6. 1. 0 ‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida
Rolli o‘yin - bog‘cha yoshidagi bolalaming yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalaming eng muhim faoliyati bo‘lib, ular bunday o‘yinda go‘yo katta yoshdagi odamlaming barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin faoljyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlami umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalaiga, atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ulaming vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasawur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri bolada o‘z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ulaming xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo‘ladi va kattalar uning xulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham^ub’ekti hisoblanadi.