Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə42/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

xususiyatlari
Murabbiy—sportchi” munosabatlarini shakllantiruvchi omil­lar:

  • Faoliyat vazifalari;

  • Qadriyatlar tizimi va murabbiy ehtiyojlari;

  • Murabbiy va sportchilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari.

Albatta, murabbiy muayyan sport turi talablariga javob beradigan o‘quvchilarni tanlab olishi lozim. U amalda murabbiyning barcha konsepsiyalari va fikrlarini, rejalari hamda orzu-umidlarini ro‘yobga chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, uning jamiyatda yanada yuqoriroq maqomga erishish borasidagi o‘z ehtiyojlarini qondirishiga yordam bera oladigan o‘quvchilarni tanlab oladi. Murabbiyning o‘z o‘quvchilarini idrok qilishi shakliga ta’sir quluvchi omillar quyidagilardan iborat: jinsi, yoshi, ularning sport mahorati darajasi va hokazolar.
Ushbu muammoni shuningdek sportchining o‘z murabbiysiga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqish lozim. Bunday munosabatlarning asosiy jihatlaridan biri sportchining yoshi hisoblanadi.
Darhaqiqat, psixologlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportda endigina ilk qadamni tashlayotgan o‘spirin uchun, uning murabbiysi professional jihatdan qay darajada bilimdon ekanligini baholash juda mushkuldir. Bunday hollarda sportchi o‘z murabbiysiga birinchi navbatda shaxs sifatida baho beradi, binobarin u quyidagilarni yaxshi tushunadi: uning murabbiysi mehribonmi yoki qattiqqo'lmi, u bolalarni yaxshi ko'radimi, u hazil qilishi mumkinmi yoki doimo jiddiymi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladimi va hokazolar.
Keyinchalik sportchilarning o‘z murabbiylariga nisbatan munosabatlariga ularning ehtiyojlari, motivlari, yo'nalishlari hamda mashg‘ulotlar jarayonida murabbiylar tomonidan shakllantiriladigan omillar—qadriyatlar tizimi ta’sir ko‘rsatadi. Demak, keyingi bosqichlarda o'quvchilarning o‘z murabbiylariga nisbatan munosabatlari bevosita murabbiyning o‘ziga va uning faoliyatiga bog'liq bo‘lib qoladi.
Sportchilarning murabbiylariga munosabatlari ni belgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri sifatida ularning murabbiylari o‘zlariga qanday munosabatda bo‘lishi to'g‘risidagi tasavvurlarini tilga olish mumkin. Murabbiylardan farqli o‘larok, sportchilarga har qanday holatda ham murabbiylarini ustun qo‘yish xususiyati xosdir. Odatda murabbiy o‘z o‘quvchilarini haqiqiy baholashi, murabbiylarini ularga bo‘lgan munosabati haqidagi fikriga to‘g‘ri kelavermaydi. Sportchilarning murabbiylarga nisbatan munosabatini, ularning muayyan murabbiy bilan mashg‘ulot olib borish tajribasiga bog‘liq ravishda tahlil qilish jarayonida shu narsa aniq bo‘ldiki, sporchilarning ilk murabbiylariga nisbatan munosabatlari uzoq yillar davomida o‘zgarmasdan qolaverar ekan.
Sportchilarning murabbiylariga nisbatan munosabati mashg‘ulotlarning birinchi yilida shakllanadi va uzoq yillar o‘zgarmasdan qoladi.
Faqat bunda istisno tariqasida, yuqori natijalarni qo‘lga kirita olmagan sportchilarni tilga olish mumkin, zero ular o‘zlarining muvaffaqiyatga erisha olmaganliklariga sabab — o‘z murabbiylarining professional malakasi past darajada ekanligi, deb hisoblaydilar. Biroq amaliyotda shunday hodisalar uchraydiki, birinchi razryadli sportchi sport ustasi normativlarini bajargach, o‘z murabbiysiga nisbatan salbiy munosabatini o‘zgartirib, uni mutaxassis sifatida yuqori baholay boshlaydi.
Shunday qilib, sportchilarning murabbiyga nisbatan munosabatlarini belgilab beruvchi eng muhim va bosh omil sifatida murabbiyning o‘z o'quvchilarining sportdagi ehtiyojlarini qondirishlari uchun barcha sharoitlarni yarata olish qobilyatini tilga olish lozim bo‘ladi.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sportchilar uchun “murabbiy—sportchi” munosabatlari tizimidagi eng salbiy va og‘ir hodisa (70% hollarda bu qayd etilgan) bu bir murabbiydan ikkinchi murabbiyga o‘tish jarayonidir, garchi bu sport ixtisosligining darajasi ko'tarilishi bilan bog‘liq bo‘lsa-da (o‘smirlar jamoasidan kattalar jamoasiga o‘tish va hokazo).

  1. Murabbiy faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlar

Yuqori darajada ishlayotgan murabbiy faoliyatini baholash juda murakkab jarayondir. Zero, uning faoliyat “mahsuloti” busportchidir, sportchining erishadigan natijalari nafaqat murabbiyning o‘zigagina bog‘liq, balki bir qancha unga bog‘liq bo‘lmagan omillarning majmuasiga ham bog‘liqdir (sportchining imkoniyatlari, tayyorgarlik sharoitlari, an’analar, murabbiy ish olib borayotgan ijtimoiy muhit).
Albatta, murabbiy faoliyatining ilmiy jihatdan baholanishini uning natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillardan mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin emas. Ushbu mavzuda murabbiyning psixologiyasi ko‘rib o‘tilayotganligi munosabati tufayli, uni turli kesimlarga ajratish va bu jarayonda murabbiyning asosiy sifatlarini aniqlashtirish hamda uning ishiga baho berish lozim bo'ladi.
Boshqa ko‘plab sabablardan tashqari, murabbiy faoliyatining natijasi asosan ikkita omilga, ya’ni uning professionallik darajasiga hamda shaxsiy fazilatlariga bog'liq bo‘ladi.
Rumin psixologi Mariya Sherbanning ta’kidlashicha, yuqorida tilga olingan murabbiy ishining bahosini belgilab beruvchi omillar- ning asosan to'rtta varianti kuzatiladi. Bu yerda faqat murabbiyning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamda uning tomonidan anglangan omillargina ko‘rsatiladi. Ushbu variantlarga asoslangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, garchi uni bevosita sport maydonchasidan topish nihoyatda mushkul bo‘lsa - da murabbiy modeli qandaydir mavhum tushunchani ifodalamaydi.
A variantda murabbiy faoliyatida uning professional va shaxsiy fazilatlari ideal tarzda muvofiq kelishi sxemasi ifodalangan.
Ko‘rsatilgan 2 omil (professional rol, insoniy xarakter) orasida optimal darajadagi tenglik mavjuddir va ushbu tenglik. ularning bir- biriga ta’sir ko‘rsatishiga hamda bir-birlarinitaqozo etish igaimkoniyat beradi. Shunday qilib, murabbiyning professional qobiliyatlari hamda sport jamoasi bilan aniq va puxta o‘zaro munosabatlari uning sifat jihatlarining yuqori ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Bunday variantni qog'ozda tasavvur qiiish mumkin, biroq unga amaliyotda erishish juda murakkabdir. Ammo, bir qator yo‘ldosh omillar ham borki, ular qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatishi va tilga olingan muvozanatni buzishi mumkin.
Murabbiyning professional rolini ko‘rsatuvchi ideal variant bilan bir qatorda professional imkoniyatlarning boshqa variantlari ham mavjuddir. Endi boshqa variantlarning ichki mazmunini ko‘rib chiqamiz (4, 5, 6 — rasmlar).


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin