Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


J Psixodiagnostika atamasi 1921 yilda G.Rorshax tomonidan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

J Psixodiagnostika atamasi 1921 yilda G.Rorshax tomonidan V fanga kiritilgan bo'lib, mazkur atama shu paytdan boshlab
mustaqil fan sifatida amal qilib kelmoqda. ^

  • faoliyatdagi sportchi shaxsining ommaviy psixologik tadqiqotlari. Bunday tadqiqotlarning maqsadi sportchiga turli sport turlari yoki sport mashg‘ulotlari tomonidan qo‘yiladigan maxsus talablarni izohlovchi qiyosiy ma’lumotlarni olishdan iboratdir;

) Psixodiagnostika belgilari bo'yicha ko'plab korsatmalami o'rta ^ asrlarda yashab o'tgan Buyuk Sharq allomalari Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon al Beruniy, hamda Ibn Rushdning ilmiy ishlarida ko'rish mumkin ^

  • diagnostika xarakteriga ega tadqiqotlar. Ushbu tadqiqotlar o‘z oldiga sport natijalarini prognozlashtirish maqsadida sportchining u yoki bu funksiyalarining rivojlanish darajasini aniqlashni vazifa qilib qo‘yadi.

Sport murabbiylari faoliyatida, ayniqsa yuqori natijali sportda, diagnostika xarakteriga ega tadqiqotlar nihoyatda katta etiborga molikdir. Xo‘sh, psixologik diagnostika deyilganda nima tushuniladi?
Psixologik diagnostika deyilganda tadqiqotchiga ma’lum bo‘lgan hamda biror bir individ ya’ni alohida shaxs yoki guruhni tavsiflovchi psixologik komponentlarni baholash uchun zarur bo'ladigan tajribaviy usullarning maxsus yo‘naltirilishi tushuniladi.
Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, diagnostikaning eng muhim jihati, unda tadqiqotchi ma’lum psixik voqea - hodisalarni tadqiq etadi. Bunda mazkur psixik jarayonlarning oldindan belgilangan omillar ta’siri ostida variatsiyalarga uchrashi, ya’ni o‘zgarishi aniqlanadi: individual farqlari, qiyinchiliklarga moslashuvchanligi, musobaqaviy shart-sharoitlar va hokazolar.
Oliy natijalar sportida psixodiagnostika sportchi shaxsiga xos xususiyatlarni, psixik jarayonlar darajasini, mashg‘ulotlarning va musobaqalarning psixik holatini, shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni baholashga yo‘naltiriladi. Diagnostika natijasida xulosalar beriladi. Masalan, bu xulosalar sport jamoasiga olish, mashg‘ulotlar jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish, texnik - taktik tayyorgarlikni individuallashtirish, musobaqadagi xatti-harakatlar strategiyasi va taktikasini tanlash, psixik holatlarni rag'batlantirish to‘g‘risida bo'lishi mumkin.
Psixodiagnostika tamoyillari. Tadqiqotchi psixodiagnostika vosita va usullarini tanlashda quyidagi tamoyillardan kelib chiqishi lozim:
Obyektivlik (xolislik) tamoyili. Bunda psixik hodisalarni ular hayotda qanday bo'lsa shundayligicha o‘rganish tushuniladi. Ushbu diagnostikalar tajriba o‘tkazuvchining xohishiga yoki imkoniyatlariga ko‘ra emas, balki yuz bergan hodisaning ob’ektiv xususiyatlariga bog‘liq ravishda tahlil qilinishi kerak.
Komplekslik tamoyili. Bunda turli usullar kompleksini qollash yoki alohida jarayonlar va holatlar o'rtasidagi aloqadorlikni aniqlash imkoniyatini beruvchi turli sharoitlarda tajribaviy ko‘rsatkichlarni takrorlash tushuniladi.
Dinamiklik tamoyili. Har qanday psixik voqea-hodisa uning nafaqat ayni paytdagi holati, xususiyatlari bo'yicha, balki uning istiqboldagi rivojlanishini ham nazarda tutgan holda, ob’ektiv rivojlanish jarayonida o'rganilishi kerak.
Tahliliy-sintetik o‘rganish tamoyili
Ushbu tamoyil shunday o‘ziga xos bir uslubiy yondoshuvni talab qiladiki, unda bir tomondan psixikaning alohida unsurlari ajratib ko‘rsatilsa, ikkinchi tomondan esa shaxsning yoki muayyan psixik holatning yaxlit tavsifi beriladi.
Diagnostikaning yuqorida tilga olingan barcha tamoyillari uslublarni tanlashga va diagnostikani tashkil etishga nisbatan o'zining aniq talablariga egadir. Tanlangan uslublar validligi, ishonchliligiga ega bo‘lishi kerak, hamda prognostik qiymati va differensiyalovchi kuchi bilan ajralib turmog‘i lozim.
Validlik — bir tomondan psixologik tajriba natijalarining, ikkinchi tomondan esa sinovga jalb etilgan shaxsning xatti-harakatlari va faoliyati turlari, shakllari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi.
U psixologik tajribaning qanchalar haqqoniy ekanligini o‘zida ifodalaydi.
Ishonchlilik - o‘rganilayotgan guruh ichida sinovga jalb etilgan shaxsning doimiy joyini (uning tabaqasini) belgilab beradi. Testnng ishonchliligini sinovga jalb etilgan shaxsning ikkita ko‘rsatkichini, juft va toq topshiriqlarni qiyoslash orqali aniqlash yoki ikkita tajribani, yo bo‘lmasa bir necha tajriba variantlarini o‘zaro qiyoslash orqali aniqlash mumkin. Bunda 0.8 — 0.9 tartibidagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari testning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
Testning prognostik qiymati muvafaqiyatga erishish darajasini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatlarini ifodalaydi. Prognostik baholar kishilarni bir biriga taqqoslash, masalan, muayyan bir sport turi bo'yicha “ideal” sportchini maxsus sinovlar ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash orqali ham olinishi mumkin. Prognostik baholarni sinovga jalb etilgan shaxsning xususiy jihatlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan kishidan so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ham olish mumkin. Agar yuqori malakali basketbolchi — mergan, ko‘zo‘lchov testlar jarayonida o'ta aniq mo‘ljalga olish natijasini ko'rsatsa, bu ham qo'llanilayotgan testning prognostik qiymati haqida fikr bildirish imkoniyatini beradi.
Uslublarning differensiyalovchi kuchi
(Tomas va boshqalar) uning sinovga jalb etilganlar orasidagi farqlarni qanchalar ko‘p topa olishi bilan belgilanadi. Bitta test o'tkazish orqali faqat ikkita bahoni qayd etish mumkin ya’ni: “bajardi- bajarmadi” yoxud “ha-yo‘q”. Bunday testning farqlovchi kuchi albatta kam. Ammo alohida sportchilarning natijalari bir-biridan soniyaning yuzdan — bir ulushiga teng aniqlikda farqlanadigan sinovlarda tabaqalashtirishning imkoniyatlari nihoyatda kattadir. Masalan soniyaning mingdan bir ulushlari bilan o‘lchovchi reaksiomer soniyaning yuzdan bir ulushlari bilan o‘lchovchi reaksiomerga nisbatan kattaroq tabaqalashtiruvchi kuchni beradi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda har bir sinovga jalb etilgan shaxs tadqiqotning mustaqil ob’ekti bo‘lgan hollarda bunday farq va tafovutlar maksimal darajada sezilarli va katta bo'ladi.
Psixodiagnostikaning oldiga qo‘yilgan maqsadlar uchun nafaqat individual shaxsiy hamda guruhga oid ma’lumotlarni aniqlash zarur, balki ayni paytda oralig‘ida individual ma’lumotlar qaror topgan chegaralarni ham aniqlash kerak bo‘ladi (Yu.Ya.Kiselev, 1968y.). Ushbu muallif tomonidan yuqori malakali kurashchilarning tanlov reaksiyasi vaqti 180-250 sigma oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan. Bu vaqt ichida sportchi o‘z raqibining hujumini oldindan ilg'ay olishi va unga qarshi harakat qilishga ulgurishi lozim. Eng oliy natijalarga erishgan sportchigina reaksiya tezligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishi mumkin. Agar sportchining ko‘rsatkichlari quyi bosqichdan pastroq boisa, u holda sportchi o‘z organizmining boshqa fazilatlari hisobiga, masalan nihoyatda katta kuchi evaziga muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishiga umid qilishi mumkin.
Bugungi kunda yuqori natijali sportda qo‘llanilayotgan diagnostikaning ko'plab uslublarini shartli ravishda quyidagi tarzda sistemalashtirish ya’ni tizimlashtirish mumkin:

  • yo‘nalishiga ko‘ra (shaxs xususiyatlarini, psixik jarayonlarni, holatlarni shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun);

  • texnik amallariga ko‘ra (intervyu ko'rinishidagi, “qog'ozli” testlar, asbobli uslublar, harakat — “motor”li testlar);

  • qo‘llanilish imkoniyatlariga ko‘ra (tog‘ va dala sharoitlarida

  • stadionlarda, suv havzasida qo‘llanilishi mumkin boigan uslublar hamda faqat laboratoriya sharoitlarida qoilanilishi mumkin bo‘lgan uslublar);

  • o‘ziga xoslik darajasiga ko'ra (spetsifik bo'lmagan, ya’ni ixtisoslashmagan, yarim ixtisoslashgan va ixtisoslashgan).


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin