Maktab «sehrgar — psixolog»ni kutadi. 0 ‘qituvchilar va
m a’muriyat psixolog maktabga kelishi bilan hamma narsa
yaxshi bo‘lib qoladi, deb o ‘ylaydilar: o ‘quvchilar qiziqib o ‘qiy
boshlaydilar, dars qoldirishni to ‘xtatadilar, o ‘qituvchilarni
haqorat qilish va tanaffuslarda qochib ketishlami to ‘xtatadilar,
degan fikrga boradilar. 0 ‘qituvchilar pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanadilar. Maktabdagi nizolar, har qanday nom a’qul-
chiliklar yo‘qoladi. M a’muriyat pedagogik jamoa bilan iliq mu-
nosabatlar o‘matadilar. Ota-onalar bo‘lsa, maktab va xususan,
o‘qituvchilardan minnatdor bo‘ladi.
Maktab psixologni «vazirlikning kuchli vakili » sifatida kutadi. Psixolog maktabga kelgach, o‘qituvchilar va ota-onalar
butun sinfni buzayotgan to ‘polonchi o‘quvchilar bilan, doimo
norozi bo‘lib yuqori tashkilotlarga shikoyat qiladigan ota-
onalar bilan, bolalarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ladigan
0
‘qituvchilar bilan, hech kimni tan olishni istamaydigan,
uning dastidan barcha iqtidorli o ‘qituvchilar m aktabdan
ketayotgan avtoritar direktor bilan shug‘ullaning, «Nimadir
qiling» deb murojaat qila boshlaydilar.
Maktab psixologni «sudya» sifatida kutadi. Bu «psixolog
kelgach, nima to ‘g‘ri, nima noto‘g‘riligini, kim aybdor, kim
aybdor emasligini aytadi», degan fikrlarda ifodalanadi. Bunday
vaziyatlarda psixologga turli iltimos va imkoniyatlar tushadi:
aqlan orqada qolgan bolalar ro‘yxatini berib, ulami tekshirib,
boshqa maktabga o ‘tkazishni so‘rashadi, o ‘qituvchilar nizoli
guruhlarining peshqadamlari murojaat qilib, o ‘zlari tomonga
Og‘dirmoqchi bo‘ladilar; psixologga direktor ham o ‘zining
«o‘ng q o ‘li» qilish m aqsadida yaqinlashadi; psixologga
farzandlarini xafa qilgan o‘qituvchilar ustidan shikoyat qilib,
Ota-onalar murojaat qiladilar.