Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Vahimalilik holati o‘z kuchiga, imkoniyatlariga ishonmaslikni



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə53/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Vahimalilik holati o‘z kuchiga, imkoniyatlariga ishonmaslikni, oldinga qo‘yilgan natijalarni qo‘lga kiritishga shubhalanish hissini keltirib chiqaradi. Vahimalilik ham o‘ziga ishonch (yoki ishonchsizlik) ham shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi va u sportchining muayyan paytdagi holatini ifodalovchi hodisa tarzida kechishi mumkin. Bu yerda gap, o‘z kuchiga ishongan sportchi ham ba’zan, ko‘zlangan maqsadiga erishish uchun qudrati yetishiga shubha bilan qaray boshlashi xususida bormoqda. Bu holatning eng salbiy natijasida sportchi o‘z maqsadidan voz kechishi, hatto sportni tark etishi ham mumkin.
Psixik o‘ta zo‘riqishning belgilarini bilish, mashg‘ulotlar jarayoniga, har bir sportqjaining psixik o‘ta zo‘riqish dinamikasini inobatga olgan holda, o‘ziga xos tuzatishlar, o‘zgartirishlar kiritib borish imkoniyatini beradi. Sportchi ham o‘z navbatida bu holatlarni boshdan kechirishi muqarrarligini, va faqat ana shu psixik holatlarni yengib o‘tish orqaligina yuqori sport natijalarini qo'lga kiritishi mumkinligini anglab yetmog‘i lozim.
Yuqorida tilga olingan mulohazalar, muayyan psixologik- pedagogik va psixogigiyenik tavsiyalarni ishlab chiqish uchun o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sport mashg'ulotlari jarayonidagi psixik holatlar dinamikasining umumiy qonuniyatlari, xuddi sport faoliyatining umumiy tamoyillari va shart-sharoitlarini bilish kabi, umumiy tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Biroq ularda, sportchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi qiyinchiliklarga nisbatan reaksiyalarining ayrim individual jihatlari ham hisobga olingan bo‘lib, bu har bir sportchi va murabbiy o‘zi

uchun undan foydali maslahat olishini ta’minlash maqsadida qilinadi. Albatta, bunday tavsiyalar ro'yxati hech qachon tugamaydi, zero, sport bilan yaxshi tanish bo'lgan kishi hamisha unga o‘zidan biror- bir narsani qo‘shishi yoki, aksincha undagi qaysidir bir jihat bilan kelishmasligi mumkin. Ularning mazmuni to‘g‘risidagi mulohazalar esa mashg‘ulotlarning eng qiyin lahzalarida sportchining holatini yanada teranroq anglashga ko'maklashadi.
Mashg'ulotlar jarayonida sportchining psixik o‘ta zo‘riqishini bartaraf etish maqsadida murabbiylarga quyidagi tavsiyalar taqdim etiladi. (V.D.Gorbunov ta’limotiga ko‘ra).

  1. Mashg‘uIotlar jarayoni uchun murabbiyga tavsiyalar

  1. Mashg‘ulotlar chog‘idagi qiyinchiliklar eng oliy darajaga yetgan paytlarda sportchilarda yuz beradigan psixik o‘ta zo‘riqishning ayrim darajalari — to‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonining tabiiy oqibatidir. Sportchilardagi psixik o‘ta zo‘riqishning mutlaqo sezilmasligi, ularning bundan ham kattaroq jismoniy qiyinchiliklarni ko‘tara olishini va yanada qat’iyroq sport rejimiga dosh berishi mumkinligini ko'rsatadi.

  2. Agar unchalik og‘ir bo’lmagan, jismoniy zo‘riqishlardan holi odatiy mashg‘ulotlar jarayonida, sportchida psixik o‘ta zo‘riqishning dastlabki belgilari kuzatiladigan bo‘lsa, buning sababini qo‘shimcha omillardan qidirish lozim. Ya’ni:

  1. sportchi uchun jamoada yaratilgan noxush psixologik iqlim (masalan, jamoa a’zolaridan biri bilan o‘zaro nizo, yoki sportchining o‘z uyidan, oilasidan uzoq muddat ajralib, sport yig‘inlarida ishtirok etishi):

  2. motivatsiyasining pasayib ketishi (masalan, sportchi ishtirok etishni nihoyatda xohlagan musobaqalarning bekor qilinishi):

v) sportchining shaxsiy hayotida nizoli, mojaroli vaziyatlarning yuzaga kelishi (masalan, mashg‘ulotlar bilan maktabdagi, institutdagi yoki aspiranturadagi imtihonlar uchun biroz vaqt ajratishning qiyin kechishi, uning uylanishi, yoki turmushga cMqisl.i b"»m ba’zi hollarda bunday nizoli holatlaiuing paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin):
g) sportchining qadriyatlari tizimida yangi, sportga nisbatan ham muhimroq biror mavzuning paydo bo'lishi, yoki muayyan vaziyatda uning uchun sportning qadri nisbatan pasayishi (masalan, sportchi kvartiraga ega bo‘ldi, mashina sotib oldi va ayni paytda ana shu tashvishlar bilan band) va hokazo.

  1. Murabbiy shuni doimo esda tutishi lozimki, sportchida psixik o‘ta zo‘riqishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda avvalo sportchining o‘zgalar bilan munosabati va xatti-harakatlarini tuzatish, ularga o‘zgartirish kiritish lozim, hatto uning rejimini ham o‘zgartirish mumkin. Lekin, mashg‘ulotlarning jismoniy qiyinchiliklaridan zinhor voz kechish kerak emas. Sportchi o‘zi ushbu holatni albatta boshdan kechirishi zarurligini his etishi va tezda yana qayta oyoqqa turib ketishiga ishonishi shart.

  2. Psixik o‘ta zo'riqishning ikkinchi bosqich belgilari namoyon bo‘lganda, murabbiy rejalashtirilgan mashg‘ulotlardagi jismoniy yuklamani va sportchini qayta tiklanishini ko‘rib chiqishi kerak.

  3. Agar psixik o‘ta zo'riqishning uchinchi bosqichi belgilari namoyon bo‘lib qolsa, demak bu murabbiy sportchini tayyorlashda juda qo'pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligini bildiradi (ya’ni, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubida, ularni tashkil etishda, sportchilar yashash sharoitida, ovqatlanishida, ular bilan muloqotda, ularning dam olish sharoitlarida va hokazolarda).

Psixik o'ta zo'riqishning uchinchi bosqichini boshdan kechirgan sportchi juda kam hollarda sportga qaytadi.Bu holatdan keyingi uzoq muddat davom etishi lozim bo‘lgan dam olish, unga barcha imkoniyatlarni muhayyo etuvchi shart-sharoitlar, uning qat’iy talabiar, yuqori jismoniy qiyinchiliklar bilan kechuvchi sport sohasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi, oliymaqom, ya’ni ekstraklass toifadagi sport natijalarini qo‘lga kiritishiga, sportchining yana ilgarigidek o‘zini butkul sportga safarbar etishiga monelik qiladi.

  1. Jismoniy yuklamalar ayniqsa kuchaygan bir paytda, agar sportchi mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikni astoydil talab qilayotgan bo‘lsa, uning bu istagini ana shunday qat’iyat bilan rad etish yaramaydi. Albatta, tushuntirish, uni ishontirish, unga zulum o‘tkazish, kuch ishlatish, tahdid qilish va yoki boshqa vositalar bilan sportchini mashg'ulotlarda ishtirok etishga majbur qiiish mumkin, ammo avvalo shunga zaruriyat bor yoki yo‘qligini bilib olish lozim. Ehtimol, bu sportchining o‘ziga xos ojizligidir va uning irodasini mustahkamlashga yordam berish orqali uni bu nuqsondan xalos etish mumkin. Agar sportchining mashg'ulotlardan bu tarzda bosh tortishiga uning psixik-asab tizimlarining dosh berish darajasi tugab qolganligi sabab bo‘lsa, unda sportchi bittagina mashg‘ulot deb, startga tetik va dam olgan holda bora olmay qoladimi, - degan savol tug‘iladi. Agar sportchi awaldan o‘zini o‘ta “dangasa” sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, bunday sportchini istagancha majburan mashq qildirish mumkin, biroq, chindan ham astoydil ishlaydigan, halol sportchiga bu borada muammoni hal etishni o‘z ixtiyoriga qoldirgan ma’qul.

  2. Sportchining yoshi va tajribasi qancha katta bo‘lsa, u shuncha katta mustaqillikni talab etadi. Ammo hamma sportchilarga ham birdek mustaqillik berib bo'lmaydi.Bu mojaro va nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi uchun zamin tayyorlab, yuqori jismoniy qiyinchiliklar paytida har qanday arzimas sabablar bilan turli noroziliklar, kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bir tomondan ularni oldindan ko‘ra bilish va ularning oldini ola bilmoq joiz bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu nizolar, janjallar yosh sportchilarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko'rsatmasligiga harakat qilmoq kerak.


    1. Yüklə 0,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin