munosabatlar tarafdoridir. Aylana uchun eng yuksak qiymat
— odamlar, ularning baxti. Aylana
beshta shakl orasida eng
ochiq ko‘ngilidir. U ko‘pincha ish jamoasini ham, oilani ham
m ustahkam lab turuvchi «elim» vazifasini bajaradi, y a ’ni
guruhni muvofiqlashtiradi.
Aylana beshta shakl orasidagi eng yaxshi kom m uni-
katorlardir, chunki u lar eng yaxshi tinglovchilar h am d ir
(U chburchaklar ham yaxshi kom m unikatorlar, lekin ular
boshqalardan ko‘ra o ‘zlarini ko‘proq tinglaydilar).
Ular yuqori
sezgirlikka egalar, rivojlangan empatiyaga hamdard bo‘la olish,
boshqa odamlarning kechinmalariga hissiy sherik bo‘la olish
qobiliyatiga egalar. Aylana boshqalaming quvonchini, qayg‘usini
o ‘zinikidek his qiladi. Tabiiyki, odamlar Aylanaga intiladilar.
Aytish kerakki, Aylanalar odamlami juda yaxshi «o‘qib oladilar»
va bir daqiqadayoq mug‘ombirlami, aldoqchilami bilib oladilar.
A ylanalar o ‘z jam oasi (o ‘z kom andasi) u ch u n kura-
shadilar va hamkasabalari orasida yuqori mavqega ega bo ‘la-
dilar. Ammo ular, odatda, biznes sohasida kuchli menedjer
va rahbar bo‘la olmaydilar.
Birinchidan, Aylanalar ishdan ko‘ra ko'prok, odamlarga
yo£nalganliklari uchun har bir odamga
yoqishga juda harakat
qiladilar. U lar tinchlikni saqlashga harakat qiladilar va shuning
uchun ham b a ’zida «qattiq» pozitsiyani egallashdan hamda
ham m aga ham m a ’qul kelaverm aydigan qarorlarni qabul
qilishdan qochadilar. Aylana uchun shaxslararo nizoga kirishdan
ham og‘ir narsa yo‘q. H am m a odam bir-birlari bilan kelishib
yursa, Aylana baxtli bo ‘ladi. Shuning uchun ham Aylana kim
bilandir nizoga kirishsa, aynan Aylana birinchi bo ‘lib yon
berishi ehtim oli kuchli. Boshqalar bilan yarashish — xulq-
atvom ing tip ik «aylanaviy» belgisidir.
Bu belgi boshqalarga
xursandchilik keltirsa, Aylanani esa o ‘z hamkasblari orasida
taniqli qilsa-da, haddan ziyod yon berishlar Aylananing o ‘ziga
boMgan hurm atining yo‘qolishiga, o ‘z~o‘zini ayblash hissining
kuchayishiga olib kelishi mumkin.
154
Ikkinchidan, Aylanalar qat’iyatlilik bilan ajralib turmay-
dilar. Agar ularga boshqaruv to ‘g‘ri kelib qolsa, ular rah-
barlikning yaqqol demokratik uslubini ustun qo‘yadilar va har
bir qarorni ko‘pchilik bilan m uhokama qilishga hamda ularning
qo ‘ 1 lab - quwatlashlariga tayanishga intiladilar. M a’lumki, bu
narsa har doim ham o ‘zini oqlamaydi:
yaxshi imkoniyatni
boy berish m um kin. B undan tashqari A ylanalar «siyosiy
o ‘yinlarda» ojizlar, ko‘pincha o‘zlarini va «o‘z komandalarini»
zarur tarzda ko‘rsata olmaydilar. Bu hammasi shunga olib
keladiki, k o ‘pincha A ylanalarni kuchli shaxslar m asalan,
U chburchaklar o ‘ziga qaratib oladilar, Aylanalaming baxti
shundaki, ular hokimiyat kimni qo ‘lida ekanligidan unchalik
xavotir olmaydilar. Asosiysi, hammaning ko‘ngli to ‘q bo‘lsa
va atrofda tinchlik hukm sursa bas.
Ammo bitta narsada Aylanalar
havas qilgudek qattiqlik
nam oyon qiladilar. Agar masala axloq va haqiqatning bu-
zilishiga borib taqalsa, Aylana odamlaming ehtirosli himoya-
chisiga aylanadi. Bunda A ylanalar, agar xohlasalar, ju d a
ishonarli bo ‘lishlari mumkin. Odatga ko‘ra ularning shaxslararo
nizolam i a ’lo darajada yechishlarida
ulardagi alohida fikrlash
shakli «aybdor».
I
Aylana — bu to ‘g‘ri chiziqli shakl. 0 ‘zini ishonch bilan
i Aylanaga taalluqli deb hisoblaganlar «o‘ng yarim sharli»
s fikrlovchilarga xosdir. « 0 ‘ng yarim sharli» tafak k u r —
« obrazliroq, emotsional tusli bo‘lib, unda tahlil qiluvchanlikka
; nisbatan integrativlik ustundir. Shuning uchun ham Aylanada
axborotni qayta ishlash Kvadratdagi (Uchburchakdagi) singari
ketma-ketlikda bo‘lmay, balki ko‘prok mozaik, uzuq-yuluqroq,
|
ayrim zvenolarni tushirib qoldiradigan (masalan a.. - ..d..)
shaklda b o ‘ladi. Bu Aylanalar m antiqni yoqtirmaydi, degani
emas. Insoniy munosabatlar sohasida
ular uchun asosiy narsa
muam m oning sub’yektiv omillariga e ’tibom i qaratish, ya’ni
hatto qaram a-qarshi nuqtayi nazarlarda ham umumiylikni
topishga intilishdir.
155
Aytish mumkinki, Aylana — tug‘m a psixolog. Ammo,
k a tta jid d iy b iz n e sn i b o sh id a tu ris h u c h u n A y lan ag a
tashkilotchilik ko‘nikmalari yetishmaydi.
Dostları ilə paylaş: