Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə120/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

SPORTDA PSIXOGIGIYENA VA
PSIXIK TARTIBLASH
Sport psixogigiyenasi - bu gigiena va tibbiyot psixologiyasining shunday bir sohasiki, u insonning psixik salomatligini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbiriarni o'rganadi, ishlab chiqadi va amalga oshiradi. U sport sotsial psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixoterapiya, psixofarmakalogiya va psixoprofilaktika bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sport psixogigiyenasi sport faoliyati maxsus shart-sharoit- larining yosh ko‘rsatkichlariga o‘tkazadigan ta’sirini, shuningdek sportchilar psixologik salomatligini mustahkamlash va himoya qilishga yo'naltirilgan tadbirlar majmuasini tadqiq etadi.
Sport psixogigiyenasining asosiy vazifasi — sportchilarningpsixik salomatligini ta’minlashdan iboratdir. U shaxs psixologiyasi, jamoa psixologiyasi, psixik tartiblash, psixoprofilaktika, ba’zi hollarda esa

  • psixoterapiya bilan chambarchas bogiiqdir.

Hozirgi zamon jahon sporti sport natijalarining keskin va sezilarli ravishda o‘sib borishi bilan xarakterlanadi, shu bilan bog‘liq ravishda sportchining psixik jihatlariga ko'rsatiladigan yuklama ham tobora oshib bormoqda. Aksariyat hollarda inson imkoniyatlarining chegarasi darajasida musobaqalashar ekan, sportda kimning asablari mustahkam bo‘lsa, kim kuchliroq va yaxshiroq einotsional-irodaviy tayyorgarlikka ega bo'lsa, kim o'zining psixik ishchanligini samarali ravishda va sifatli qayta tiklay olish qobiliyatiga ega bo'lsa, ortiqcha asabiylashishlardan o‘zini himoya qila bilsa, ana shu sportchi g‘olib bo'ladi. Doimiy ravishda, nihoyatda katta va nafaqat jismoniy, balki psixik zo‘riqishlarni ham doimiy ravishda yengib o'tish asab- psixik faoliyatining kuchayib ketishiga olib kelib, buning natijasida emotsional stresslar yuz beradi. (V.P.Nekrasov)
Biroq, bu zo‘riqishlar (ayniqsa professional sportda) shu qadar kattaki, bunda psixosomatikbuzilishlarning (gipertoniya, taxikardiya, migren, gastrit, neyrodermit va hokazolar) yuz berishi oddiy holga aylanib qoladi.
Paydo bo'layotgan “kasallikning ichki tasviri” shaxsning salomatligi buzilishiga nisbatan patologik reaksiya va psixik
dezadaptatsiyani shakllantiradi. Ular orasida eng ko‘p uchraydigani bu sportchini davolash maqsadida muloqatga kirishuvchi psixologdan asabiylashish va uni rad etishdan iboratdir.
Odatda sportchilar o'zlaridagi psixik dezadaptatsiyaning tashqi namoyon bo‘lishini ongli ravishda yashirishga harakat qiladilar. Bu ularning ojizligini ko‘rsatishni istamasliklari, sport jamoasiga kirmay qolishdan, eng mas’uliyatli muhim musobaqalarga bormay qolishdan qo‘rqishlari va hokazo sabablar bilan bogiiq bo'ladi. Shu sababli ham psixogigiyenaning oldidagi vazifalaridan biri bu — sportchi holatini aniq va obyektiv nazorat qiiish va bunda olingan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etishdan iboratdir.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, psixik dezadaptatsiya ishchanlik qobiliyati darajasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu sababli ham sport psixogigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilaraan iboratdir:

  • psixik ishchanlik qobiliyatini tiklash;

  • ijobiy psixologik iqlimni shakllantirish;

  • psixik holatlarni boshqarish;

  • psixik desensabilizatsiya va aktivizatsiya;

  • psixofarmokologik vositalardan foydalanish.

  1. Psixik ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash usullari

Psixik ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash maqsadida aksariyat hollarda psixogigiyenik usullar qo‘llanilishi mumkin. Birinchi navbatda sportchilarning uyg‘oq holatida ishontirish, gipnosuggestiya, shuningdek, turli-tuman noverbal, turli asbob-uskunali uslublardan foydalanish mumkin. Ushbu usullardagi asosiy mexanizm bosh miyaning chuqur tormozlanishidan iborat bo‘lib, bu trofotrop funksional tizimlar imkoniyatlaridan yanada toMaroq foydalanishga yordam beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin