusxasida
bevosita tadqiq qilish im konini berishi bilan alohida aham iyatga
egadir. Modellashtirish va modelning o'ziga misol qilib biz globusni
olishimiz mumkin.
M odellashtirish ko ‘p bosqichli jarayondir. Uning birinchi
bosqichi modelni qurishdir. Qurilgan m odelning original bilan
mosligini aniqlash, m odellashtirishning ikkinchi bosqichidir.
M odellashtirishning uchinchi bosqichi — model asosida hosil
qilingan bilimni originalga tatbiq qilishdir. M odellashtirishning
oxirgi bosqichi esa, model orqali ega bo ‘lgan yangi bilimning
haqiqatligini aniqlashdir.
Ilmiy bilish jarayonida turli fanlar sohasidagi tadqiqotlarda
har xil m odellar qo'llanadi. 0 ‘z tabiatiga ko‘ra, bu modellarni
ikki gruppaga bo'lish mumkin. Ular: 1)