— urinib ko‘rish va xato qilish yo‘li bilan muvaffaqiyatga
erishish yo‘lini topib olasiz. Bunday holat barcha insonlarda
har xil, «Kimdir quvonganidan uchgisi keladi», «Kimdir
bo‘lar bo‘lmasga xavotirlanadi».
— psixologik m a’ruza jarayonida nimaga erishm oq-
chiligingizni, auditoriyaga nima bermoqligingizni aniqlang:
qa’tiy m a’ruza o ‘qing, «kichik aqliy bayram o ‘tkazing»,
«auditoriya bilan mazmunli dialog tashkil qiling».
— o ‘zingizni aktyor deb tasaw ur qiling: qanday rolni
o ‘ynashni xohlaysiz, o ‘tirganlarga qanday obrazingizni
namoyon qilmoqchisiz?
— m a ’ruza o ‘qishdan oldin «qizib oling» — ting-
lovchilardan biri bilan suhbatlashing, auditoriyada mayda
qadamlar bilan yuring.
Umumiy maslahatlar.
Siz ma’ruza o‘qiydigan auditoriyada
bir kun oldin guvohlarsiz mashq o ‘tkazing: m a’ruza o ‘qiydigan
joyingizga boring, bo‘sh zalga qarang, holatingizni, ovozin-
gizni qanday bo‘lishini hamda qanday so‘zlar bilan boshlab
nima bilan tugatish lozimligini o‘ylab qo‘ying.
M a’ruzaga bir necha soat qolganda, uyda keresloda o‘tirib,
ko‘zingizni yumgan holda, chiqishingiz jarayonini xayalan ko‘z
oldingizga keltiring (senariyni rejalashtiring).
Kechqurun uyquga ketishdan oldin barcha vaziyatni
tushingizda ko£rishga harakat qiling: tinglovchilar qanday
yig‘ilishmoqda, nutq so‘zlaydigan joyga qanday bordingiz,
qanday boshlaysiz. Asosiysi, m a’ruza muvaffaqiyatli chiqishiga
ishonishingiz lozim.
Dostları ilə paylaş: