har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining miihayyoligi;
bolalaming kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘satish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
D.B. Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi.
А.Р. Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o‘yin ishtirokchilarining safi yosh ulg‘ayishiga qarab, jinsiy tofovutlaiga binoan kengayib boradi:
uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o‘ynay oladilar;
4-5 yoshlilar guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo‘lib, ulaming hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar soni ham ortib boradi:
6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo‘lib birga o‘ynash istagi vujudga keladi, natijada awal rollar taqsimlanadi, o‘yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o‘yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar).
Eng sodda psbcik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta ro‘l o‘ynaydi. Bog‘cha yosh davrida harakatning o‘sishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda, awalo, shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ikkinchidan, o‘yin bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin payti emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlami vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyati