Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Mezonlar G’olib jamoa kapitani



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə118/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Mezonlar

G’olib jamoa kapitani

Magiub jamoa kapitani

Ishchanlik munosabatlari

100

50

Rahbarlik

100

100

Shaxsiy munosabatlar

55

40

O’yindagi muloqat

100

10

O’yinda o'zaro bir-birini tushunish

73

30

Ishonchlilik

100

25

Jamoadagi hurmatga ega shaxslar shkalasidagi o'rni

1

3

Mag'lub jamoaning kapitani bir qator ko'rsatkichlar bo'yicha g'olib komanda kapitanidan ortda qoladi: ishchanlik va shaxsiy munosabatlar borasida, o'yin jarayonidagi muloqat va o'zaro bir- birini tushunish, shuningdek ishonchlilik nuqtai nazaridan ham ayni shu holni kuzatish mumkin. Shu sababli uning jamoadagi hurmatli kishilar ro'yxatida uchinchi o‘rin tutganligi ham o'z-o'zidan oydinlashadi.
Liderlikka ko'tarishning zaruriy shartlaridan biri bu sport­chining o'z jamoadoshlari orasidagi obro'sidir. Obro' tushunchasi sportda ikki xil mazmunga ega. Bir tomondan obro'li shaxsga

boshqalar taqlid qilishga harakat qiladilar, ikkinchi tomondan esa bunday shaxs bilan tezda kelishadilar va unga ishonadilar.
Shu sababli ham obro‘li kishini ikki ko‘rsatkich bo'yicha ko'rib chiqish mumk’in: ishchanlik sifati (bu insonning mutaxassis sifatidagi qiymati) va emotsional sifati (inson shaxs sifatida). Ko'pincha obro'li shaxslarning sportga oid hamda shaxsiy sifatlari o'rtasida o'zaro muvofiqlik mavjud, biroq ba’zan bo‘lsa-da bu ikkala ko'rsatkich orasida tafovutlar ham uchrab turadi. Liderlikka ko'tarishga ta sir etuvchi omillar:

  1. muayyan sharoitlarda guruhni boshqara oladigan liderni talab qiladigan vaziyat;

  2. yuzaga kelgan vaziyatda oqilona yo'lni topa oladigan xislatlarga ega insonning mavjudligi;

  3. guruhning mazkur odamga '.-.o'ysunish xohishining mavjudligi.

Sportda lider bo'lish uchun zarur xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. ishchanlik va shaxsiy fazilatlar bo'yicha obro'sining borligi;

  2. ekstremal vaziyatlarga chidamlilik fazilatining borligi, tashabbuskorlik va g'alabaga qattiq ishonch;

  3. jamoada “muhim o'yinchi” o'rnini egallash.

Ana shu omillarni hisobga olmagan holda liderlikka ko'tarish (norasmiy lider dastlabki ikkita talabga albatta javob berishi shart) 2!
mutlaqo teskari natijaga olib kelishi mumkin. Bunda nafaqat jamoa lidersiz qoladi, balki liderlikka tavsiya etilgan sportchi og'ir vaziyatga

  • psixik zo'riqishga tushib qolishi mumkin. Bunday holga tushgan sportchi murabbiylari va jamoadosh do'stlarining ishonchini oqlay olmaganligi uchun o'zini aybdor sezib, qattiq siqiladi va natijada do'stlariga yordam berish uyoqda tursin, hatto o'zi ham ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmaydi. Ba’zan bundan ham murakkab vaziyatlar yuz berishi mumkin. Masalan, hech bir obyektiv asoslarsiz jamoaning biror bir a’zosi liderlik o'rnini egallashga intila boshlaydi.

Aksariyat hollarda guruh a’zolaridan birining liderlikka da’vo qilib chiqishi guruh tomonidan tan olinmaydi. Bunday shaxsning o'zida ichki nizo paydo bo'lib, bunday ziddiyat liderlikka da’vo qilayotgan shaxsning xohishi va imkoniyatlarini ng o'zaro .
nomuvofiqligi bilan izohlanadi. Bunday paytlarda sportchining psixik tushkunligini oddiy yo'l bilan bartaraf etish mumkin. Buning
uchun ushbu toifadagi sportchilarni vaqti-vaqti bilan (noekstremal vaziyatlarda) rasman vaziyatlar bo‘yicha lider deb tayinlab qo‘yish kerak (ularga guruh a’zolarini boshqarish bilan bog‘liq ayrim topshiriqlar va shu kabi vazifalarni berish mumkin) (Ye.P.Ilin).
Shunday qilib, sportchilarni liderlikka ko‘tarishning 3 ta holatini qayd etish mumkin:

  1. Sportchining o'zi guruhda lider bo'lishni xohlaydi, biroq guruh uning liderligini tan olmaydi;

  2. Guruh biror kishini liderlikka tavsiya etadi, biroq tavsiya etilgan shaxs liderlikka intilmaydi (bunday hollarda sportchi liderlikka indamay rozi bo'ladi yoki bu imkoniyatdan qutulishga harakat qiladi);

  3. Sportchi lider bo'lishga intiladi va guruh uni qo'llab- quvvatlaydi.

Ko'rinib turganidek, oxirgi holat eng oqilona bo‘lib, bunda sportchining barcha liderlik qobiliyatlariga (tashkiliy, taktik va hokazo) ega ekanligi o'z tasdig'ini topgan.
Jamoani shakllantirishda murabbiy eng potensial, ya’ni salohiyatli liderni topishga intilishi kerak. Bolalar yoki o'smirlar jamoasini tashkil etar ekan, murabbiy ko'chada bolalar orasida kim yetakchi ekanligini, hovlida ular futbol yoki boshqa o'yinlar o'ynayotganlarida kim asosiy “tashabbuskor” ekanligiga, u yoki bu bolaning, ya'ni yosh sportchining tug'ilgan kuniga nechta o'rtog'i tashrif buyurganligi va hokazolarga ham e’tibor berishi lozim bo'ladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, salohiyatli lider, baribir, faoliyat jarayonida kashf etiladi: ya’ni bunday shaxs boshqalarga nisbatan qat’iyatli, jur’atli, tashabbuskor, tirishqoq, o'z sheriklari bilan o'zaro hamkorlikda ishlaydigan bo'ladi.
Jamoa liderining maqomi doimiy bo'lmaydi. Liderlik maqomini sportchi yo'qotib qo'yishi ham mumkin. Masalan, jamoalardan birining lideri o'ziga xos “ijtimoiy ajralganlik” vaziyatiga tushib qolgan. Bunga sabab esa nihoyatda muhim bo'lgan musobaqalardan oldin bo'ladigan o'yinda jamoadoshlarning aksariyati uni lider sifatida tan olmaganlar. Liderning o'z maqomini yo'qotib qo'yishiga esa uning o'zini kuchli o'yinchi sanab, jamoadosh sheriklariga o'yin davomida baqirib-chaqirishi, agar ular xato qilsalar, qo'pol so'zlar bilan haqoratlashi, o'yinchilarni nazar-pisand qilmaslik, do'stlariga zarur maslahat bermasdan, nuqul tanbeh va dashnomlar berishi kabi omillar sabab bo'lgan.

Natijada, jamoaning ancha yo'lga qo'yilgan o'yin taktikasi,
o‘yindagi aloqalari buzilib, o‘yinchilar o'z harakatlariga ishonmay'
qo‘ygan!ar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin