3. Bunday pedagogik klubda psixolog peshqadam sifatida
o‘zini ko‘rsatishi maqsadga muvofiq. Klubning ish dasturi psixolog,
o‘qituvchilar, ota-onalarning o'zaro ta’siri
natijasida, ularning
qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Har
bir mashg‘ulotdan so‘ng ishtirokchilar keyingi mashg‘ulotda qaysi
muammoni hal qilishlarini muhokama qilishlari mumkin.
4. Klub doimiy mazmunli uchrashuvlami tashkil etish
uchun sharoit yaratadi, shuning
uchun klubdagi har bir
mashg‘ulot ishtirokchilar bilan kelishilgan holda aniq mavzuda
bo‘lishi maqsadga muvofiq.
5. 0 ‘zaro ta’siming klub shakli psixolog, pedagog va ota-
onalar uchrashuvining doimiy bo‘lishini ta ’minlaydi. Klub
ishining rivojlangan shakllarida psixologik mashg‘ulotlar
shaklida (bahs, psixotexnik seanslar,
psixotreninglar, rivojlan-
tiruvchi o ‘yinlar va hokazo) o ‘tkazilishi mumkin.
«Ota-onalar va bolalar» nomli klub ham tashkil etish
mumkin, bunda ota-onalar farzandlar tarbiyasi bo‘yicha taj-
riba almashinadilar. Ota-onalar tajriba almashishining zarurligi
quyidagicha tushuntiriladi, psixolog ota-onalar uchun muhim,
foydali mutaxassis, universitetni tugatgan ko‘p «aqlli»
bilim-
larga ega shaxs hisoblanadi, lekin u «ota-onalarga o'xshamaydi.
0 ‘z farzandi bilan shaxslararo munosabatlar haqida gapi-
rayotgan ota-ona esa ularga o ‘xshagan, ulardan hisoblanadi.
Otalar va bolalar klubida psixolog tashkilotchi va ekspert
sifatida
ishtirok etishi mumkin, muhokamalarda faol ishtirok
etmaydi. Bunday klubda ota-onalarning tajriba almashinuvi
asosiy va muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: