ma’ruzada talabalarga bayon etilayotgan axborotdan xatolar (mazmunidagi, orfografiya va orfoepiyadagi, ilmiy asoslaridagi xatolar) topish taklif etiladi. Bu yo‘l bilan talabalar axborotni doimiy ravishda nazorat qilib borishga o ‘rgatiladi. Ma’ruza so‘ngida tinglovchilar aniqlagan va aniqlamagan xatolar tahlil qilinadi. 8
. Konferentsiya ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza ilmiy-amaliy mashg‘ulot sifatida tashkil etiladi va awaldan belgilangan muammo yuzasidan 5-10 daqiqa ichida o‘qib beriladigan ma’ruzalardan tarkib topadi. Har bir ma’ruza qo‘yilgan muammoning muayyan tomonini yoritib beruvchi mantiqan tugallangan matndan iborat bo‘ladi. Konferentsiya ma’ruzaning so‘ngida o ‘qituvchi qilingan ishga yakun yasaydi, talabalar ma’ruzalariga tegishli qo‘shimchalami kiritadi va umumiy xulosalami chiqaradi. 9. Maslahat ma’ruza. Bunday ma’ruza turli ko‘rinishlarda o‘tkazilishi mumkin. Uning bir ko‘rinishida o ‘qituvchi ma’mza vaqti davomida talabalaming butun kurs yoki uning ayrim bo‘limlari www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzasidan beridigan savollarga javob qaytarmaydi. Mazkur ma’ruzaning yana bir ko‘rinishida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini bayon etadi so‘ngra talabalarga savollar beradi va javoblaming bahs- munozara orqali topilishini tashkil etadi. Maktabda va oliy o ‘quv yurtlarida qo‘llanadigan ta’limni tashkil etishning har bir shakli o‘ziga xos didaktik vazifalami hal etadi. Ta’limni tashkil etish shakllarining xilma-xilligi o ‘qituvchilar ijodkorligi va mahoratidan darak beradi. To‘g‘ri tanlangan ta’lim shakli o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini belgilab beruvchi omillardan biridir.