Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Afzalligi Kamchiligi "



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə117/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Afzalligi

Kamchiligi "

Vazifa hal etilmagan vaziyatlarda vahima tuyg‘usiru tushira oladi.

Masalani muvaffaqiyatli hal etishga katta ahamiyat bermaydi.

O’ziga ishonmagan kishilar bilan yaxshi ishlaydi.

Ekstremal stress vaziyatlarida yoki lider juda katta ta’sir kuchini ko'rsatishi kerak bo‘lganda nisbatan samarasiz.

Liderlik uchun nisbatan qulay bo'lgan sharoitlarda yaxshi faoliyat yuritadi, shuningdek jamoa a’zolariga qaror qabul qilishda katta erkinlik berilgan holatlarda ham yaxshi faoliyat yuritadi.

Vazifani hal etishga yo‘naltirilgan jamoa a’zolarida vahima tuyg'usini keltirib chiqarishi mumkin

Sport amaliyoti uchun liderlikni barqaror psixologik hodisa sifatida tushunish katta qiziqish uyg‘otadi. Doimiy liderlar jamoaning ikkita tarkibiga to'g'ri keladi: ishchanlik va emotsional. Ishchanlik bo'yicha lider guruh oldida turgan vazifani hal etishga yo'nalgan bo‘ladi; emotsional lider esa dam olish paytida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga yo'nalgan bo'ladi. Murabbiylar hamjihatlikda sport faoliyatini yurita oladigan shaxslarni, birgalikda faoliyat olib borishni tashkil etish borasidagi liderlarni yaxshi farqlaydilar (tayyorgarlik mashg‘ulotlarida, musobaqalashuv faoliyatlarida). Ammo sportchilarning maishiy hayotlarida, shaxslar aro munosabatlarni qaror toptirishda va tashkil etishda kimlar lider ekanligini yaxshi farqlay olmaydilar. Bu ayniqsa bolalar va o'smirlar jamoalarida ko‘p kuzatiladi.
Ishchan liderlar (vazifaga yo'nalgan) odatda shaxslararo munosabatlar bilan kam qiziqadilar. Ular yo juda qulay, yoki juda ham noqulay vaziyatlarda nihoyatda samarali faoliyat yuritadilar. O’rtacha shart-sharoitlarda esa shaxslararo munosabatlarga yo'nalgan liderlar ancha samarali faoliyat yuritadilar. Ularning rahbarlik uslubi ancha demokratik bo‘lib, ular jamoaning eng noshud a’zolariga ham hurmat bilan munosabatda boladilar.
Liderlikning ishchanlik va emotsional turlari shaxsning turli yo'nalishlari negizida paydo boiadi: ya’ni bular ishchanlik, shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishlardan iboratdir. Sportchilarning ishchan

yo'nalishiga ishchan liderlik muvofiq keladi. Shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishga esa — emotsional liderlik muvofiq keladi.

  1. Liderlarni tanlash (ko'tarish) mexanizmlari

Norasmiy liderlar stixiyali tarzda paydo bo'ladilar. Kishining liderlikka ko‘tarilish yo'llari xilma-xildir. Inson biror-bir vaziyatda lider bo‘la turib, boshqa bir vaziyatda lider bo'lolmasligi mumkin. Masalan, guruh oldida turgan vazifalarni hammadan ko‘ra yaxshi hal etadigan kishi ilgari bir-birlarini mutlaqo tanimagan kishilar guruhida tezda lider bo‘lib olishi mumkin. Va aksincha, bir-birlarini tanigan hamda o‘z lideriga ega bo'lgan guruhda masalani yaxshi hal etadigan kishi tez orada liderlik maqomiga erisha olmasligi mumkin. Chunki bunday guruh o'zining avvalgi liderining xatti-harakatlariga ko'proq e’tiborni qaratadi.
Ilgarigi lider muvaffaqiyatsizlikka uchrab, guruhda o'ziga xos qaltis vaziyat yuzaga kelgan paytdagina guruh kim bunday vaziyatni tezroq bartaraf eta olishi mumkinligi haqida o'ylay boshlaydi. Xuddi mana shunday paytda liderlar almashishi yuz beradi.
Sport faoliyati asosan ekstremal shart-sharoitlarda kechganligi sababli liderga nihoyatda qat’iy va qiyin talablarni qo'yadi. Sport borasida lider bo'lish uchun muayyan liderlik fazilatlarini ma’lum darajada rivojlantirish mumkin. Masalan, sportchini guruh ichidagi munosabatlarga e’tiborliroq bo'lishga, jamoadosh do'stlari bilan o'zaro hamkor bo'lishga, sportchilarning turli ehtiyoj va intilishlariga, mehribonlarcha munosabatda bo'lishga o'rgatish mumkin.
Ayni paytda shunday ma’lumot ham borki, liderlar muayyan tug'ma xususiyatlarga ega bo'Iadilar (asab tizimining va temperamentning tipologik o'ziga xos xususiyatlari). Shu narsa isbotlanganki, eshkakli sportdagi sportchilarning aksariyatida asab tizimi o'ta kuchliligi va o'rtachaligi bilan ajralib turadi. Bu esa ularda tajovuzkorlik, charchoqlarga bardosh berish tuyg'usini namoyon etadi. Qayiqni boshqaruvchi eshkakchi liderlikka moyilligi, vahimalilik darajasining nihoyatda pastligi, o'zlariga bo'lgan ishonchning yuqoriligi hamda ekstremal sharoitlarda faol va amaliy pozitsiyaga egaliklari bilan ajralib turadilar. Sport o'yinlari jamoalarining kapitanlarida boshqa o'yinchilarga nisbatan bir qancha tipologik xususiyatlar ko'zga tashlanib turadi. Xususan: qaysarlik,

tajovuzkorlik, turli qaltis vaziyatlarga chidam, asab tizimining katta kuchga egaligi, tormozlanishdan ко'ra qo‘zg‘alish jarayonlarining ustunligi va hokazolar. (Ye.P.Ilin)
Amaliyotda liderlik maqomiga ko'tarish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sportchini kapitan maqomiga jamoaning o‘zi tavsiya etishi nihoyatda muhimdir. Kapitanning jamoa lideri deb tan olinishi guruh faoliyatining samaradorligida o'z ifodasini topadi. Murabbiy tomonidan tayinlanadigan kapitan, sport amaliyoti ko‘ rsatishicha, aksariyat hollarda foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi. Bolgariyalik psixolog Yu.Mutafova tomonidan olingan : ma’lumotlar yuqoridagi fikrlarni tasdiqlash uchun xizmat qilishi
mumkin. (9-jadvalga qarang)
9-jadval
A” toifadagi ayollar basketbol jamoalari kapitanlarining i sotsiometrik maqomi. Saylovlar miqdori foizlarda ko'rsatilgan


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin