Psixik tartiblash mashg‘ulotlari(PTM) — odatda ikki qismdan iborat bo'ladi: tinchlantiruvchi va safarbar qiluvchi. Aynan mana-shu mazmunan bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan qismlarning mavjudligi psixotartiblash mashg'ulotlarining o'ziga xosligini belgilaydi. Psixik mushak mashg‘ulotlari{PMM) — bu E.Jekobsonning “progressiv relaksatsiyasi” (o'z-o'zini bo'sh qo'yish) diqqatni bir nuqtaga qaratib, o'z harakatlarini ongli ravishda nazorat etib, harakat tasavvurlarini takomillashtirishga qaratilgandir. Ushbu usul autogen mashg'ulotlar hamda psixik tartiblash usullariga nisbatan ancha sodda va jo'ndir. Jismoniy tarbiya va reabilitatsiya vositalariyordamida psixik holatni tartiblash (V.F.Sopov, 2005 yil) Kishining eng qulay va samarali psixik holati o‘z-o'zidan paydo bo'lmaydi, bu kishining o'ziga xos intilishi va mehnati samarasidir. Ko'ngil xotirjamligini saqlash, ijobiy emotsional tonusni barqaror tutish,mavjud vaziyatga ziyraklik bilan munosabatda bo'lish, bularning bari o'z-o'zini nazorat qilish va o'z holatini tartiblay olish ko'nikmasining natijalaridir. Psixik o'z-o'zini tartiblash usullarini o'zlashtirish keskin professional faQliyatda adaptatsiyaning barcha turlarini yengillashtirib murakkab psixik holatlarni yengib o'tishda ko'maklashadi (shu jumladan jarohatdan keyingi stresslarda ham) sportchining jismoniy, aqliy hamda hissiy ko'nikmalarini chiniqtirish,takomillashtirish hamda qo'llab quvatlashga yordam beradi. Ularni yangi usullar bilan boyitib susayib ketgan funksiyalarini qayta tiklaydi va quvvatlantiradi. Ammo so'nggi paytlarda psixik o'z-o'zini tartiblashda asosiy e’tibor autogen mashqlari, meditatsiya va boshqa ruhiy amaliyot variantlariga qaratilmoqda. Bu esa o'z-o'zini ishontirish texnikasini qo'llay olmaydigan, tinch holatda bo'lib uzoq vaqt zarur formulalarni takrorlay olmaydigan kishilarning imkoniyatini cheklab qo'yadi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, insonda azal —azaldan psixik tartiblashning u yoki bu usullariga tabiatan moyillik mavjud. Ushbu usullar insonning o'z-o'zini anglab yetishiga, o'z ko'ngliga o'zi "kalit” topishiga yordam beradi. Kishi o'z psixologik holatini “kalit” yordamida tezda boshqa- rishni o'rganishi uchun, u o'zining markaziy asab tizimida yangi funksional tizimni,ya’ni ayni paytda unda mavjud bo‘iib, ortiqcha his-hayajon va xavotirlanishni keltirib chiqarayotgan tizimdan kuchliroq tizimni shakllantirishni bilmog'i lozim. Raqobat qiluvchi, avval kuchsizlantirib, keyin esa salbiysining o'rnini egallovchi funksional tizimni yaratishning eng samarali usuli bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarni bajarishdan iboratdir. U qadar ko‘p quvvatni talab etmaydkan ko‘plab jismoniy mashqlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra relaksatsiya va tinchlanish omillari hisoblanadi. Masalan, o‘z-o‘ziga qarshilik qiiish tizimiga asoslangan atietik gimnastika kompleksi buning yaqqol dalilidir. Mazkur gimnastikaning asosiy prinsipi shundan iborat-ki unda qo'llar yordamida va tanada simmetrik ravishda joylashgan mushaklarning galma-gal taranglashuvi yordamida hosil qilinadigan ichki qarama- qarshilikni yengib o‘tish zarur bo‘ladi. 0’z-o‘ziga qarshilik ko'rsatish asosidagi gimnastik mashqlar diqqatni mashg'ulotlar jarayoniga jamlashga yordam beradi, shuningdek diqqatni noxush vaziyatlardan chalg‘itib, ijobiy emotsional fon yaratadi. Qolaversa, ushbu mashqlarni har qanday odam hech bir qiyinchiliksiz, bemalol bajarishi mumkin.