maydoni yasli yoshdagi daviga nisbatan juda ham kengayib ketadi. Bu esa tafakkuming rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bog‘cha yoshdagi bolalar o‘z tajribalarida ancha narsalami bilib olganlaridan so‘ng narsalaming ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko‘p savollar (bu nima? nega bunaqa? kim qilgan? qayeidan kelgan? nima qiladi? kabi) paydo bo‘ladi. Bu shubhasiz, tafakkuming faol va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarda har xil sohalaiga doir savollaming tug‘ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalaming savollariga doirno ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o ‘z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bog‘cha yoshdagi bolalaming hamma savolariga javob berish qiyin, chunki ular o ‘zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalaming son-sanoqsiz savollariga ulaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo‘ladi. Juda ko‘p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ulami “ko‘p mahmadana bo‘lma”, “sen www.ziyouz.com kutubxonasi
bunday gaplami qayerdan o‘rganding”, deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand egandan so‘ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni o ‘z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo‘lib qoladi. Masalan, 7 yoshli