talabalarda itoatkorlik, bajaruvchanlik xususiyatlarini rivojlantirishga urg‘u beradi; bilimlami talabalarga uzatishgagina e’tibor beradi. M etodik mahorati yuqori bo‘lgan o ‘qituvchi quyidagi xususiyatlaiga ega bo‘ladi: pedagogik metodlami talabalar saviyasiga muvofiq tanlaydi; tanlangan metod va usullar orqali erishiladigan natijani oldindan ko‘ra biladi; faoliyatida ta’siming aylanma usullari ustunlik qiladi; talabalar o‘quv dasturini o‘zlashtirishida ularda mustaqillikni rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi; pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi; muloqotning demokratik uslubidan foydalanadi; talabalar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga urg‘u beradi; talabalarni faollikka undaydi, ular bilimlarni o ‘zlari o ‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor beradi. Bolalar psixologiyasi fani o ‘qituvchisi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishi uchun undan yuksak metodik mahorat talab etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil topadi. Birinchi qism bilim, ikkinchisi tajriba. 0 ‘qituvchi pedagogik tajribasi ortgan sayin uning metodik mahorati ham takomillashib boradi. Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasini o ‘rganish orqaU hosil bo‘ladi. Nazariy bilim amaliy tajriba poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Yuksak metodik bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratU o‘qituvchini shakllantiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI 18.1. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllari