Uyg'oq holda ishontirish. Sportchi bilan suhbatlashuv jarayonida hamfikrlik, hamnafaslik ruhida uning mag‘lubiyati sabablari hamda ularni tezkor ravishda bartaraf etishning oson variantlari tushuntiriladi. Sportchi bilan hamkorlikda psixik tartiblash jarayonida bartaraf etishi kerak bo'lgan barcha kamchiliklar tahlil etiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: birinchidan, ortiqcha his-tuyg'ularni yo‘qotish uchun yo‘l ochib berish, bunda sportchi barcha o‘zining
hissiyotlarini izhor etishi o‘zini yengil his qilishiga olib keladi; ikkinchidan, sportchida yangi qo'zg'alish o'chog'ini shakllantirish, ushbu yangi qo'zg'alish o‘chog‘i uni turli noxush o‘y-xayollardan chalg'itishi lozim; uchinchidan sportchi o‘ziga ishonishi uchun muayyan xatti-harakatlar taktikasini ishlab chiqish. Gipnosuggestiya. Verbal gipnosuggestiv ta’sir deyilganda sportchida so‘zlar vositasida xuddi uyqudagi holatga yaqin holatning shakllantirilishi tushuniladi (bu hatto gipnoz holatigacha borishi mumkin). Bunda sportchining psixik ishchanlik qobiliyati uning uyg‘oqlik holatidan yoki uyqudagi holatidan ko‘ra ancha samaraliroq kechadi. Gipnosuggestiya yordamida vujudga keladigan uyquga o‘xshash holatda qayta tiklash tizimining yetakchiligi (trafotrop) maksimal darajada bo'lishi mumkin. Agar sportchida o‘z individual xususiyatlariga ko‘ra gipnosuggestiv ta’sirlarga qobiliyati bo‘lmasa, unda ushbu usullar guruhi o'zini oqlamasligi mumkin. Asbob-uskunali usullar. Psixik tartiblashning faqat so‘z vositasidagi usullari ayrim holatlarda samarasiz bo'lishi mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: sportchini ishontirish qiyinligi;
getero yoki autoregulyatsiya (tartiblash) usullaridan foydalana olmaslik;
v) seansni o'tkazish uchun shart-sharoitning yo'qligi; g) sportchidagi asab-psixik zo'riqishning sezilarli darajada pastligi yoki aksincha, haddan ziyod yuqoriligi; d) so‘z vositasidagi ta’sir usullarining samaradorligiga ishonchsizlik. Bu holatlarda uskunalar vositasidagi qayta tiklash usullari yaxshi yordam beradi: elektroanalgeziya uslublari yordamida uyquga o'xshash holatni shakllantirish;