Z. T. M s h m o V a



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Zigzag. 
Bu shakl kreativlik, ijodkorlik simvolidir. Chunki 
beshta shakl ichida bu eng nodir va yakka-yu — yagona 
yopilmagan shakl. Agar siz asosiy shakl sifatida Zigzagni qattiq 
tanlab olgan b o ‘lsangiz, siz haqiqiy «o‘ng yarim sharli» 
fikrlovchi, boshqacha fikrlovchisiz, chunki chiziqli shakllar 
o ‘zlarining miqdori bilan sizdan ustunlikka ega. Kvadrat yoki 
Uchburchak ko‘pincha sizning belgingizga e’tibor berishmaydi. 
Psixologning: «Bu shaklni qaerga joylashtirasiz?» — degan 
savoliga: «Bu ham shaklmi? M en buni kimdir chizib tashlagan 
narsa, deb o ‘ylabman», degan javobni olish mumkin. Nihoyat, 
Zigzaglar orasida boshqalarga qaraganda ko‘prok chapaqaylar 
uchraydi. Bu ham ularning «o‘ng yarim sharli» ekanligidan 
dalolat. Shunday qilib, eng yaqin qarindoshingiz Aylana singari, 
sizga (faq at k o ‘p ro q m iq d o rd a ) o b ra z lilik , in tu itiv lik 
integrativlik, jimjimadorlik xos. Q at’iy, izchil deduksiya — bu 
sizning uslubingiz emas. Zigzagning fikri juda kuchli: hatto A 
dan Ya gacha sakrashlar qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik 
c h iziq li, «chap y arim sharli» sh ak llar u c h u n Z igzagni 
tu sh u n is h qiyin. « 0 ‘ng y arim sharli» tafa k k u r m ayda 
b o ‘lakchalarda to ‘xtalmaydi: shuning uchun ham u dunyo 
aksini nim alardir hisobiga soddalashtirib, yaxlit garm onik 
konsepsiyalar va obrazlami ko‘ra oladi, go‘zallikni ko‘ra oladi. 
Zigzaglar odatda rivojlangan estetik hisga ega bo ‘ladilar.
Zigzag tafakkurida har doim — «Qanday boMar ekan 
agar», «Qanday bo‘lar ekan agar bu va ana u fikrlami bir- 
lashtirsak? Buning natijasida nimaga ega b o ‘lamiz?» degan 
savol u stu n b o ‘ladi. B utunlay boshqa-boshqa, bir-biriga 
o ‘xshamaydigan fikrlarni qo‘yish va shuning asosida yangi, 
original fikmi topish — m ana Zigzaglarga eng yoqadigan narsa. 
Aylanadan farq qilib, Zigzaglar kelishuvchanlikni xush ko‘rish- 
maydi, aksincha — ularda fikrlar konfliktini keskinlashtirish 
va yangi konsepsiya tuzish orqali ushbu nizolar o ‘z yechimini 
topadi. U lar o'zlarining tabiiy aqli o ‘tkirligini ishlatib, juda
156


zaharxanda bo ‘lishlari, yangi yechimlar imkoniyatiga «bosh- 
qalaming ko‘zini ochishlari» mumkin. Zigzaglar dunyoni doi­
miy o ‘zgaruvchan holda ko‘rishga odatlanganlar. Shuning 
uchun ham ular uchun hech qachon o ‘zgarmaydigan narsalar: 
shablon, qoidalar va ko‘rsatmalar, har doim ko‘nadigan yoki 
o ‘zini ko‘nayotgandek ko‘rsatadigan odamlardan ham zerikarli 
narsa yo‘q.
Zigzaglar yaxshi tashkillashtirilgan sharoitlarda samarali 
m ehnat qila olmaydilar. Aniq vertikal va gorizontal aloqalaf, 
q at’iy belgilangan vazifalar va ish uslublarining doimiyligi 
ularning g‘ashiga tegadi. U lar uchun ish joyida katta rang- 
baranglik va rag‘batlantirishning yuqori darajasi boMishi zarur. 
U lar shuningdek, o ‘z ishida boshqalarga tobe bo‘lishni xohla- 
maydilar. Bunday holda Zigzag jonlanadi va o ‘zining asosiy 
vazifasini bajara boshlaydi — yangi fikrlar va ish uslublarini 
o ‘ylab topa boshlaydi. Zigzaglar hech qachon narsalar hosil 
qilishda hozir qilinayotgan yoki oldin qilingan uslublardan 
qoniqmaydilar. H ech narsa Zigzagni Kvadratning «Biz buni 
har doim shunday qilardik» deydigan nasihatomuz gapichalik 
jahlini chiqarmaydi, Zigzaglar kelajakka intiladilar va borliqqa 
qaraganda imkoniyatga ko‘proq qiziqadilar. Boshqalar uchun 
n arsalar olam i qanchalik real b o ‘lsa, ular u chun fikrlar, 
g‘oyalar olami ham shunchalik real. 0 ‘z hayotining ancha 
qismini ular ushbu xayoliy dunyoda o ‘tkazadilar, shuning 
uchun ham ular amaliyotda no ‘noq noreal va ishonuvchanlar.
Zigzag beshta shakl orasida eng hayajonlanuvchani, eng 
qo‘zg‘aluvchanidir. 0 ‘zida yangi va qiziq fikr tug‘ilsa, uni butun 
dunyoga yoyishga tayyor. Zigzaglar — o ‘z fikrlarini char- 
chamasdan tarqatuvchilaridir va o ‘z atrofidagi barchani bunga 
qiziqtirish qobiliyatiga egadirlar. Ammo ularga diplom atiya 
etishmaydi: ularda bosiqlik yo‘q, «haqiqatni ko‘ziga aytadilar», 
ulardagi g‘alatilik bilan qo‘shilgan holda bu xususiyatlar o ‘z 
g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga halaqit beradi. B undan 
tashqari ular konkret detallami ishlashda va boshlagan ishlarini 
oxiriga yetkazishda unchalik kuchli emaslar.
Lekin Zigzaglar juda jozibador odamlar bo ‘ladilar.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin