Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Didaktika, uning asosiy kategoriyalari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə25/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

3. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

  1. falsafiy tushunchalar;

  2. xususiy ilmiy, ya`ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.

Didaktika uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa»,
«qarama-qarshilik», «bog’liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiytushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim — o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
2) dars — bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
4) ta’lim jarayoni — o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
5) o’quv fani — ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan hamda o’zida muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta’lim mazmuni — davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma`lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada «idrok etish», «o’zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi fturdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham qo’llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategorivalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.
So’nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim— shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko’nikma— olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi;
4) malaka — ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5) ta’lim — o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
6) ta’lim metodlari— ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni— shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot ta mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari- ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va subyektiv (o’qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni— o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni— davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi (o’qish, bilim olish maqsadi) — ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) — ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish— ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta’lim tizimi— yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o’quv-tarbiya muassasalari majmui.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin