Z. T. M s h m o V a



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Uchburchak. 
Bu shakl liderlik belgisidir, k o ‘pchilik 
U chburchaklar o ‘zlarining ushbu xususiyatlarini sezadilar: 
«U lar lider b o ‘lish u chun tug‘ilganlar». Haqiqiy U chbur- 
chakning eng xarakterli xususiyati — bosh maqsadga o ‘z 
diqqatini qarata olish qobiliyatidir. Uchburchaklar harakat- 
chan, tutqich bermas, kuchli shaxslar bo‘lib, ular aniq, m aq- 
sadlar qo‘yadilar va odatda, ularga erishadilar.
Albatta, Uchburchaklar o ‘zlarining asosiy maqsadi nima 
ekanligini h a r doim biladilar, shuning u c h u n h am u lar 
Kvadratlardan farq qilib — juda qat’iyatli odamlardir. Ular 
o ‘zlarining qarindoshlari — Kvadratlar singari, to ‘g‘ri chiziqli 
shakllarga xos va yo‘nalishiga ko‘ra ham "chap yarim sharli" 
fikrlovchi, ya’ni sharoitni chuqur va tez tahlil qila oladigan 
toifaga kiradilar. Ammo, o ‘z diqqatini ikir-chikirlaiga qaratuvchi 
Kvadratlarga qaram a-qarshi o ‘laroq, U chburchaklar asosiy 
narsaga, muam m oning mazmuniga o ‘z diqqatini qaratadilar. 
Ulardagi kuchli foydaga yo‘nalganlik ularning fikriy tahlilini 
yo‘llab turadi va m azkur sharoitda m uam m o yechimining 
samarali (ko‘pincha foydali) yo‘lini topishga qaratadi. Bunday 
yo‘nalganlik Uchburchaklam i eng yaxshi yechimni izlashda 
turli-tuman variantlami berilib tahlil qilishdan asraydi. Bu narsa 
boshqalarda, o ‘ziga unchalik ishonch bo ‘lmagan kishilarda 
kuchli taassurot paydo qiladi va ular U chburchakka erga- 
shadilar.
Uchburchak — bu juda o ‘ziga ishongan, barcha narsada 
o‘zi haq bo‘lishni xohlovchi odam, odam narsada haq bo‘lishga 
va sharoitni boshqarishga, faqat o ‘zi uchun emas, balki imkon 
darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo‘lgan 
kuchli ehtiyoj U chburchakni boshqalar bilan doimo raqo- 
batlashuvchi, kurashuvchi shaxsga aylantirib qo‘yadi. Uchburchak 
kirishgan har bir ishda yetakchi maqsad — bu g‘alabaga (yutuqqa,
150


muvaffaqiyatga) bo‘lgan harakatdir. U juda tez-tez tavakkal qiladi, 
qaror qabul qilishda ikkilanuvchi odamlarga nisbatan «chiday 
olmaydigan» xususiyatga ega.
Uchburchaklar nohaq bo‘lib qolishni juda yoqtirmaydilar 
va o ‘z xatolarini juda qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish 
mumkinki, ular ko‘pincha o ‘zlari ko‘rishni xohlagan narsani 
ko‘radilar, shuning uchun ham o ‘z qarorlarini o ‘zgartirishni 
yoqtirmaydilar, e’tirozlarini qabul qilmaydilar va ko‘pchilik 
hollarda o ‘zlaiicha ish tutadilar. Lekin ular o ‘zlarining pragmatik 
yo‘nalishlariga mos keladigan, bosh maqsadga erishishga yordam 
beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli o‘rganadilar, fbydah 
m a’lumotlami xuddi so‘rg‘ichdek o ‘ziga so‘rib oladilar.
U chburchaklar — izzat-nafsli odam lar. Agar Kvadrat 
uchun or-nom us ishi bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga 
erishish bo‘lsa, Uchburchak esa yuqori mavqega erishishga, 
yuksak obro‘-e ’tibor qozonishga, boshqacha aytganda, karera 
qilishga intiladi (buni U ch b u rch ak n in g salbiy sifati deb 
qaramaslik kerak). Biron-bir ishni boshlash yoki qaror qabul 
qilishdan oldin Uchburchak ongli yoki ongsiz holda o ‘z oldiga 
«B undan nim a foyda ko ‘ram an?» degan savolni q o ‘yadi. 
Ishonavering: Uchburchak qanday qaror qabul qilmasin, bunda 
albatta Uchburchakning shaxsan o ‘zi uchun foyda (har doim 
ham m oddiy emas) aks etgan b o ‘ladi. U chburchaklardan 
b o sh q arish n in g eng «yuqori» d arajasid a tu ra d ig a n z o ‘r 
menedjerlar chiqadi. U lar ayni «yuksaklikka» intiladilar. Bunda 
ularga yana bitta sifat — «siyosiy fitnachilik» malakasi yordam 
beradi. Ular o ‘zidan yuqori turgan rahbariyatga o ‘zining va 
q o ‘l ostidagilar ishining ahamiyatliligini ustalik bilar yetkaza 
oladilar, foydali ishning hidini bir chaqirimdan sezadilar va 
bu narsa uchun kurashda o ‘z raqiblarini «bir-birlari bilan 
p esh o n asin i urishtirib» q o ‘ya oladilar. M an a shu yerda 
«uchburchak» shaklining bosh salbiy sifatiga e ’tibor berish 
kerak: bu o ‘ziga yo‘naltirilgan kuchli egotsentrizm. Bu narsa 
shunga olib keladiki, Uchburchaklar hokimiyat tepasiga inti- 
layotib axloqiy norm alam i unchalik pisand qilmaydilar va o ‘z
151


maqsadi sari boshqalaming boshlarida yurib borishlari ham 
mumkin. Bu holat boshqalarda qo‘rquv va shunga asoslangan 
hurm at yuzaga keltirishi m um kin, lekin hech ham ularga 
nisbatan moyillik va m uhabbat hosil qilmaydi. Shunday bo‘lsa- 
da... q o ‘rqmang! Bu «ashaddiy», ya’ni vaqtida boshqalar 
to m o n id a n t o ‘x tatilm ag an U ch b u rch ak larg ag in a xosdir. 
U m um an olganda, U chburchaklar kelishgan, o ‘ziga jalb 
qiluvchi odam lar (shunday b o ‘lmasa kim ham ularga ergashar 
edi)dir.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin