Avtokratik boshqaruv ish uslubi I; murabbiyning yolg‘iz o‘zi tomonidan ■ boshqarilishini anglatadi, ya’ni barcha
qarorlarni qabul qilish faqat murabbiy -Ч-zimmasida bo'ladi. Avtokratik boshqaruv uslubida rahbarlik qiluvchi barcha лгir murabbiylarning ta’siri asosan buyruqlar,
/К УЧ A. ultimatum shaklidagi talabiar, farmoyishlar "ww 4A tarzida bo'ladi. д g q £) O’z qo‘l ostjda shug'ullanayotganlarga nisbatan ularning munosabatlari
mashg‘ulot ishtirokchilarining mustaqilligi, tashabbuskorligini bosib turish asosida quriladi. Bunday murabbiy temir intizomni hamda o‘z qo‘l ostidagilarining so‘zsiz itoat qiiish- larini xohlaydi. Berilgan vazifa va topshiriqlarni muhokama etilishiga yo‘1 qo‘ymaydi. Guruhning fikr-mulohazalari va takliflarini deyarli eshitmaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday murabbiylarning faoliyatida ham ayrim ijobiy jihatlar mavjud boiib, ayniqsa ularning sport mashg'ulotlari asoslarini yaxshi bilishida hamda ularning tashkilotchilik qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi. Ular butun guruhni muntazam ravishda nazorat ostida tutib turadilar. Barcha xatolarni va kamchiliklarni, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz xatti-harakatlarni birdek ko‘rib-bilib turadilar. Shu sababli ham ular jamoada shaxs sifatida emas, balki asosan ishbilarmonlik obro‘siga ega bo'ladilar. Bunday murabbiylar qo‘l ostidagi sportchilarning o‘zaro ish yuzasidan munosabatlarini risoladagidek tashkil etgan holda ularning shaxsiy munosabatlariga yetarli e’tibor qaratmaydilar. O’z qo‘l ostidagilari bilan munosabatda asosan savol berish va ular fikriga e’tiroz bildirish bilan cheklanadilar. Ba’zan ularning murojaatlari, tanbeh va dashnomlarining mavjud vaziyatlarda mutlaqo o‘rinsizligi ham kuzatiladi. Direktiv boshqaruv uslubida ish yurituvchi murabbiylar odatda o‘zining har qanday taklifiga rozi bo'laveradigan sportchilarga alohida hurmat va xayrixohlik bilan qaraydi. Shu sababli ular boshqaradigan jamoalarda odatda o'ziga xos “erkatoylar” mavjud bo'ladi va ular odatda o'z o'rtoqlari orasida har doim hurmat-e’tiborga sazovor bo‘la olmaydilar. Boshqa o'quvchilari bilan avtokrat murabbiylar muomalada muayyan masofani saqlaydilar, o‘z o'quvchilari bilan munosabatda ular samarali va bir maromdagi ohangni topa bilmaydilar. O’quvchilari muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda kuchli asabiylashadilar, hatto so'kish, haqorat so'zlarni ham qo‘llay oladilar. Oqibatda sport jamoasida nosogMom psixologik muhit va mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi. Avtokrat murabbiyning shaxsiy sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘ziga haddan ziyod ishongan, prinsipial, talabchan, o‘zini tutib tura bilmaydigan, mehribonlik tuyg'usidan holi, turli mojaroli va nizoli vaziyatlarga moyil.