kunduzi ko‘rinmaydi? Daraxtlar nima yeb o ‘sadi? Qoibobo odammi? Hozir qorbobo qayerda? Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega simda olov ko‘rinmaydi? Bog‘cha yoshidagi bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalaming sababiy bog‘liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu www.ziyouz.com kutubxonasi
narsalaming o‘zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladilar. Ayrim bolalar haddan tashqari ko‘p savollar beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalaming juda ko‘plab savollar berishlari ijobiy xarakteiga ega bo‘lib, bu ulaming qiziquvchanligini, faolligi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalaiga turli mashg‘ulotlar ekskursiyalar vaqtida tarbiyachining o‘zi savol berishi, shu bilan ulami faollashtirib borishi lozim. Bog‘cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta boigan sari narsa va hodisalar o‘rtasidgai o ‘zaro bog‘liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami tushuna boshlaydilar. Masalan, katta guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida m ulohaza yuritishayotganlarining guvohi bo‘lamiz. “Temir og’ir narsa bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och yengil, shuning uchun u oqadimi”, “ichi bo‘sh banka yengil, shuning uchun u cho‘kmaydi”, “urug‘ni yerga eksa, ko‘karib chiqadi” va shu kabilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu chog‘da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo‘lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o ‘z tasawuriga