‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


 ‘rta asr sharqining, xususan, 0 ‘rta Osiyo U yg‘onish



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   295
Falsafa (1)

0 ‘rta asr sharqining, xususan, 0 ‘rta Osiyo U yg‘onish
davrining qomusiy olimlaridan yana biri Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad Beruniy (972—1048-yillar)dir.
Beruniy qadimiy Xorazm ning poytaxti bo'lgan Kot shahrida 
tug‘ilib o ‘sdi va shu yerda bilim oldi. U ona tilidan tashqari arab, 
so‘g‘d, fors, suriyoniy, yunon, qadim iy yahudiy til, keyinroq 
sanskrit va hind tillarini o ‘rgangan. Beruniy o ‘z davridagi deyarli 
hamma ilm sohalarini egallaydi va ularga oid ko‘plab asarlar yozdi. 
Natijada, u o ‘zidan keyingi avlodlarga katta va boy ilmiy meros — 
160 dan ortiq asarlar, tarjimalar, yozishmalar qoldirdi. Beruniy- 
ning bizgacha, yetib kelgan asarlaridan: „Asor al-b o q iy a “ , 
„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar11, ,,H indiston“ , „G eo- 
deziya“ ; „Kitobi Saydana“ , ,,Geografiya“ , „Q onuni M a’sudi“ , 
,,M ineralogiya“ , „Kitobi tavxim “ , „Dorivor o ‘simliklar haqida 
kitob“ va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Uning ,,0 ‘tmish avlod- 
lardan qolgan yodgorliklar11, asarida muallif yozma manbalar, xalq
58


og'zaki ijodi namunalari asosida xorazmliklar, sug‘diylar, eroniylar 
va arablaming Islom dinigacha bo‘lgan e ’tiqodlari to‘g‘risida, ularning 
astronomik, m atem atik va geografik tushunchalari haqida juda 
qimmatli tarixiy m a’lum otlar bergan.
Beruniy ,,H indiston“ asarida H indistonning iqlimi, geografik 
tuzilishi, xalqlari, ularning urf-odatlari, ilm -fani, adabiyoti va 
san’ati, falsafasi, diniy qarashlarini bayon qilib berdi va bu asari 
bilan juda katta shuhrat qozondi.
Beruniy astronomiyaga oid bir-qancha original asarlar yaratib, 
ularda Osmon yoritqichlarining harakatlari ustida olib borgan 
kuzatishlarini bayon qildi va o ‘z o ‘tmishdoshlari Al-Xorazmiy, 
A l-F arg‘oniy qarashlarini rivojlantirdi. Beruniy ,,G eodeziya“ , 
„Kitobi Saydana“ (,,Farm akognoziya“), ,,Geografiya“ asarlarida 
topografiya, farmakognoziya, jug‘rofiya, meteorologiya sohalarida 
olib borgan tadqiqotlarini um um lashtirib, bayon qilib bergan.
Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning 
tabiiy, ilmiy qarashlari bilan bog‘liq ch u q u r ijtim oiy-falsafiy 
mulohazalar, umumlashmalar ham o ‘z ifodasini topgan. U Forobiy 
falsafiy ta ’limotiga asoslanib, Ollohni ham m a narsaning birinchi 
sababi, hamma narsaning yaratuvchisi ekanligini e’tirof qildi. Lekin, 
Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan ham m a narsaning 
rivojlanish va o ‘zgarishi sababini tabiat bilan bog‘laydi. Uning 
ta’limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi. 
Tabiat o ‘zining tabiiy kuchiga ega bo‘lib, shu kuch ta’sirida to'xtovsiz 
harakat, o ‘zgarish, o ‘sish, rivojlanish, vujudga kelish, yemirilish, 
halok bo ‘lish jarayonlari sodir b o ‘ladi.
Beruniy o ‘z falsafiy qarashlarida deizm ga yaqin pozitsiyada 
tu rg an . U m od d iy d u n y o n in g abadiyligi h a q id a g ap irad i. 
Beruniyning fikricha, dastaw al Xudo va boshlang'ich m odda, 
ya’ni materiyadan boshqa hech narsa bo ‘lmagan. Borliq — abadiy, 
u o ‘zgarish va taraqqiyotdadir. M ateriya m uayyanlik libosiga 
burkanadi. Faollik, harakat tam om ila materiyaga tegishli, u ruhni 
modda bilan bog‘laydi va uning turli shakllarga kirishini ko'rsatib 
o ‘tadi.
Beruniy yunon faylasuflari Levkipp va D em okrit qarashlariga 
qo‘shilib, atomistik ta’limotni tan oladi, lekin ulardan farqli o ‘laroq, 
borliqda bo ‘shliqning mavjudligini inkor etadi. U atom lar sifat 
jih a td a n o ‘zgarish xususiyatiga ega, degan fikrni bildiradi. 
Beruniyning nuqtayi nazaricha, m akon va zam on borliqning 
muhim xususiyatlaridir.
59


Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g‘oyalari 
bilan sug‘orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. 
Inson faqat o ‘zi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam 
berishlari kerakligini ta ’kidlaydi. Uningcha, insonlar o ‘rtasidagi 
tafovut ko‘proq tashqi jihatdan mavjud bo ‘lib, ular ichki tuzilishi 
va tashkil topishi jihatdan umumiylikka ega. Lekin, inson maymunga 
o ‘xshasa ham, ular o'rtasida tub farqlar mavjud.
U ,,H indiston“ asarida insonlarning Tillari turlicha ekanligi 
to ‘g‘risida to ‘xtalar ekan: 
,/Ularning turlicha bo ‘lishiga sabab
— odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda
yashashlaridir“
, deydi.
Beruniy m am lakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm -fan 
taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq: „H ar bir olim o ‘z m uhokamasida 
amaliyotga asoslanishi, o ‘z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo‘lishi, 
tinimsiz m ehnat qilishi, xatolarni qidirib tuzatishi, yuzakichilikka 
qarshi kurash olib borishi lo zim “ , deb yozgan edi. Beruniy 
m am lakatda xalqlar d o ‘st, inoq, totuv bo'lib yashashi uchun 
kurashib, insoniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi 
va kishilarni tinchlikka chorlaydi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin