xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlami eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig‘ilgan ma’lumotlami tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:
o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va ijro etish jarayoni bir talay axborotlami eslab qolishni talab qiladi;
shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti — harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
6. 3. Bola ruhiy rivojlanishida o ‘yinning aham iyati
0 ‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish k nikmalarini tarkib toptirish bilan bog‘liq psixologik muammoni o‘igangan Z.V. Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil bog‘cha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshidagi bolalaida o‘z xulqini o‘zi boshqarish koiiikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida oldindagiga qaiaganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z hulqini boshqarish :o‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin.
Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki, narsalami yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasawur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlaming moddiy shaklidan
birdaniga ulaming xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida uning uchun tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalaming u aksariyatidan o‘yinda bevosita ob’ekt sifatida foydalanadi. 0 ‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlami aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘Uq o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilami qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. 0 ‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ko‘rinishidagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J. Piaje o‘yinda jismlaiga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tarakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezUarii ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy knmol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi.
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlaming yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. RoUi o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakUantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘Uq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalaming tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA M EHNATNING XUSUSIYATLARI
7.1. B og‘cha yoshida m ehnat faoliyatining xususiyatlari
Bolalaming mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalaming mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ulaming psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalaming mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastawal bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalaming mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalami (dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehnatining natijasi emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalaming ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlami bajarayotganlarida ko‘p xatolaiga yo‘l qo‘yishlari tuigan gap. Lekin bunda bolalami mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalaming bajaradigan ishlarini kattalaming o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqadi. Sharq halqlarida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur” Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bu bolalaiga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo’lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.