bayon etiladigan axborotning yuksak ilmiy saviyaga ega bo‘lishi bayon etiladigan axborotning tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlangan bo‘lishi ilgari surilayotgan g‘oyalar, fikrlaming etarlicha isbotlangan va dalillangan bo‘lishi www.ziyouz.com kutubxonasi
ishonarli dalillar, misollar, matnlar va xujjatlaming etarli miqdorda bo‘lishi fikrlaming aniq bayon etilishi va tinglovchilar tafakkurining faollashtirilishi muhokama qilinuvchi muammolar haqidagi turli nuqtai nazarlaming tahlil qilinishi asosiy g‘oyalar va fikrlaming aniqlashtirilishi, xulosalaming shakllantirilishi talabalaiga tinglash, fikrlash va axborotni qisqacha yozish borish imkoniyatining yaratilishi auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘matilishi, didaktik materiallar va texnik vositalaming qo‘llanishi matnning asosiy materiallari, konspekti, chizmalari, grafiklari, jadvallaridan foydalanishi. 18.4. Ma’ruza turiari 1. Kirish ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruza o‘rganiladigan fan yoki kurs haqidagi dastlabki yaxlit tasawumi hosil qiladi va talabaning mazkur sohadagi faoliyati uchun yo‘nalish beradi. Kirish ma’ruzasida ma’ruzachi talabalami kursning maqsad va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari va mutaxassislami tayyorlash tizimidagi o‘mi bilan tanishtiradi. Qisqacha kurs mazmuni, bu sohadagi bilimlaming tarixiy taraqqiyoti, bu yo‘nalish bo‘yicha izlanishlar olib boigan va olib borayotgan olimlar, ularning yutuqlari, tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, mazkur ma’ruzada kurs doirasida amalga oshiriladigan ishning metodik va tashkiliy tomonlari