Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Liderlik va uning belgilari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə115/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Liderlik va uning belgilari

Lider (leader) - inglizcha so'z bo‘lib, tarjima qilinganda “Yetakchi, boshqaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Liderlik tushunchasining o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy psixologiyadagi ikkita fenomen - yetakchilik va rahbarlik fenomenlarining qiyosiy tahlilida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ushbu masalani tadqiq etgan olimlar yetakchilik, ya’ni liderlik deganda odatda guruhda hosil bo‘ladigan psixologik munosabatlarning “yuqoridan quyiga”, ya’ni guruhda kimningdir liderlik qilishi va kimningdir unga bo‘ysunishi ma’nosini ko‘zda tutadilar. Rahbarlik tushunchasi esa guruh faoliyatini tashkil etishda ushbu jarayonni boshqarish bilan bog‘liqdir. Ushbu ikkala tushunchalar o‘rtasidagi farq ayniqsa B.D.Pariginning ishlarida yanada batafsil ochib berilgan. Mazkur olimning fikrlariga ko‘ra bu ikki tushuncha o‘rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat:

  1. Lider asosan ijtimoiy tashkilot bo'lgan guruhda shaxslararo munosabatalarni boshqaruvchi shaxsdir.

  2. Liderlikni mikro-muhit sharoitida aniqlash mumkin (mikro- muhit deyilganda kichik guruh nazarda tutiladi). Rahbarlik - bu makro-muhit unsuridir,ya’ni u ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog‘liq.

  3. Liderlik stixiyali tarzda, ya’ni o‘z-o‘zidan yuzaga keladi, har qanday sotsial guruhning rahbari esa yo tayinlanadi yoki saylanadi. Nima bo‘lganda ham rahbar boiish jarayoni stixiyali tarzda kechmaydi, aksincha, sotsial tarkibning turli qismlari nazorati ostida maqsadli tarzda amalga oshadi.

  4. Liderlik hodisasi nisbatan beqarordir, chunki guruhdagi liderlarni saylash ko‘proq guruh a’zolarining kayfiyatiga bog‘liq bo'ladi. Ayni paytda rahbarlik hodisasi esa ancha barqarordir.

  5. Rahbarlik maqomidagi shaxs liderdan farqli o'laroq, o‘z qo‘l ostidagilar bilan munosabatda bo‘lishda turli-tuman sanksiyalarga, ya’ni ta’sir ko‘rsatish vositalariga ega, liderda esa bunday imkoniyat mavjud emas.

  6. Rahbar tomonidan qarorlar qabul qiiish jarayonida bir qator murakkab va turli shart-sharoitlar bilan bog'liq bo'ladigan jihatlar mavjud bo‘lsa, lider guruh faoliyatiga aloqador muammolarni ancha erkin va bevosita hal etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

  7. Liderning faoliyat sohasi asosan u liderlik qilayotgan kichik guruhdir, rahbarning faoliyat sohasi ancha keng bo‘lib, u kichik guruhni ham nisbatan kengroq ijtimoiy tizimda ifodalaydi.

Shunday qilib, lider deganda guruhdagi norasmiy yoki qat’iy belgilanmagan shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi guruh a’zosi tushuniladi. Rahbar deyilganda esa, liderdan farqli o‘!aroq guruhdagi rasmiy shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi shaxs tushuniladi. Shu sababli ham aksariyat hollarda liderni norasmiy yetakchi, rahbarni esa rasmiy yetakchi deb atashadi. Ba’zi hollarda rahbarning o‘zi norasmiy lider bo'lishi ham mumkin. Ba’zida esa u guruh yoki jamoa tomonidan tan olinmagan bo'lishi, ya’ni tor ma’noda chinakam lider bo'lmasligi ham mumkin. (Ye.S.Kuzmin, B.D.Parigin)
Guruh yoki jamoa liderini tavsiflovchi belgilar nimalardan iborat?
Birinchi belgi — uning o‘zi lider sifatida tan olingan muayyan guruh yoki jamoaga mansubligidir. Bu degani lider albatta guruh a’zolarining o‘ziga xos obro‘ va nufuzini belgilab beruvchi iyerarxik tarkibga kirgan bo'lishi kerak.
Ikkinchisi — lider o'z xatti-harakatlari bilan guruhdagi barcha a’zolar uchun umumiy bo'lgan maqsadlarga erishishga ko'maklashadi.
Uchinchisi — lider tashabbuskor bo'ladi, u ixtiyoriy ravishda juda katta mas’uliyatni o'z zimmasiga oladi. Zero bunday faollik mavjud rasmiy yo'riqnomalar, umumiy me’yorlar, o'yinning amaliy ishlanmalaridan anchagina chetga chiqadi.
To'rtinchisi — liderga guruhdagi qolgan barcha a’zolar eng obro'li sportchi sifatida ko'ngilli ravishda yoki zaruriyat yuzasidan bo'ysunadilar.

  1. Liderlikning turlari

Odatda liderlarni biror-bir vaziyatga xos, ya’ni situatsion liderlar va doimiy liderlarga ajratadilar. Birinchi toifaga, masalan o‘zlarining omadli o'yinlari bilan butun jamoani ruhlantirib yuborgan o'yinchilarni (ilhomlantiruvchi liderlar) kiritish mumkin. Shu narsa ham aniqlanganki, ana shunday liderlikning jamoa o'yinchilari idrokida boshqa vaziyatlarga ko'chirilish hollari ham kuzatiladi: agar biror sportchi muayyan bir vaziyatda liderlik fazilatini namoyon qilgan bo'lsa, atrofdagilar undan boshqa vaziyatlarda ham ana shunday liderlikni kuta boshlaydilar. (Garchi u yangi vaziyatlarda bunday xususiyatini namoyish eta olmasa ham)
Psixolog Fidler esa liderlarni vazifaga yo'nalgan va jamoadagi o'zaro munosabatlarga yo'nalganlarga bo'ladi. (8-jadval)
8-jadval
Ishchan va emotsional liderlarning qiyosiy tavsifnomasi.
Muayyan vazifaga yo'nalgan lider (ishchan lider)


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin