oldin; b) biror nazariy qoidaga misol va isbot tariqasida o ‘tkazilishi mumkin. Bu eksperimentning o‘tkazilishida o‘qituvchining tushuncha va izohlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Eksperiment muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun quyidagi qoidalarga rioya etish kerak: a) eksperiment sodda bo‘lishi va ko‘p vaqt olmasligi kerak; b) talabalarda eksperimentga nisbatan jiddiy munosabat hosil qilinishi кегак; c) o‘qituvchi eksperimentni tashkil etish va o ‘tkazishga tegishli barcha jihatlami etarlicha o ‘ylab chiqqan bo’lishi lozim; d) talabalarga aniq ko‘rsatmalar berilishi zarar. Eng muhimi eksperiment natijalari batafsil tahlil qilib chiqilishi kerak. Aks holda eksperimentni o ‘tkazishdan kutilgan maqsadga erishilmaydi. Ko‘rgazmali eksperiment odatda talabalarda katta qiziqish uyg’otadi. 2. Kuzatish natijasida talabalar qoiga kiritgan psixologik maiumotlar. Bunday turdagi maiumotlar ham samarali ko‘rgazmali vosita boiib xizmat qilishi mumkin. Faqat buning uchun kuzatish aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ob’ektni konkretlashtimvchi va chegaralovchi ko‘rsatmalarbo‘yicha amalga oshiriladigan bo‘Ushi, kuzatish natijalari darhol tahlil qilinishi va umumlashtirilishi kerak. Odatda talabalar pedagogik amaliyot davomida o‘quvchilami muntazam kuzatib, kuzatish natijalarini maxsus kundalikka qayd etib boradilar va ulardan foydalanib o‘quvchilaiga tavsifnoma yozadilar. Tavsifnomada kuzatilayotgan o‘quvchi oilasi, oila a’zolarining bolaga, maktabga, o‘qituvchilaiga munosabati, o‘quvchining oiladagi turmush tarzi; o‘quvchining o‘quv faoliyati- qanday o‘qishi, qaysi fanlarga ko‘proq qiziqishi, uy vazifalarga munosabati; o‘quvchining diqqati, xotirasi, xayoli, nutqi, taffakuriga xos xususiyatlar; o‘quvchi intizomi,