‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


 ‘rta Osiyo xalqlarining 0 ‘rta asrlar davri falsafiy fikrining



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   295
Falsafa (1)

0 ‘rta Osiyo xalqlarining 0 ‘rta asrlar davri falsafiy fikrining
rivojlanishida Abu Nasr ibn Muhammad Al-Forobiy faxrli o‘rin tutadi.
U Sirdaryo bo'yidagi Forob shahrida, turk lashkarboshisi 
oilasida tug‘iladi va dastlabki bilimini Shosh, Samarqand va Buxoroda 
oladi. So‘ngra, Forobiy o‘z bilimini davom ettirish uchun Bag‘dodga 
boradi. Natijada, o ‘z davrining yirik olimi va buyuk faylasufi bo ‘lib 
yetishdi. Forobiy Bag‘dodda yashab, ijod qilgan, umrining so‘nggi 
yillarini Xalab va Damashqda o ‘tkazib, shu yerda vafot etadi.
Al-Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan bo ‘lib, bizga ularning 
bir qism igina yetib kelgan. 
Al-Forobiy asarlarini ularning
mazmunlariga qarab, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Falsafaning um um iy masalalariga oid asarlar: „Substansiya 
haqida so‘z“ , „M asalalar m anbayi“ , „Q onunlar haqida kitob“ va 
shu kabilar.
2. Inson bilimining tabiatiga doir asarlar: „Yoshlarning aqli 
haqida kitob“ , „K attalarning aqli haqida so‘z“ , „M antiq haqida 
katta qisqartma kitob“ , „Isbot kitobi“ , „Sillogizm shartlari kitobi“ 
va shu kabilar.
3. Falsafa va tabiatshunoslik fanlari tasnifi, m azm uni va 
mundarijasi haqidagi asarlar: „Ilm larning kelib chiqishi va ta ’rifi 
haqida kitob“ , «„Falsafa“ tushunchasining m a’nosi haqida so‘z», 
„Falsafani o ‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob“ , 
„Falsafaga izohlar“ va boshqalar.
56


4. Moddaning miqdori, hajmi va fazoviy jarayonlami o ‘rganishga 
oid asarlar: „ 
Hajm va miqdor haqida s o ‘z“, „Fazo geometriyasiga
kirish haqida qisqartma kitob“ 
va boshqalar.
5. M odda xossalari va turlari, hayvon va inson organizmining 
xususiyatlarini o ‘rganuvchi asarlar: „ 
Fizik a usullari haqida kitob“,
„Hayvon a ’zolari haqida so ‘z “, „Inson a ’zolari haqida risola“ 
va 
shu kabilar.
6. Tilshunoslik, she’riyat, notiqlik va xattotlik haqidagi asarlar: 
„S h e ’r va qofiyalar haqida so ‘z “ , „R itorika haqida k ito b “ , 
,,Lug‘atlar haqida kitob“ , „Xattotlik haqida kitob“ va boshqalar.
7. Ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish, axloq, huquq 
va tarbiyaga oid asarlar: „Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida 
risola“ , „Shaharni boshqarish11, „Urush va tinch turm ush haqida 
kitob“ , „ Fazilatli xalqlar“ , „Fozil shahar aholisi“ va boshqalar.
Forobiyning falsafiy qarashlari asosini, dunyoning tuzilishi 
haqidagi panteistik ta ’limoti tashkil qiladi. Bu taiim o tg a ko‘ra, 
butun mavjudod, borliq, emanatsiya asosida yagona boshlang‘ichdan 
bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Bu 6 bosqichdan iborat b o iib , 
ular o ‘zaro sababiyat orqali bogiangan.
Forobiy inson, uning bilishi, ilm -fan va aql haqida ham 
o ‘zining falsafiy qarashlarini ilgari surgan. G archi u insonni „aqlli 
hayvon“ desa ham, aqlli inson haqida shunday deb yozadi: 
,Aqlli
deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, о ‘tkir mulohazali,
fo yd a li ishlarga berilgan, zarur narsalarni ixtiro etishda z o ‘r
iste ’dodga ega, yomon ishlardan о ‘zini chetga olib yuradilar. Bunday
kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni о ‘у lab topish uchun zehn,
idrokka ega b o ‘lganlarni aqlli deb bo'lm aydi, ularni ayyor,
muttaham, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim
Forobiy, borliqni inson bila olishini qayd qilib, insonning 
bilishini, uning ruhiy qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, 
barcha ruhiy ,,quw atlar“ , jum ladan bilish qobiliyati ham unga 
bogiiq, deydi. U o ‘zining „Ilm va san’atning fazilatlari“ risolasida 
insonning tabiatni bilishi cheksizligini, bilim bilmaslikdan — bilishga, 
sababiyatni bilishdan — oqibatni bilishga, aksidensiyalardan, ya’ni 
sifatlardan — substansiyani, m ohiyatni bilishga qarab, ilmning 
borgan sari chuqurlashib borishini aytadi. Forobiy inson bilish 
jarayonini ikki bosqichga b o iib , bu bosqichlarning o ‘zaro bo g iiq - 
ligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida 
ta ’kidlaydi.
57


Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham muhim ahamiyatga 
ega. U o 'rta asrlarda birinchi bo ‘lib, jam iyatning kelib chiqishi, 
uning maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Forobiyning 
bu ta ’limoti uning „Fozil shahar aholisining maslagi“ , „Davlat 
arbobining hikm atlari“ , „Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida 
risola“ asarlarida o ‘zining ifodasini topgan.
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat 
kamolotga erishuvining muhim vositasi deb hisoblaydi. U insonlami 
o'zaro hamkorlikka, xalqlarni o ‘zaro d o ‘stlikka, tinchlikka cha- 
qirib, dunyoda yagona insonlar jam iyatini tuzishni, inson qadr- 
qimmatini kamsituvchi jam iyatni qoralab, inson qadr-qim m atini 
ulug'lovchi jam iyatni orzu qiladi. U o ‘zining „Baxt-saodatga 
erishuv yo‘llari haqida risola“ asarida: „davlatning vazifasi — 
insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq 
yordamida qo‘lga kiritiladi“ , deb yozadi.
Forobiy o ‘z falsafiy qarashlarida insonni ulug‘lab: „odam larni 
birlashtirib turuvchi ibtido — insoniylikdir, shu tufayli odam lar 
odamzod turkumiga oid b o ‘lganligi uchun ham o ‘zaro tinchlikda 
yashamoqlari lozim “ , deb ko ‘rsatgan edi.
Xullas, Forobiy falsafiy qarashlariga yakun yasab, shuni qayd 
qilish lozimki, uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari o ‘zidan 
keyingi mutafakkirlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 
ibn Sino qarashlarining shakllanishi va rivojlanishida m uhim rol 
o ‘ynadi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin