Umumiy metodologiya — tadqiqotchi tomonidan tanlanadigan umumiy falsafiy yondashuv. 2. Xususiy metodologiya — bilimlaming muayyan sohasida qo‘llanadigan metodologik tamoyillar yigindisi. 3. Tadqiqotda qoilanadigan konkret metodik usullar yig‘indisi boigan metodologiya. Unga nisbatan ko‘pincha “metodika” tushunchasi ishlatiladi. Metodika tushunchasi 2 xil ma’noga ega: 1. Muayyan ishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirishga xizmat qiluvchi usul va metodlar yigindisi; 2. Pedagogika fanining muayyan fanlami o‘qitish qonuniyatlarini o ‘iganuvchi sohasi. Nazariya — ilmiy bilimlaming eng yuksak tashkiliy shaklidir. U keng miqyosda isbotlanuvchi taxminlar asosida shakllantiriladi va muayyan turdagi hodisalami tushuntirish hamda bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Amaliyot — insonning moddiy, predmetli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. U tabiiy va ijtimoiy ob’ektlami o‘zgartirish hamda o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Amaliy va nazariy psixologiyaning farqini belgilash ayni paytda printsipial muhim ahamiyatga egadir. A.I.Dontsov, Yu.M.Jukov, L.A.Petrovskayalaming ta’kidlashicha, o‘rtadagi farq maqsadlarda, kontseptual apparatda, psixolog shaxsining o‘mida, metodologik masalalarga boigan munosabatda ifodalanadi. Akademik psixologiya psixikaning shakllanishi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi qonuniyatlari haqidagi bilimlami ko‘paytirishga www.ziyouz.com kutubxonasi
xizmat qiladi. Amaliy psixologiyaning bosh maqsadi esa konkret ijtimoiy sub’ektlarning muammolarini hal etishdan iboratdir. Maqsaddagi farq tufayli amaliy va nazariy psixologiyaning kontseptual apparatida ham ma’lum farqlar yuzaga keladi. Akademik fanning