Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars, oliy o‘quv yurtida ma’ruzadir. 0
‘quv faoliyati vazifalari va metodlarga bog‘liq ravishda ta’limni tashkil etishning aynan bir shakli o‘z tuzilishini va tarkibini o ‘zgartirishi mumkin. Masalan, dars, o ‘yin-dars, konferentsiya-dars, munozara-dars kabi ko‘rinishlarda, ma’ruza esa muammoli ma’ruza, binar ma’ruza, telekonferensiya-ma’ruza kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin. Maktabda darsdan tashqari ta’limni tashkil etishning boshqa shakllari-fakultativlar, to‘garaklar, mustaqil uy vazifalari va boshqalardan ham foydalaniladi. Nazoratning ham turU shakllari qo‘Uanadi: yozma va og‘zaki imtihonlar, nazorat ishlari, mustaqil ishlar, test, suhbat. OUy o‘quv yurtida ma’ruzadan tashqari ta’limni tashkil etishning boshqa shakllari-seminarlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot ishlari, mustaqU ishlar, ishlab chiqarish amaUyoti, boshqa oliy o‘quv yurtida malaka oshirish va boshqalardan ham foydalanUadi. Nazorat turlari sifatida imtihonlar, baholashning reyting tizimi, mustaqil ishlar, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlami yozish kabUardan foydalanUadi. 18.2. Dars turlari va ularning tuzilishi 1. Yangi biUmlami bayon etish darsi. Uning tuziUshi: darsning boshlanishini tashkil etish; darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, yangi materialni tushuntirishga tayyorgarlik ko‘rish (uy vazifasini tekshirish, awalgi materiaUami qaytarish va hokazo), yangi materiahii tushuntirish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish. 2. EgaUangan biUmlami mustahkamlash darsi. Uning tuziUshi: www.ziyouz.com kutubxonasi