Antidepressantlar - kayfiyatni yaxshilaydi. Ular orasida ikkita kichik guruhni ajratadilar: ba’zilari kishini tinchlantirib, kayfiyatini ko‘tarsa, boshqalari esa psixomotor faollikni kuchaytiradi.
Psixostimulyatorlar- kishiga tetiklashtiruvchi, quvvat bag‘ishlovchi ta’sir ko‘rsatadi va yutuqlarga intilishdagi motivatsiyani rag‘batlantiradi.
Nootroplar - kishining “ongiga” ta’sir ko‘rsatib, uning oliy psixik funksiyalari faoliyatini yaxshilaydi. Nootroplardan kishi aqliy faoliyati samaradorligini kuchaytirish va uzoq davom etadigan jismoniy zo‘riqishlarga chidamni oshirish maqsadida foydalaniladi.
Adaptogenlar (asosan dsimliklardan tayyorlanadigan preparatlar)- ulardan ko'plab mamlakatlarning xalq tabobatida juda keng qo‘ 1 lanilib kelinadi. Adaptogenlarning kishiga ta’sir ko'rsatish mexanizimi hozirgacha u qadar chuqur va batafsil o‘rganilmagan. Adaptogenlarning ham ikkita kichik guruhini ajratadilar. Ularning bir toifasida adaptogen va kuch-quvvatni iqtisod qilish xususiyatlari ko'proq bo'lsa (jenshendan, eleuterokokdan, oltin ildizdan tayyorlangan preparatlar), boshqalarida (xitoy limon o'tining, levzeining, rododendron va boshqa bir qator o‘simliklarning preparatlarida)—o‘rtacha me’yorda bo‘lsa-da rag‘batlantiruvchi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Ushbu guruhga kiruvchi “Laojan” nomli xitoy preparati ayniqsa e’tiborga molikdir.