Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Kuzatish. Ob’ektiv kuzatish usulining vazifasi insonning tashqi muhitda namoyon bo‘ladigan va uning shaxsiga oid o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlovchi ichki psixik holatini va xatti- harakatlarini ilmiy tomondan tushuntirib berishdan iboratdir. Kuzatish faqatgina tashqi ko‘rinishlarni tavsiflash, fakt va dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasligi kerak. U daliliy materiallar asosida muayyan voqea-hodisa va faktlarning psixologik jihatdan ochib berilishiga ko‘maklashmog‘i lozim. Kuzatish usuliga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni qayd etish mumkin:

  1. O’rganilayotgan voqea-hodisa tabiiy shart-sharoitlarda, ularning tabiiy oqimiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmagan holda kuzatiladi. Kuzatish faktining o‘zi o‘rganilayotgan hodisaga xalal bermasligi lozim (kuzatish joyini tanlash);

  2. Kuzatish yo‘li bilan ma’lumotlarni to‘plash tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda oldindan tuzilgan reja yoki dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu — kuzatishga, maqsadga yo‘naltirilganlik xususiyatini baxsh etadi;

  3. Kuzatish bir marotaba emas. balki muntazam ravishda va turli sharoitlarda olib boriladi. Kuzatishlar soni va kuzatuv ostiga olingan shaxslar miqdori sezilarli natijalar olish uchun yetarli bo‘lishi zarur;

  4. Kuzatishni amalga oshirish jarayonida kuzatilayotgan asosiy voqea-hodisaga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ko‘plab holatlarni hisobga olish kerak: sport mashg‘uloti olib borilayotgan joydagi tashqi shart-sharoitlar (bino, ochiq maydon, ob-havo sharoitlari), sinovga jalb etilganlarning tarkibi (ularning jinsi, yoshi, sport tayyorgarligi darajasi va hokazolar);

  5. Kuzatishlarning natijalarini aniq qayd etish zarur. Ushbu maqsadlarda kuzatish bayonnomasi yuritilib, unda ob’ektiv ko‘rsatkichlarto‘la-to‘kis va batafsil ifodalanishi kerak. (bunda asosiy faktlar bilan birga yondosh faktlar ham qayd etib borilishi shart);

  6. Faktlarni obyektiv tarzda qayd etib borish yangi gipoteza

  • farazlarni shakllantirishga o‘tib, bu farazlar keyingi kuzatishlar jarayonida tekshirilishi, aniqlashtirilishi yoki yangilari bilan almashtirib borilishi darkor. Boshqacha qilib aytganda, kuzatishlar davomida sportchining amaldagi xatti-harakatlarini shunchaki tavsiflab qolmasdan, balki uning ichki psixologik holatini ham tushuntirib berish lozim;

  1. Ushbu usulning qo‘llanilishi jarayonida aksariyat hollarda kuzatilayotganvoqea-hodisalarniqaydetishshakllarinio‘zgartirishdan foydalaniladi. Bunda turli-tuman uskuna va jihozlar, videokamera, diktofon va shu kabilar qoilaniladi. Obyektiv kuzatish usulining eng muhim fazilati shundaki, u shaxsni uning faoliyati jarayonida va tabiiy sharoitlarda o'rganish imkoniyatini beradi. Biroq, inson shaxsi kabi subyektni o‘rganishning o‘ta murakkabligidan kelib chiqib, obyektiv kuzatish albatta boshqa tadqiqot usullari bilan to‘ldirilishi kerak. Bundan tashqari, kuzatishlarni bir paytning o‘zida bir-biriga bog‘liq bo'lmagan bir necha mutaxassislar tomonidan o'tkazish, so‘ngra ularning ma’lumotlarini qiyoslash ham maqsadga muvofiqdir. Kuzatishning bu turi ekspert baholash usuli deb ataladi. Mustaqil tavsifnomalarni umumlashtirish deb nomlanuvchi usul ham yaxshi natijalarni beradi. Ushbu usul shaxsni turli faoliyatlar jarayonida (sport, o‘quv, ishlab chiqarish) kuzatish oqibatida olingan natijalarni taqqoslash imkoniyatini beradi.

Eksperiment. Ushbu tadqiqot usulining asosiy vazifasi shundan iboratki, u sinov ostidagi shaxsning eng xarakterli jihatlarini ob’ektiv kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Eksperiment tadqiqoti uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. Tadqiqotchi o'zini qiziqtirgan voqea-hodisaning kelib chiqishi uchun sun’iy sharoit yaratadi. Tajriba o‘tkazuvchi o‘zi kutayotgan voqea-hodisa qayerda va qachon yuz berishini kutmaydi va bilmaydi ham. Ammo o‘zi bu hodisani unga kerak paytida yuzaga keltiradi;

  2. Voqea-hodisani nisbatan xolis tarzda kuzatish imkoniyatini beruvchi maxsus tajriba sharoiti yaratiladi. Bunda oddiy kuzatish uslubida uchrab turadigan va voqea-hodisalar o'rtasidagi mavjud aloqalarni o‘rganishga halaqit beruvchi tasodifiy omillarning ta’sirini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi;

  3. O’rganilayotgan voqea-hodisa tadqiqotchi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha takrorlanadi. Ayni shu jihatiga ko'ra eksperiment oddiy kuzatish uslubidan afzalroqdir;

  4. O’rganilayotgan voqea-hodisa atrofida kechayotgan shart- sharoitlar qonuniyatlar asosida o‘zgaradi. Bu ham eksperimentni eng muhim jihatlaridan biridir. Mazkur voqea-hodisaning shart- sharoitlarini o‘zgartirish orqaligina eksperiment o‘tkazuvchi uning mohiyatiga kirib borishi, uning rivojlanishi va amal qilishi qonuniyatlarini tushunishi, uning boshqa voqea-hodisalar bilan aloqadorligini aniqlashi mumkin bo'ladi;

  5. Odatda eksperiment usuli maxsus uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. Bu esa o‘rganilayotgan voqea-hodisaning son jihatidan tavsifini olish va olingan natijalarni statistik hisoblash imkoniyatini beradi. Psixologik tajribaning ikki shakli mavjud: laboratoriya va tabiiy.

Laboratoriya eksperimenti birinchidan shunisi bilan ajralib turadiki, u alohida maxsus tayyorlangan sharoitlarda, ba’zida esa maxsus o‘lchov yoki qayd etish asbob-uskunalarini qo'llash vositasida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, bunda sinovga jalb etilganlar laboratoriyaga psixologik tajribada ishtirok etish uchun taklif etilganliklarini biladilar va bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Ularning xatti-harakatlari aniq ishlab chiqilgan maxsus yo‘riqnoma bilan boshqariladi.
Laboratoriya eksperimenti psixologik tadqiqotlarning o‘ta afzal usullaridan biridir. U psixologiyada vujudga keladigan qonuniyatlarning odatda ularni boshqa biror-bir yo‘l bilan aniqlash mumkin bolmagan nozik jihatlarini ochib berishga imkoniyat beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin