Qalqonsimon bez gormonlarining tashilishi Qalqonsimon bezning asosiy qonda aylanib yuradigan gormoni tiroksin hisoblanadi. Tiroksindan tashqari qonda oz miqdorda yana bitta gormon-triyodotronin ham bor. Ikki gormon ham qonda erkin holatda bo`lmay, oqsillar bilan biriktirib, globulin fraksiyalar shaklida harakat qiladi. Tiroksin umumiy qon aylanish tizimiga kirib jigar hujayralari tomonidan ushlanib oladi va gormon faollikka ega bo`lmagan glukuron kislotasi bilan juft birikmalar hosil qiladi, so`ngra o`t bilan me’da-ichak yo`liga chiqariladi. Tiroksin bilan glukuron kislotasining juft birikmalar hosil qilishi natijasida gormin inaktivatsiya (nofaol) bo`ladi. Bu mehanizm orqali tiroksinning qondagi miqdori me’yordan oshmaydi.
Tajribalarda radioktiv yod ishlatib katta yoshdagi odam organizmida bir kecha-kunduzda 300 mkg tiroksin va triyodotronin parchalanishi aniqlangan.
Qalqonsimon bez funksiyasining boshqarilishi Tireotrop gormonlar va qalqonsimon bez sekretsiyasi orasida murakkab to`g`ri va qayta bog`langan aloqalar mavjud: gipofizning tireotropin gormoni qalqonsimon bez gormonlar ishlab chiqishini rag`batlantiradi, ammo qonda tireoid gormonlar miqdorining oshib ketishi gipofiz oldingi bo`lagidan ishlab chiqaradigan tireotrop gormonlar sekretsiyasiga tormoz beradi. Bundan tashqari qondagi yos miqdori va gormon hosil bo`lish jarayoni o`rtasida ham katta bog`lanish borligi aniqlangan. Yodning oz miqdori gormon ishlab chiqarish jarayonini kuchaytiradi, ko`p miqdori esa unga tormozlobchi omil sifatida ta’sir etadi.
Qalqonsimon bez afferent va efferent asab tolalariga boy. Simpatik asab toalalri orqali bezga keluvchi impulslar uning faolligini oshiradi. Bez hujayralariga doimo asab impulslari kelib turishi natijasida bez hujayralarining sekretsiyasi kuchayadi va qonga tiroksin gormoni chiqqani uchun gipertireoz vujudga keladi, asosiy almashinuv ortadi, vazn kamayadi, yurak urishi tezlashadi.
Bosh miya reticular formatsiyasining turli qismlariga quyilgan elektrotlar orqali elektr toki bilan ta’sir etilganda ham qalqonsimon bezning qondagi yodni yutish tezligi o`zgaradi va qalqonsimon bez gormonlari ko`p chiqadi, bu itlar ustidagi tajribalarda ko`rsatib berilgan.
Qalqonsimon bez funksiyasi reflex yo`li bilan boshqarilgani uchun havo sovuq vaqtda bu bez kuchliroq ishlaydi, natijada moddalar almashinuvi ortib, akklimatizatsiyaga yordam beradi. Markaziy asab tizimi oliy bo`limlarining qalaonsimon bezga ta’siri shu bilan isbot etiladi: qalqonsimon bez giperfunksiyasi bo`lgan odamlarda ruhiy kechinmalar ayniqsa xursandchilik va xafagarchilik, turmush qiyinchiliklari busiz ham jadal ishlayotgan qalqonsimon bez faoliyatini refleks yo`li bilan kuchaytirib kasallikni keskin darajada zo`riqtiradi.
Adenogipofizdan chiqadigan tireotropin qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi. Bu gormon treoglobulinning parchalanishini kuchaytiradi, bezga yod kelishini va gormonlar sintezlanishini oshiradi, bez hujayralarini kattalashtiradiva ko`paytiradi.
Gipofizdan tireotrop gormon chiqishini gipotalamus yadrolari boshqaradi. Bu jarayon qondagi tiroksin va tetrayodotronin miqdooriga bog`liq. Qonga tiroksin yuborilsa, tireotropin gormon chiqishi susayadi.gipotalamus yemirilganda bu reaksiya yuz bermaydi.
Shunday qilib, qalqonsimon bez faoliyatining gormonlar orqali boshqarilishini ham asab tizimi nazorat qiladi. Shu dalillardan anglashiladiki, asab tizimi qalqonsimon bez faoliyati 2 xil yo`l bilan boshqara oladi: bezni innervatsiya qiluvchi simpatik asablar orqali bevosita impulslar yuborib va bundan tashqari, gipofizdan tireotrop gormon chiqishini ko`paytirib, bez funksiyasini boshqaradi. Gipofizning oldingi bo`lagidan tireotrop gormon ortiqcha chiqishi sababli qalqonsimon bez giperfunksiyasi vujudga keladi, deb faraz qilish mumkin.