‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al-



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295
Falsafa (1)

Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al-
G ‘azzoliydir 
(1058— 1111-yillar). G ‘azzoliy m ash h u r islom
ilohiyotchisi, Kalom falsafasining yirik vakilidir.
4 Falsafa
49


Abu H am id G ‘azzoliy islomiy ilm larning turli sohalarini 
dunyoviy ilmlarga q o ‘shib chuqur egallaydi. U nim ani o ‘rgansa, 
shu sohani to'ldirishga, rivojlantirishga harakat qilib, har bir 
o ‘rgangan narsasini islom tarozisiga qo‘yib, o ‘lchab ko‘rish asosida 
baholashga harakat qiladi. Oqibatda, islomning turli sohalariga oid 
yuzdan ortiq asarlar yaratadi. U fikx ilmiga oid ,,Bosit“ , ,,Vajid“ va 
,,Kosit“ , ,,K alom “ ta ’limotiga doir „Tavxid ul A ’qoid“ , ,,Ar- 
Risolat-ul-Qudsiya“ , ,,Al-iqtisod-u fil-e’tiqod“ , ,,Ijm oi-ul-Awom
an Ilm -ul-K alom “ kabi asarlarni yozgan.
G ‘azzoliyni jahonga m ashhur qilgan va dunyo tan olgan 
faylasuflar qatoriga qo‘shgan asarlari — m u’tazilachilar, botiniylar 
(ular ko‘proq aqlga tayanganlar)ning yo‘ldan ozganini asoslashga 
va islomni zaiflashtirishlariga qarshi yozgan „Fadoix al-Botiniya“ , 
,,A l-Q ism oi-al-M ustaqim “ , ,,H ujjatul-H aq“ , ,,M ufasiul-X ilof‘ 
va ,,Ad-Diras al-M arqum “ nomli kitoblaridir.
Abu H am id G ‘azzoliy jah o n faylasuflari, xususan, yunon 
faylasuflari asarlari bilan ham tanishib chiqqan. U Forobiy va Ibn 
Sinolarning Platon va Arastuning falsafasi ta ’sirida qolganliklarini, 
ularga ergashganliklarini tan q id qilib, ,,T axofut-ul-falosifa“ 
(„Faylasuflarga qarshi“) asarini yozgan. Bu asarida u Islomni, 
Q ur’onni insoniyatning aqliy bilimlari mezonlari bilan o'lchab 
b o ‘lmasligini ta ’kidlaydi. Insoniyatning aqliy bilimlarini Q ur’on 
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish lozimligiga e’tibomi qaratadi. Agar 
shunday qilinmasa, Islomni yanglish tushunish davom etaveradi
biz buning oldini olishimiz kerak, deydi u.
G 'azzoliy o ‘z ta ’lim otida Islom falsafasi nuqtayi nazaridan 
kelib chiqib, kishilar haqiqatni tanish uchun aw al Ollohni tanishi 
kerakligini, aks holda ular his-tuyg‘uda ham, aqliy bilimlarda ham 
adashishlari m um kin, deydi. Xullas, G ‘azzoliy o ‘zining asarlarida 
islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqib, uni falsafiy jihatdan asoslab 
beradi. U islomning eng yirik nazariyotchisi hisoblanadi.
G 'azzoliy islom ilohiyotiga oid falsafiy qarashlariga qarshi 
chiqqan faylasuf — 
Ibn Rushddir 
(1126—1198-yillar).
Ibn Rushd A rastuning falsafiy qarashlarini davom ettirdi 
va, shu asosda, o ‘ziga xos falsafiy tizimni yaratdi. U o ‘z qarashlarida 
X udoning mavjudligini e ’tiro f etsa-da, dunyoni X udo yarat- 
magan, uning ibtidosi ham , intihosi ham yo‘q, deydi. Uning 
fikricha, m ateriya benihoyat abadiy va azaliy b o ‘lib, m oddiy 
dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, Xudo ham shu zaruriyatga 
bo ‘ysunadi.
50



Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin