Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə123/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Identifikatsiya-o'zini hamkorlikda harakat qilayotgan sherigiga o'xshatish, hatto ochiqdan-ochiq unga taqlid qilish, sherigiga o‘zi haqidagi tasavvurlarini ko'chirish, sherigida o'zini ко‘rish, shuningdek sherigining harakatlaridagi shaxsiy mazmunni o'zini mazkur harakatlar holatiga va sharoitlariga qo'yib ko'rish yo'li bilan o'rganish uslubi.
Refleksiya- bu hamkorlik qilayotgan sheriklarning o'zaro aks ta’sir ko'rinishidagi murakkab jarayon bo'lib, unda keyingi harakatlar sherikning o‘zi haqidagi fikriga ko'ra amalga oshiriladi. Bunda subyekt hayotda qanday bo‘lsa, и o‘zini qanday ko'rsa va boshqalarga qanday ko'rinsa shunday namoyon bo'ladi, shuningdek bu uchaia pozitsiya ikkinchi sherik tomonidan ham shunday namoyon bo‘ladi.
Psixologik iqlim ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar toifasiga kirib, u nisbatan barqaror boladi va guruhga a’zo sportchining shaxsi uchun o'ziga xos “ekologik muhit” rolini o‘ynaydi.
Shuning uchun ham murabbiydan sportchilar bilan o'zaro munosabatlarda alohida odob, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, sportchilar xarakteridagi samarali boshqarish imkoniyatini beruvchi motivatsion torlarni topa bilish talab etiladi. Murabbiy, jamoa shifokori, psixolog va sportchilar bilan ish olib boruvchi boshqa mutaxassislar guruh ichidagi o'zaro munosabatlarni diqqat bilan kuzatishlari va yuzaga keladigan nizolarni o'z vaqtida bartaraf etib borishluri zarur (В.Ф. Сопов. Психология разрешения конфлик­та в спортивной команде. Самара 2000 г.). Jamoa sportchilari o‘rtasidagi teng munosabatlar mayda manfaatlar asosida yuzaga keladigan kichik guruhlarning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa jamoadagi psixologik iqlimning sog'lom bo‘lishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Sportda erishgan yutuqlarga urg‘u bermasdan, sportchining shaxs sifatida rag'batlantirilishi — sog‘lom jamoaning harakterli xususiyatidir.
Sport jamoasidagi psixologik iqlim nihoyatda murakkab hodisa bo‘lib u sport jamoasi faoliyati ishonchliligining sotsial psixologik komponenti toifasiga kiradi. Biroq aynan ijtimoiy stress (salbiy psixologik iqlim) psixosomatik o‘zgarishlar va sportchilardagi boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga ko‘proq sabab bo‘ladi. Psixologik iqlimni samarali boshqarish uchun murabbiylik tajribasi, pedagogik tayyorgarlik, ustozlik, tarbiyachilik, psixologlik mahorati zarur bo‘ladi.
Psixogigiyena — murabbiylik ishining muhim tarkibiy qismidir. Alohida sportchining va jamoaning psixik salomatligini muhofaza qilmasdan turib yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda muvaffaqatiyatga erishish mumkin emas.

  1. Psixik holatlarni tartiblash

Sport faoliyatida quyidagilar psixogigiyenik maqsadlarda keng qoilaniladi: tartiblash va o‘z-o‘zini tartiblash usullari va uslublari.
Bu usullar ro‘yxatini quyidagi tartibda tasniflash mumkin: (7-sxemaga qarang).

  1. Sportchiga ko‘rsatadigan ta’sir uslubiga ko'ra;

2.0’z-o‘zini tartiblash usullari;
3.Tartiblash va o‘z-o‘zini tartiblash usullarini qo'llash vaqtiga ko‘ra.
Ta’sir ko‘rsatish usuliga ko'ra tartiblash usullari tashqi tomondan ko‘rsatiladiganyoki sportchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan bo'lishi mumkin. Tartiblashning tashqi tomondan ko'rsatiladigan usullari va uslublariga ratsional psixoterapiyaning turli usullari kiradi, xususan: ishontirish, tushuntirish, yo'naltirish,boshqa mavzularda suhbatlashish va hokazolar. Shuningdek, bu o'rinda sportchilarni tinchlantiruvchi yoki aksincha qo'zg'atuvchi maxsus massaj turlari,

7-sxema. Sportchi psixik holatini tartiblash usullari va 328 uslublarining tasnifi.

bir qator analizatorlar funksiyasi va emotsional qo‘zg‘atuvchilarning idrok etishga ta’sir ko‘rsatishning turli uslublaridan foydalanishni (musiqa, bo‘yoqlar, fazoni idrok etish va hokazolar) ham tilga olib o‘tish mumkin. Tevarak atrofdagi voqea — hodisalarning eshitish, ko‘rish, teri bilan his qiiish va boshqa analizatorlarga ta’siri sportchining asab tizimiga, qo‘zg‘atuvchi, ezuvchi yoki aksincha tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ma’lumki qizil rang kishini qo‘zg‘atadi, havo rang va yashil rang esa tinchlantiradi. Yoqimli ohang yoki aksincha qattiq ovozlar ham kishida turlicha emotsional reaksiyani qo‘zg‘aydi. Shuning uchun ham sport o‘yinlari oralig‘ idagi tanaffuslarda o‘z vaqtida to‘g‘ri topilgan ta’sirlanish obyekti va tevarak atrofdagi mavjud holatlardan eng kerakli obyektlarni topa bilish va ulardan ilhomlana olish zarur emotsonal barqarorlikka erishishga yordam beradi.
Ikkinchi guruh - o‘z-o‘zini tartiblash usullari. 0’z-o‘zini tartiblash deyilganda nima tushuniladi? 0’z-o‘zini tartiblash — bu kishining psixik jarayonlar, psixofiziologik holatlar hamda inson hatti-harakatlari darajasida talab etiladigan yoki o‘zi hohlaydigan holatini ongning tartiblash mexanizmlarini o'zgartirish yo‘li bilan yaratishidir.
O’z—o‘zini tartiblash usullariga quyidagilar kiradi:

  1. O’z holatini va uning namoyon bo‘lishidagi tashqi belgilarni ongli ravishda nazorat qiiish.

2.Sportchi ongining noxush fikrlardan chalg'ishi.

  1. Sportchining o‘z—o‘ziga ta’siri .

O’z—o‘zini tartiblashning birinchi usuli har qanday emotsional holatning tashqi ko'rinishda namoyon bo‘lishiga asoslanadi. Tashqi emotsional reaksiyalarimizni yo‘qotis'nga intilib yoki aksincha ularni hosil qiiish orqali biz o‘zimizning ichki subyektiv holatimizni ham o‘zgartiramiz. Ushbu guruh usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Mimik mushaklar tonusini nazorat qiiish va boshqarish. Biz asabiylashganimizda yuzimizdagi mushaklar nihoyatda tarang- lashadi. Psixoterapevtlar bu borada teskari aloqadan foydalanadilar: mushaklar — asabni taranglashishi. Mimik mushaklarni bo‘sh qo‘yish asab tarangligining refleks tarzidagi pasayishiga olib keladi. Ushbu usul nihoyatda oddiy bo‘lib, u hamma uchun qulay va tezda samara beradi.

  2. Skelet mushaklari tonusini nazorat qiiish va tartiblash.

Muskullar tizimi holatiga vaqti-vaqti bilan e’tiborni qaratish orqali tonusi birinchi ko‘tarilgan mushak guruhlarini ajratish unchalik qiyin emas. Har bir kishida turli emotsional holatlarda uning turli mushaklari tonusi o‘zgaradi. Ayni shu mushaklar o‘zini bo‘sh qo‘yishni rnashq qilayotgan paytda ham, shuningdek emotsional qo'zg'alish sharoitida ham eng muhim obyektga aylanadi.

  1. Harakatlar sur’atini va nutqni nazorat qilish va tartiblash.

Har qanday emotsional qo‘zg‘alish mushakdagi siqiqlik bilan bir
qatorda umumiy harakat qo'zg'alishlari bilan birgalikda sodir bo'lishi mumkin. Bu aksariyat hollarda harakatlarva nutq umumiy sur’atining o‘sib borishida ifodalanadi. Bu ayniqsa o‘zini yaxshi tuta bilmaydigan va palapartish kishilar uchun xosdir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, o‘z—o‘zini tartiblashning ushbu usulini o‘zlashtirish oson emas. Psixik sur’atni nazorat qilish va muvaffaqiyatli ravishda tartiblash ko'nikmasini d'stirish uchun turli-tuman mashqlar mavjud. Ularni har-xil emotsional holatlarda qoilash mumkin:

  • qo£l barmoqlarini ohista va sekin jipslashtirish va ochish;

  • nigohni ohista va sekin bir buyumdan ikkinchisiga ko'chirish;

  • xuddi shu kabi yozish, gapirish, yurish va hokazolar;

  • mashg'ulotlar paytida tez va sekin, ohista va keskin sur’atni va hokazolarni ketma-ketlikda o'rnini almashtirib bajarish.

  1. Maxsus nafas olish mashqlari.

Ma’lumki nafas olish xususiyatlari odamning emotsional holati bilan chambarchas bog‘Iiqdir. Turli variantdagi nafas olish mashqlarini qo'llash orqali biz o'zimizni tinchlantirishimiz yoki tetiklashtirishimiz mumkin. Bunday mashqlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • qorinni to'ldirib chuqur nafas olish;

  • yurib borayotgan paytda bir ritmda (me’yorda) nafas olish;

  • nafas olgan paytda uni chiqarmay turish va hokazolar.

  1. Emotsional holatlarni ongning yo'nalishini o'zgartirish yo'li bilan o'z-o'zini tartiblash asosan o'z-o'zini ishontirishga tayanadi. O’z —o'zini ishontirishning tayanch negizi esa konkret buyumlar, hodisalar, timsollar, tushunchalar va kechinmalar bo'ladi. Ushbu guruhga quyidagi usullar kiradi:

    1. Musobaqalar to'g'risidagi noxush fikrlardan o'z diqqat e’tiborini tashqi buyumlarga yoki biror-bir qiziqarli, maroqli mashg'ulotga qaratish orqali xalos bo'lish, yoki ularni unutish: badiiy adabiyotlar o'qish, o‘yin o‘ynash, suhbat lash ish, musiqa tinglash va hokazolar.

2.2 Tasavvurda vaqealar va xayollar hosil etish yordamida chalg‘ish. Ongda boiib o‘tgan tinchlik, o'ziga ishonch, yaxshi kayfiyat bag‘ishlovchi holatlarni qayta tiklash va ularni muayyan muddatda ongda tutib turish.

  1. Sportchining o'z-o'ziga ta’sir ko‘rsatish usullariga quyidagilar kiradi:

    1. 0’z-o‘zini ishontirish — bu muayyan so‘z va iboralarni ko'p marotaba takrorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu iboralar tasdiqlash shaklida ifodalanib, nihoyatda aniq oddiy va tushunarli bo'lishi lozim. Masalan, “men xotirjamman”, “men o‘zimga mutlaqo ishonaman”, “men jasurman”.

    2. O’zida e’tiqod yaratish bu sportchining o‘z - o‘zi bilan yoki do‘stlari bilan qiladigan suhbatlari va o‘y -xayollari vositasida amalga oshiriladi. Bu o‘z - o'zini boshqarishning nihoyatda qiyin, biroq nihoyatda samarali uslubidir. Zero u sportchi psixik holatidagi turli buzilishlarning yuz berishiga yo'l qo'ymaydi, ularning oldini oladi.

    3. Mo'ljallangan maqsadni (intilish darajasini) o'zgartirish. Ushbu usul maqsadni o'z imkoniyatlariga mos ravishda qo'ya bilish, yuqori emotsional zo'riqish paytida uni biroz pasaytirish, zarur bo'lganda esa o'zining kechinmalarini yanada yuqori darajaga olib chiqish va jangovor holatini ko'tarish uchun uni faollashtirish.

    4. Sportchi o'z holatiga o'zini - o'zi massaj qilish (uqalash) orqali ham ta’sir ko'rsatishi mumkni.

    5. Autogen mashg'ulotlar (ATM)

So'nggi paytlarda sport amaliyotida autogen mashg'ulotlar tobora keng tarqalmoqda. Xususan, I.Shults tomonidan tavsiya etilgan o'z-o'zini ishontirish bu borada alohida e’tiborga molik. Autogen mashqning maqsadi sportchining o'z mushak tonusini, qon tomiriar tonusini, yurak faoliyatini va hokazolarini ixtiyoriy ravishda tartiblashga o'rgatish va shu orqali uning o'z-o'zini tartiblash qobiliyatini o'stirish, uning vositasida o'z psixik holatini tartiblash qobilyatini shakllantirishdir.
Bir qator mualliflar sportchining uyqusi buzilganda, undagi emotsional zo'riqishlarni bartaraf etishda, shuningdek barqaror psixik holatni yaratishda autogen mashqlarning yaxshi samara berishini ta’kidlaydilar (V.L.Marishchuk, B.A.Vyatkin, L.D.Gissen, A.D.Zaxarov, O.A.Chernikova, O.V.Dashkeevich va boshqalar).
Autogen mashg‘ulotlarning boshqa ko'rinishlari mavjud bo'lib, ular sport faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladi, bunday mashg‘ulotlarni odatda psixik tartiblash mashg'ulotlari- PTM deb ham atashadi. (L.D Gissen, A.A.Alekseyev)

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin