Maktab amaliyotidan bir misol keltiramiz. Ayol psixolog
maktabda o ‘qituvchilar uchun amaliy psixologiya bo‘yicha
seminar o‘tkazmoqda. Farzandlami moddiy boyliklarga emas,
ma’naviy
boyliklarga qiziqtirish, turmushda, kiyinishda o ‘z-
o‘zini chegaralashning foydasi haqida gapirmoqda.
Bunda psixolog o ‘qituvchilar oldida oxirgi m odada
kiyinib, bor taqinchoqlarini taqib, ko‘z-ko‘z qilmoqda. 0 ‘qi-
tuvchilar auditoriyasining psixolog ma’ruzachiga
munosabati
umuman salbiy bo‘ladi: ba’zilari umuman qabul qilmasa, ba’-
zilari ko‘ngilga olmaydi.
0 ‘qituvchilar psixologga nima uchun bunday munosabatda
bo‘ldilar, siz nima deb o‘ylaysiz? Bunday salbiy munosabatning
shakllanishi ikki sababga bog‘liq: ma’ruzaning mazmuni psi
xologning o ‘z obraziga mos emasligi va psixolog nutq so‘z-
layotgan auditoriyaga uning tashqi ko‘rinishi mos emasligi.
Agar siz maktabda ota-onalar uchun nutq so‘zlayotgan
bo‘lsangiz, tashqi ko‘rinishingiz jiddiy bo‘lishi kerak. Ting-
lovchilarga xotiijam, bilimdon inson
ekanligingizni namoyon
qilishingiz kerak. Ochiq, ishonch bilan so‘zlash, tinglovchilarga
farzandlaringiz tarbiyasi bo‘yicha qiyin vaziyatlar bo‘lib turishi,
ulami bemalol hal qilishingizni tushuntirishingiz zarur. Agar
siz litsey va gimnaziyalarda ota-onalar uchun ma’ruza o‘qiy-
digan bo‘lsangiz boy oilalaming ayollarida qoniqmaslik hissi
paydo bo‘lmasligi uchun soch turmagingiz va kosmetikangiz
«ularga mos bo‘lishi kerak». Qimmat bo‘lmasa-da, tashqi
ko‘rinishingiz chiroyli bo‘lishi, o ‘zingizni
ulardan ustunli-
gingizni xotiijam namoyon qilishingiz zarur. Sizning har bir
so‘zingiz va imo-ishorangizda muvafFaqiyat, kasbiy mahorat,
ishbilarmonlik sezilib tursin.
Agar siz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari oldida nutq so‘z-
lasangiz, sviter
yoki kofta kiyishingiz zarur, xotiijam, an’a-
naviy soch turmagi (ona soch turmagi), ozroq kosmetikadan
foydalaning, ochiq ijobiy hissiyotlami namoyon qiling, hech
kimni
alohida ajratmang, har bir bolani hissiy qabul qiling.
Yuzingizdan g‘amxo‘rlik, issiqlik, yaxshilik nurlari sochilib
tursin. Ovozingiz yumshoq, ulami sizlab biroz erkalatib gapiring.
87
Agar siz o ‘smirlar oldida nutq so‘zlasangiz, yorqin rangli
k o ‘ylak kiying,
kosm etikadan foydalaning, u rf b o ig a n
taqinchoqlar taqing. 0 ‘zingizga ishonch namoyon qiling, (siz
hamma savolga javob bera olasiz) « 0 ‘g‘il bolaning ovozi bilan»
gapiring, ba’zan hazil ishlating.
Agar siz yuqori sinf o ‘quvchilari oldida nutq so‘zlasangiz,
kiyimingiz demokratik va elegant bo‘lishi zarur (o‘spirinlar
modani yaxshi qadrlashlarini esda tuting). Albatta, kosmetika
va taqinchoqdan foydalaning. Shaxsiy
kasbiy mahoratingizni
namoyon qiling. Ochiq ishonch bilan, erkin gapirishga harakat
qiling. Yoshlaming muammolarini tushinishingizni namoyon
qiling.
Dostları ilə paylaş: