jarayon go‘daklik va ilk bolalik davrida faol tarzda rivojlanad^ Bog‘cha yosh davrida insonni idrok qilish faol tarzda shakllanishda davom etadi. Buni esa yangi faoliyat turlarining (ayniqsa jamoa) bola tomonidan o ‘zlashtirilishi, muloqot doirasining kengayishi va nosituativ shaxsiy muloqotning paydo bo‘lishi taqozo etadi. Bola tomonidan insonni aks ettirishning faol shakli bu o‘yindir. Unda bola o‘z yaqinlarining obrazlarini yaratadi. Ayniqsa, bolaning tasviriy ijodi insonni idrok qilishining yaqqol namunasidir. Bolaning qanday kishilami tasvirlab berishiga, ulaming obrazlarini qay tarzda ochib chiqishiga qarab ma’lum ma’noda bolaning ularga nisbatan munosabatiga baho berishimiz, insondagi nimadan oson ta’sirlanadi, nimaga ko‘proq diqqatini qaratadi kabi savollarga javob topishimiz mumkin.
Yorqin ijobiy bahoni bolalar o‘rab turgan kishilardan faqatgina ishonchli munosabatda bo‘lganlariga, bog‘liqlikni his qilgan yaqinlarigagina beradilar.
9 .2 . B olalarda diqqatning rivojlanishi
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi/ Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini har turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoqlaming tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p e’tibor beradi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalaming diqqati nihoyatda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalaming diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyulaverganidan ulaming diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoriiyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalaiga qarashishni, imkoniyatlari boricha ulaming mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalaming iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shulaming hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil
www.ziyouz.com kutubxonasi
b la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. Bog‘chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblaiga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalaming topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki turli o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlami ilgari suradilar. 0 ‘yinlaming qanday qoidalar asosida yo‘nalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. 0 ‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga intiladilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi, binobarin, bolalaming o‘yini uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham ko‘pincha bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib borish kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalaming (xususan o‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan bilishimiz mumkin.
9 .3 . B ola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari
Bog‘cha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog‘chadagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalaming diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo‘lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o‘zlarining xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tira olmaydigan, tartibga
www.ziyouz.com kutubxonasi
chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik mashg‘ulotlarda intizom buzish va boshqalaiga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalaiga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’ulyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur. Bog‘cha yoshida bolalarda awalgi davrlaiga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlamikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan bog‘lanmagan harflami yoki raqamlami) sig‘dira olsa, bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib sochib olib keladi. Bu uning uquvsizligi, bo‘shangligidan emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la omaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni koyish yaramaydi.
Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalaming o‘qish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning bog‘cha yoshidagi davrida barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda asosan, ekskursiyalar, instsenirovkalar, har sohaga doir rasralar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy diqqat bog‘chada didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar o‘qib berish davomida rivojlantiriladi.