IX—XII asrlar musulmon sharqi, xususan 0 ‘rta Osiyo xalqlari tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarining rivojiga o ‘zining buyuk hissasini qo‘shgan qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Abdulloh ibn Sino (980— 1037-yillar)dir. Abu Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilib,
so‘ng Buxoroda o ‘qib ulg‘aydi. Bu yerda u turli ustozlardan ta ’lim
olib, o ‘z davri ilmlari: m atem atika, mantiq, astronomiya, huquq-
shunoslik, fizika, kimyo, falsafa kabi dunyoviy ilmlarni chuqur
o'rgandi. Ayniqsa, u tibbiyot ilmini katta qiziqish bilan egallaydi.
Tabobat saboqlari unga shu qadar kuchli ta ’sir qiladiki, 16 yoshga
kirganda bu soha ilmlarini nazariy o ‘zlashtirish bilan cheklanmay,
balki amaliy tibbiyot bilan shug‘ullanib, tabiblik ham qila boshlaydi.
Abu Ali ibn Sino 18 yoshga to ‘lganda juda ko‘p ilm sohalarini
egallagan va bu sohalarga oid asarlar yarata boshlagan.
Abu Ali ibn Sino o ‘z davrining barcha ilg‘or ta ’limotlarini,
xususan: qadimgi Hind, Yunon, Turon, nihoyat o ‘rta asr arab
uyg‘onish davri, 0 ‘rta Osiyo ilmiy merosi bilan chuqur tanishib,
ularni o ‘z dunyoqarashi asosida umumlashtirgan. U o'zidan oldin
o ‘tgan Sharq olim lari A l-X orazm iy, A l-K indiy, A r-R oziy,
Forobiy asarlari bilan birga, qadimgi yunon olimlari: G alen,
G ippokrat, Evklid, Arximed, Pifagor, Porfiriy, Platon, Aristotel
60
asarlarini ham chuqur o ‘rganadi. Ayniqsa, Forobiyning asarlari, uning falsafiy va ijtimoiy qarashlariga katta ta’sir ko'rsatdi. Natijada, Abu Ali ibn Sino tibbiyot, falsafa, qator tabiiy-ilmiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohalarida falsafiy mazmundagi ко‘plab asarlar muallifi, mashhur qomusiy olim bo‘lib yetishdi. U 450 dan ortiq asarlar yozgan. Lekin, bizga ulardan faqat